Kasb-hunar ta’limi markazi botir boymetov qalamtasvir


PLASTIK  ANATOMIYANING  TASVIRIY



Download 3,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/65
Sana06.01.2022
Hajmi3,47 Mb.
#323300
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   65
Bog'liq
Qalamtasvir (Botir Boymetov)

PLASTIK  ANATOMIYANING  TASVIRIY
 
SAN’ATDAGI  AHAMIYATI
4.1.  Tana,  qo‘l  va  oyoq  skeleti
Tabiatdagi  turli-tum an  shakllar  ichida  inson  tanasi  o ‘ta 
murakkab  va  mukammal  hisoblanadi.  Inson  tanasini  o‘rganish 
bo‘lajak  pedagogda  professional  bilimni,  tasviriy  san’atning  har 
qanday janrida ishlay olish qobiliyatini shakllantiradi.
Tasviriy  san’at  sohasida  yuqori  malakaga  ega  bo‘lish  uchun 
odamning plastik anatomiyasini bilish o‘ta muhimdir.  Chunki, tas- 
viriy san’at inson tanasi bilan uzviy bog‘liq va uni insonsiz tasawur
61-rasm.
etib  boTmaydi.  Shuning  uchun 
o‘quvchilar inson tanasi  nisbatlari 
va  plastik  tuzilishini  nazariy,  bir 
qator  amaliy  topsliiriqlar  bajarish 
orqah o‘rganishlari hamda o‘z bilim 
doiralarini  kengaytirishlari  kerak. 
Tasviriy san’at sohasida ta’lim oluv- 
chi o‘quvcliilar anatomiyani toTiq 
o‘rganishni  o‘z  oldiga  vazifa  qilib 
qo‘ymay,  tananing  umumiy  tuzi- 
lishiga e’tiborni qaratishlari kerak. 
Bunda  har  bir  shakl  o‘rtasidagi 
plastik  bogTiqlik  hisobga  olinislii 
lozim.
Plastik ijod namunalaridan shu- 
ni  ko‘rishimiz  mumkinki,  skelet 
inson tanasining asosi hisoblanadi. 
Inson  tanasini  turli  holatdagi  ha- 
rakatini tasvirlashda skeletning ta- 
yanch-mexanik funksiyasidan foy- 
dalaniladi. Inson skeleti asosiy qism 
(umurtqa pog‘onasi va ko‘krak qa-
89


fasi), bosh skeleti  (suyagi), hamda  qo‘l-oyoq skeletlaridan tashkil 
topgan  (61-rasm).
Umurtqa pog‘onasi inson tanasining ustuni hisoblanib, u bosh, 
tana va  qo‘llami  ko‘tarib  turadi.  Umurtqaning  pastki  qismi  tana 
asosining  harakatlanmaydigan  qismi  bo‘lgan  tos  suyagi  hamda 
birlashtiruvchi tos suyaklari o‘rtasiga birikkan. Umurtqa ustuni yigirma 
to‘rtta umurtqadan iborat:  yettita bo‘yin, o‘n ikkita ko‘krak va beshta 
bel umurtqalari.  Mazkur  qismlanishga  asosan umurtqa  egiladi va 
tana shaklini belgilab beradi.
Bosh va tana harakati umurtqa harakati bilan uzviy bog‘liq. Ikkita 
yuqori bo‘yin umurtqalari harakatga kelganida bosh buriladi. Belning 
o‘ngga, chapga, orqaga va oldinga egihshi hambarchabel umurtqalari 
va  ikkita  ko‘krak  umurtqalarining  harakatiga  bog‘liq.  Umurtqa 
pog‘onasining  barcha  bel  ham da  ikkita  ko‘krak  um urtqalari 
joylashgan  qismi  eng  ko‘p  harakatlanadigan  qism  hisoblanadi.
U m urtqa  pog‘onasining  harakati  um urtqalar  harakatlan- 
maydigan  tos  suyagi  bilan  birlashgan joyda  kamayadi.  Tananing 
tos  suyagi  qismi  odam  o‘tirganda,  bukilgandek  tuyiladi,  bunda 
umurtqa chizig‘i o‘zgaradi. Tana asosining yuqori qismi oldinga yoki 
ortga bukilganda harakatsiz holatda bo‘ladi — balandda joylashgan 
umurtqalar  harakatlanadi.  Bunday harakatlarda bosh yoyni  hosil 
qiladi.
Tana  asosining  o‘ngga  yoki  chapga  burilishi  umurtqa  pog‘o- 
nasining  yuqorida  joylashgan  qismi  o‘z  o‘qi  atrofida  aylanma 
harakatlanishi  tufayli  sodir  bo‘ladi.  Tananing  o‘ngga  va  chapga 
egilishida umurtqa harakatlanadi.
Orqa tarafdan umurtqa pog‘onasining o‘simta qismiga qovurg‘a- 
lar birlashgan va ular oldinga egilib to ‘sh suyagiga birikkan.  Ko‘k- 
rak qafasining umumiy ko‘rinishi silindrsimon idishni eslatadi.  Qo- 
vurg‘alarning yuqorisida to ‘sh suyagiga o ‘mrov suyagi (S harfmi 
eslatuvchi holatda) birlashadi.  Qovurg‘alar orqasida kurak suyagi 
yotadi.  Kurak  va  o ‘mrov  suyaklari  yelka  b o ‘g‘imi  o ‘rnida  bir- 
lashadi.
Qo‘l kurak suyagi bilan yelka bo‘g‘imida birlashib,  uch asosiy 
qismdan: 
yelka suyagi,  tirsak-bilak va panjalar,  kaft usti suyaklari,
 

Download 3,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish