Kasb-hunar ta'limini rejalashtirish.
Reja
1. Kasb ta`limini rejalashtirish maqsadi.
2. Ishlab chiqarish ta`limni rejalashtirishda didaktik hatti-harakatlar.
3. Maxsus fan o`qituvchilari va muhandis-pedagogning asosiy o`quv rejalashtirish hujjatlari.
O`quv va ishlab chiqarish ta`limi jarayonlarini rejalashtirish muhim
pedagogik va tashkiliy ahamiyatga ega bo`lib, o`quv muassasalarida
o`quvchilarga kasbiy ta`lim hamda tarbiya berish sifatini ko`tarish yuqori
malakali kadrlar tayyorlash samaradorligini oshirishning zarur shartidir.
Rejalashtirish:
• o`quv jarayonini oqilona tashkil etish uchun zarur sharoit yaratiladi,
o`quv guruhlarining o`quv rejalari va dasturlarini o`z vaqtida hamda
to`liq bajarishlarini ta`minlanadi, muhandis-pedagog har bir mashg’ulotga puxta tayyorgarlik ko`radi.
• fanlararo bog`lanishlar va nazariy ta`limning o`quv amaliyoti va ishlab chiqarish amaliyoti bilan bog`liqligi amalga oshiriladi.
• o`quvchilarning bilimlari, ko`nikmalari va malakalari darajasini
muntazam ravishda nazorat qilinadi.
• har bir o`quvchining, butun o`quv guruhlarining, umuman
bilim yurtining o`quv ishlariga o`z vaqtida yakun yasash imkonini beradi.
• kasb-hunar kollejlarida o`quv ishlarini ko`ngildagiday tashkil qilish uchun oldindan ishlab chiqarish ta`lim mazmunini, o`tish ketma-ketligi va o`quvchilarga o`rgatish yo`llari belgilab olinadi. Ishlab chiqarish ta`limi rejalashtirishni talab etadigan o`ziga xos xususiyatlarga ega.
Rejalashtirishlarsiz yuqori sifatli hunar texnik tayyorgarlikka o`quv ishlarini uzilishlardan holi bo`lishga erishish mushkul. Kasb-hunar kollejlarida o`quvchilar mahsulot ishlab chiqarayotganida yoki tugallangan ishlarni bajarayotganda ishlab chiqarish ta`limini rejalashtirish alohida ahamiyat kasb etadi.
Ishlab chiqarish ta`limini rejalashtirishning to`g’ri tashkil etilganligi
o`quv materialini yoki maxsus fanlarning biror bir bo`limini o`rganish
ketma-ketligini belgilashda, ishlab chiqarish ta`limi bilan maxsus
texnologiya fanlari o`rtasida bog`lanishni o`rnatishda katta rol` o`ynaydi.
Ishlab chiqarish ta`limini rejalashtirishda o`quv ishlari bilan bir qatorda
ba`zi iqtisodiy maqsadlar (jumladan ishlab chiqarish ta`limi jarayonida
tayyorlanadigan mahsulotni yoki bajariladigan ishlarni ishlab chiqarish
hajmi va muddatlarini belgilash) ham ko`zda tutiladi. Shu sababli hunar bilim yurtlarida faqatgina o`quv faoliyati emas, balki o`quv ishlab chiqarish faoliyati ham rejalashtiriladi.
Ishlab chiqarish ta`limi mazmuni deganda zamon talablariga javob
beradigan mutaxassisni o`quv jarayonida egallaydigan amaliy bilim,
ko`nikma va malakalar birligi tushuniladi.
Ishlab chiqarish ta`lim insoniyatning ijtimoiy-tarixiy tajribasining bir
qismidir va o`z yo`lida fan va texnika sohasidagi barcha yangiliklarni ham
aks ettirishi lozim.
O`quvchilarga beriladigan amaliy bilimlarning izchil, sistemasi va chuqur bo`lishi shaxs rivojlanishidagi yoshi bilan bog`liq bilim imkoniyatlari
bilan beligilanadi. Ishlab chiqarish ta`limining natijasi esa barkamol, har
tomonlama yetuk, mustaqil O`zbekiston sha`nini yuksaklarga ko`tara
oladigan, o`z kasbining mohir ustasi-kichik mutaxassis egallagan kasbi
bo`yicha ishlab, mehnat qilib, taraqqiyotga o`z hissasini qo`shgan
shaxsning yetilib chiqishidir.
Ishlab chiqarish ta`limi mazmuni axloqiy xislatlarni, e`tiqodlarni,
intizom uyushqoqlik, o`ziga va o`rtoqlariga talabchanlik, mehribonlik,
oqibatlilik, e`tibor, sezgirlik singari xislatlarni shakllantirish uchun katta
imkoniyatlar beradi. Ishlab chiqarish ta`lim mazmuni, davlat ta`lim
standarti, o`quv reja, o`quv dasturida aks ettiriladi.
Muhandis-pedagog rahbarning rejalashtiruvchi hujjatlariga quyidagilar
kiradi:
O`quv-ishlab chiqarish ishlari ro`yxati yillik yoki yarim yillik ish rejasi, ish reja asosida muhandis-pedagog o`zining chorak ish rejasini tuzadi.
Bunda o`tkazilgan tadbirlar va ularning bajarilish vaqtlari ko`rsatiladi.
Muhandis-pedagog rahbar bir oylik ish rejasidan kelib chiqib, haftalik
ish rejasini tuzadi. Haftalik ish rejadan keyin kunlik ish rejasini tuzadi.
Nazariy dars va amaliy mashg`ulotlarni to`g`ri rejalashtirish uchun,
ta`lim beruvchi o`zining vaziyatidan boshlashi lozim, ya`ni «Mavzuni ilm-fanning eng so`nggi zamonaviy talablariga muvofiq o`rgata olamanmi yoki
buning uchun men yana alohida tayyorlanishim kerakmi?» hamda «Biror
ishlab chiqarilgan nazariy dars rejasi yoki amaliy mashg`ulotlarning rejasi
bormi?» degan savolga javob berishi kerak.
Bundan keyin, ta`lim beruvchi ta`lim oluvchilarning dastlabki bilim va
ko`nikmalarini aniqlab olishi lozim.
Buning uchun quyidagi asosiy savollar qo`yilishi lozim:
• Nazariy dars yoki amaliy mashg`ulotlarni o`tkazish uchun ta`lim
oluvchilarning dastlabki bilimlari qay darajada?
• Nazariy dars va amaliy mashg`ulotlarni o`tkazish uchun qanday shartsharoitlar mavjud?
• Qanday o`quv mazmunlar o`rgatilishi ko`zda tutilmoqda?
Rejalashtirish uchun yuqoridagi savollarni o`rganib chiqish – nazariy
dars va amaliy mashg`ulotning boshqa barcha tayyorlash harakatlariga
asosdir. Bu tushunchalar va savollar o`rtasidagi bog`liqlikni quyida
ko`rsatilgan omillar aniq ko`rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |