Kasb hunar maktabi "tasdiqlayman"


“TASDIQLAYMAN” Ishlab chiqarish ta’limi ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari:_____Z.Ibragimov



Download 31,74 Mb.
bet89/89
Sana25.01.2022
Hajmi31,74 Mb.
#410097
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   89
Bog'liq
Dniyarov Ulugbek

“TASDIQLAYMAN” Ishlab chiqarish ta’limi ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari:_____Z.Ibragimov





Guruhlar


1-20

2-20

3-20



















Dars o’tiladigan sana





























Mavzu (nomi) Ta'minlash tizimiga kundalik xizmat ko'rsatish 1-TXK,2-TXK

O‘quv mashg‘ulotining o‘qitish texnologiyasi modeli

Vaqt: 80 daqiqa

Ta’lim oluvchilar soni 26 ta

O‘quv mashg‘uloti shakli va turi

Nazariy mashg’ulot.

O‘quv mashg‘uloti rejasi


1.Dizellarni ta’minlash tizimidagi asosiy nosozliklar

2.Texnik xizmat ko‘rsatish.

3.Karburiyatorli dvigatellarning ta’minlash tizimidagi asosiy nosozliklar va unga texnik xizmat ko’rsatish.





O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: Ta'minlash tizimiga kundalik xizmat ko'rsatish 1-TXK,2-TXK to‘g‘risidagi bilim (ko‘nikma)larni shakllantirish (mustahkamlash).

O‘qitish natijasi

Ushbu mavzuni o‘zlashtirish natijasida o‘quvchida shakllanadigan asosiy bilim, ko‘nikma yoki kompetensiyalar.

Pedagogik vazifalar
1. Dizellarni ta’minlash tizimidagi asosiy nosozliklar ma’lumot berish.

2. Texnik xizmat ko‘rsatish bilan tanishtirish.

3. Karburiyatorli dvigatellarning ta’minlash tizimidagi asosiy nosozliklar va unga texnik xizmat ko’rsatish haqida tushuncha berish.


O‘quv faoliyat natijalari;
1. Dizellarni ta’minlash tizimidagi asosiy nosozliklar ma’lumotga ega bo’ladi.

2. Texnik xizmat ko‘rsatish bilan tanishadi.

3. Karburiyatorli dvigatellarning ta’minlash tizimidagi asosiy nosozliklar va unga texnik xizmat ko’rsatish haqida tushunchaga ega bo’ladi








O‘qitish metodlari

Kichik axborotli/ ma’ruza/ hikoya/ tushuntirish/ ko‘rsatma berish/ namoyish. Ko‘rsatish/ video usul/ kitob bilan ishlash/ insert/ mashq/ suhbat/ baxs/ aqliy xujum ta’limiy o‘yin/ piibord va boshqalar (quyidagilardan maqsadga ko‘ra tanlab olinadi).

O‘qitish vositalari

Matnlar, yozuv taxtasi, slaydlar, proektor, kompyuter, diaproektor, flipchart, videofilm grafikli organizatorlar, model, mulyajlar, chizma, grafiklar, diagrammalar, namunalar, ekspert varag‘i, yo‘riqnoma, elektron yo‘riqnoma.

O‘quv faoliyatini tashkil etish shakli

jamoaviy, guruhli, juftlikda, yakka tartibda

O‘qitish sharoiti

Maxsus texnik vositalar bilan jihozlangan guruhlarda ishlashga mo‘ljallangan xona

Qayta aloqaning usul va vositalari

Tezkor-so‘rov, savol-javob, test, misol va mashqlar, bajarilgan o‘quv topshiriqlarni baholash

O‘quv mashgulotining texnologik xaritasi


Ish

bosqichlari va vaqti

Faoliyat mazmuni

O'qituvchi

Ta’lim oluvchi

1-Uquv mashg‘ulotiga kirish (5daq.)

Tashkiliy kism:

  1. O’quvchilar bilan salomlashadi.

  2. O‘quvchilarni mashg‘ulotga tayyorgarligi va davomatini tekshiradi



Mashg‘ulotga

tayyorlanadilar

2-bosqich.

Asosiy

(65daq.)

Tayanch bilimlarni faollashtirish:

  1. Uyga berilgan vazifani nazorat qiladi hamda o‘tilgan mavzu bo‘yicha o‘quvchilarga savollar beradi, ularni baholaydi.

Maqsad va vazifani belgilanishi:

  1. Mashg‘ulotning nomi, rejasi, maqsad va o‘qitish natijalar bilan tanishtiradi.

  2. Mustaqil ishlash uchun adabiyotlar bilan tanishtiradi;

  3. O‘quv mashg‘ulotida o‘quv ishlarni baholash mezoni va ko‘rsatkichlari bilan tanishtiradi.

Ta’lim oluvchilar bilimini faollashtirish:

  1. Tezkor - so‘rov, savol - javob, aqliy xujum, pinbord, “o‘ylang va juftlikda fikr almashing”, va boshqa texnikalar orqali bilimlarni faollashtiradi.

Yangi o‘quv material bayoni:

  1. Nazariy mashg‘ulotning rejasi va tuzilishiga muvofiq, o‘qitish jarayonini tashkil etish bo‘yicha harakatlar tartibini bayon etadi. Asosiy xolatlarni yozdiradi;

  2. Slaydlarni Power Point tartibida namoyish va sharhlash bilan mavzu bo‘yicha asosiy nazariy holatlarni bayon qiladi.

YAngi o‘quv materialini mustahkamlash:

  1. Mustahkamlash uchun savollar beradi. Jarayon kichik guruhlarda davom etishini ma’lum qiladi;

  2. Kichik guruhlarga bo‘ladi, kichik guruhda ishlash qoidasi bilan tanishtiradi har bir guruhga topshiriq beradi va baholash mezoni bilan tanishtiradi. Ishni bajarish yo‘riqnomasini beradi.

  3. Guruhlarda ishlarni boshlashga ruxsat beradi. Har bir kichik guruh ishtirokchisi vazifani bajarish tartibini tushunganligini aniqlash maqsadida qaytar aloqa o‘tkazadi.

Bajarish jarayonini kuzatadi, maslaxatlar beradi.

  1. Ishga ajratilgan vaqt tugaganini ma’lum qiladi, guruhlar taqdimotini tashkil etadi.

Guruh a’zolariga diqqat bilan eshitishlarini va savollar berishlarini, shu bilan birga o‘zaro bir-birlarini baholashlarini eslatadi. Javoblarni to‘ldiradi va qisqacha xulosalar qiladi;

12. Guruhlar ishini o‘zaro baholashni o‘tkazadi, mavzuning har bir qismi bo‘yicha xulosalar qiladi, eng asosiylariga e’tibor qaratadi, berilayotgan ma’lumotlarni daftarga qayd etishlarini eslatadi. Mavzuning kasbiy faoliyatlaridagi ahamiyati bilan bog‘lab mavzuni yakunlaydi.

Uy vazifasini taqdim etadilar. Savollarga javob beradilar.
Mavzu nomi va rejasini yozib oladilar.

Diqqat qiladilar.


Savollarga javob beradilar.

Yozib oladilar.
Diqqat qiladilar.

Savollarga javob beradilar.

Topshiriqni bajaradilar.

Kichik guruhlarga bo‘linadilar.

Kichik guruhda ishlash qoidasi bilan tanishadilar.

Xar bir guruh o‘z topshiriq varaklari bo‘yicha faoliyatini boshlaydi.

Har bir guruh sardorlari chiqib o‘z ishlarini taqdim qilishlarini aytadi. Berilgan qo‘shimcha savollarga javob beradilar.

Guruh ish natijalarini o‘zaro baholaydilar. Ma’lumotlarni daftarga qayd qiladilar.

3-bosqich Yakuniy (10 daq.)

Mashgulot yakuni:

  1. Faol ishtirok etgan o‘quvchilarni javoblarini izohlab baholaydi va ragbatlantiradi.

Uyga vazifani berilishi:

  1. Kelgusi mashgulotga vazifa va uni bajarish yuzasidan yo‘riqnoma beradi.

Baholari bilan tanishadilar.

Topshiriqni yozib oladilar.

Mavzu:Ta'minlash tizimiga kundalik xizmat ko'rsatish 1-TXK,2-TXK
Ta`minlash tizimi asboblarining tuzilishi va ishlash prinsipi: filtrlar; yonilg’i nasosi; kiritish va chiqarish quvurlari; yonilg’i baki; so’ndirgich.

Yonilg`i baki yonilg`ini saqlash uchun mo`ljallangan bo`lib, unda avtomobilning 300-600 km yo`l bosishiga etadigan zahirasi saqlanadi. Avtomobilda bir, yoki bir nеcha yonilg`i baki bo`lishi mumkin.

Yonilg`i baki (8.8-rasm) shtampalangan po’lat tunikalarni kavsharlash yo`li bilan tayyorlanadi. Bakka bеnzin sathini ko`rsatuvchi datchik va bеnzinni rеsirkulyatsiya qilish quvurchasi o`rnatilgan bo`ladi.



8.8-rasm. Avtomobilining yonilg`i baki.

.1-yonilg`i quyish bug’izi, 2-bak devorlari; 3-to’rsimon filtrli quvur, 4-to’kish tig`ini, , 5-qalqovuch, 6-yonilg’I sathi; 7-shamollatish quvuri, 8-yonilg’I sathi datchigi.

Yonilg`i filtrlari va tindirgichlar Yonilg`ini karbyuratorga kiritirishdan oldin mеxanik aralashmalar va suvdan tozalash zarur, chunki aralashma va suv karbyuratorlarning ishini buzadi, dvigatеl dеtallarining tеz еyilishiga sabab bo`ladi. Yirik mеxanik aralashma va suvni yonilg`idan ajratish uchun tindirgichlar o`rnatiladi.


8.9-rasm. Yonilg’I filtrlari

Sim to’rli filtrlar yonilg’i bakining quyish bug’iniga, yonilg`i nasosi korpusining qopqog`iga va karbyuratorning qalqovuchli bo`linmasi shtutsеriga o’rnatiladi.

Mayin filtr juda mayda mеxanik zarrachalarni ham ushlab qoladi (7.9-rasm). U kеramik filtrlovchi elеmеnt, yoki juda mayda tеshikli to’r o’ramga эга.



Yonilg`i nasosi (8.10-rasm) yonilg`ini bakdan karbyuratorning qalqi bo`linmasiga yuborish uchun xizmat qiladi. Karbyuratorli dvigatеllarda diafragmali yonilg`i haydash nasoslari kеng tarqalgan.

8.10-rasm. Yonilg’I nasosi B-10.



a- yonilg`I bakdan so’rish; b-yonilg`i karbyuratotga haydash; 1-flanes-zichlagichi; 2-nasos yuritmasi koramislosi; 3-nasosni dvigatelga mahkamlash flanesi; 4-koromisloni qaytarish purjinasi; 5-nasos korpusi; 6- nasosni qo`lda harakatlantirish valigi; 7-turtgichni zichlagich; 8-nasos diafragmasi; 9-turtgich; 10-diafragma shaybasi; 11-chiqarish klapani; 12-klapan prujinasi; 13- karbyuratorga ulash naychasi shtutseri; 14-klapan usti; 15-vint; 16-qopqoq; 17-filterlovchi setka karkasi; 18-filterlovchi setka; 19-bakdan kelgan haycha shtutseri; 20-qopqoq zichlagichi; 21-nasos kallagi; 22-so’rish klapani; 23-turtkichni mahkamlash gaykasi; 24-diafragma ptujinasi; 25-korpusni ventilyasiyalashni filtri; 26-tayanch shaybani zichlagichi; 27- nasosni qo`lda harakatlanuvchi richag; 28-qaytarish prujinasi; 29-koromislo o’qi; 30-gaz taqsimlash vali eksentrigi; 31-gaz taqsimlash vali; 32-yonilg’I nasosi yuritmasi shtangasi;

Yonilg’i nasosi ektsеntrik 30 dan harakat oladi. Turtgich 9 diafragma bilan pastga harakatlanganda ustki qismda siyraklanish natijasida klapan 22 ochiladi va yonilg`i bakdan so’rilib filtr orqali diafragma ustki qismiga kiradi. Diafragma yuqoriga harakatlanganda klapan 22 yopiladi, klapan 11 ochiladi va yonilg’i shtutser 13 ga ulangan quvur orqali karbyuratorning qalqavuch bo`linmasiga yuboriladi. Bosim ortib kеtsa, diafragmaning yurish yo`li qisqaradi.

Elektronasosning ishlash prinsipi mexanik nasosnikiga o’xshash. O’zak 6 elektrmagnit klapan 4 ta’sirida yuqoriga harakatlanadi, tok uzilganda prujina 7 tasirida qaytadi. O’zak 6 qaytma harakatlanganda kamera 2 ga bakdan benzin so’rib kiritiladi, o’zak ilgarilanma harakatlanganda kamera 2dagi benzin karbyuratorga uzatiladi.


8.11-Elektrikonasos.1-Benzin kiritish klapani; 2-kamera; 3-diafragma; 4-elektrmagnit klapan; 5-kontaktlar; 6-o’zk; 7-qaytarish pujinasi; 8-chiqarish klapani.



Havo filtrlarihavoni changdan tozalaydi. 8.12-rasm moyli-inertsion firtning tuzilishi va havoni tozalash texnologik jarayoni ko’rsatilgan. Bu filtrlar asosan yuk avtomobillari va traktorlarga o’rnatiladi.

8.12-rasm. Havo tozalash moyli inertsion filtr;

1-taglik; 2-filtrlovchi element; 3-korgus; 4-tozalangan havo chiqish quvuri; 5-uyurma; 6-inertsion tozalagich; 7-changlarni chiqarish darchasi; 8-to’r; 9-quvur; 10-tayanch; 11-kallak; 12-moy vannasi.

Karbyuratorli dvigatellarning havo filtrlari aylana (8.13-rasm, a, b), yoki to’t burchak (8.13-rasm,c) shaklda bo’lishi mumkin. Filtr havo oqimi kuchiga chidamli bo’lishi uchun metal setkalarga o’rnatiladi.

8.13-rasm. Karbyuratorli dvigatelning havo filtri.

1-issiq havo shiti; 2-xomut, 3-issiq havo shlangi; 4-prujina; 5-termorostlagicvh to’smaqopqog’ining vacuum shlangi; 6- termorostlagicvh to’smaqopqog’I; 7- to’smaqopqoqning pnevmoyuritmasi; 8-sovuq havo shlangi; 9- termorostlagicvh; 10-filtr qopqog’Ini qisqich; 11-filtr korpusi; 12-filtrlovchi element; 13-filtr qopqogi; 14- termorostlagicvh klapani; 15-zichlagich; 16-karterni shamollatish shlangi.

Kiritish va chiqarish quvur yo`llari yonilg`i aralashmasini silindrlarga kiritish va ishlatilgan gazlarni atmosfеraga chiqarib yuborish uchun xizmat qiladi.


Dizellarning ta'minlash tizimiga texnik xizmat ko'rsatish eng murakkab va ma’suliyatli ishlar sirasiga kirib, xizmat ko'rsatish xodimlarining malakasi yuqori bo'lishi talab etadi. Alohida e’tiborni, ish joyining tozaligiga hamda yuqori bosimli nasos va forsunka yoki rostlagich ichiga juda kichkina bo'lgan kir zarrachasini ham tushib qolishiga yo'l qo'ymaslikka qaratish kerak bo'ladi.

Bularga quyidagilarni kiritish mumkin: yonilg'i aylanishining buzilishini va havo surilishini, bu esa bakdan yuqori bosimli nasosga moy yuborilishining kamayishiga olib keladi; nasosning nosozligi tufayli ish unumdorligi va u hosil qiladigan bosimning pasayishi; yuqori bosimli nasosni noto'g'ri o'rnatilganligi yoki rostlanganligi tufayli forsunkalarga yonilg'i berishning boshlang'ich paytini buzilishi, shuningdek, nasos yuritmasi detallarining yeyilishi; yuqori bosimli nasosni noto'g'ri rostlanishi oqibatida nasos bo'linmalaridan yonilg'i berilishini bir tekisligini hamda dozalanishning buzilishi; yuqori bosimli yonilg'i nasosidagi plunjer, gilza va haydash klapanlarining yeyilishi;forsunka ignasini ko‘taruvchi rostlangan bosimning buzilishini hamda nina germetikligining yo‘qolishi; rostlagichning ishlashini buzilishi, bu esa tirsakli valning notekis aylanishiga, salt ishlashda dvigatelni to‘xtab qolishiga yoki haddan ziyod yuqori chastotali aylanishlarga olib keladi.

Kundalik xizmat ko‘rsatishda yonilg‘i nasosi va rostlagich korpusidagi moy sathi tekshiriladi, zarur bo‘lsa moy quyiladi. Dizel sinov uchun yurgazilib, ishlatilgan gazlarni tutashi, manometr bo‘yicha yonilgi bosimi va radiatordagi suvning isishi nazorat qilinadi. Dvigatel, yonilgi nasosi va rostlagichda begona taqillashlar bor-yo‘qligi eshitib ko‘rish orqali tekshiriladi. Yonilgi apparaturasi kirlardan tozalanadi, mahkamlovchi detallar tortib qo‘yiladi, baklarga kerakli miqdorda tindirilgan yoki filtrlangan yonilgi quyiladi. Yilning sovuq kunlarida, yonilgini dag‘al va mayin tozalash filtrlarining korpuslaridan cho‘kindilar har kuni to‘kib turilishi kerak.

1-TXK oikazilganda yonilgi bakidan, yonilgini dag‘al va mayin tozalovchi filtrlardan cho‘kindilar to‘kib tashlanadi, tizimdan havo chiqarib yuboriladi. Yonilgi bakining qopqogidagi teshik, havo tozalagich hamda havo so‘rgich turidagi teshiklar va tirqishlar tozalanadi; havo va yonilgi bilan ta’minlash tizimlaridagi asboblar holati, ular birikmalarining germetikligi ko‘rikdan oikazilib, tekshiriladi va zarur hollarda nosozliklar bartaraf etiladi; dvigatelni to‘xtatish yuritmasining hamda yonilgi berishni qo'l bilan boshqariladigan yuritmaning ishlashi nazorat qilinadi.

2-TXK oikazilgan chog‘da: yonilgi baki, yonilgi naychalari, yonilgi nasoslari, forsunkalar, filtrlar va nasos yuritmalarining mahkamlanishi hamda germetikligi tekshiriladi; yonilgi berishni boshqarish mexanizmining sozligi va dvigatelni qoi bilan to‘xtatish trosining ishlashi tekshiriladi; yonilgining aylanishi ko‘zdan kechiriladi tizimda havo bo'lsa, chiqarib yuboriladi; dvigatel yurgaziladi va salt ishlash rejimida tirsakli valning minimal aylanishlar chastotasi rostlanadi; dvigatelni, yuqori bosimli yonilgi nasosining, tirsakli val aylanishlar chastotasi rostlagichining ishlashi va ishlatilgan gazlarning tutashi tekshiriladi; yonilgini dag‘al va mayin tozalovchi filtrlarning korpuslari yechib olinadi va yuviladi, filtrlovchi elementlar almashtiriladi.

Mavsumiy texnik xizmat ko'rsatish o'tkazilganda: cho'kindi to'kib tashlanadi va yonilgi baki yuviladi; forsunkalar yechib olinadi va maxsus asbobda ninaning ko'tarilish bosimi rostlanadi; dvigatelni ta’minlash tizimidagi havo uzatkichlarning mahkamlanishi havo yordamidatekshiriladi. Qishki mavsumda ishlatishga tayyorlanganda yuqori bosimli yonilg'i nasosi va yonilg'i haydash nasosi yechib olinadi, ular stendda tekshiriladi va rostlanadi; yuqori bosimli yonilg'i nasosi hamda dvigatel tirsakli valining aylanishlar chastotasining rostlagichi yechib olinganda, ulardagi moy almashtiriladi; yonilg'i purkalishini ilgarilatish muftasining korpusidagi moy sathi tekshiriladi va zarur bo'lsa moy quyiladi.КамАЗ-740 dvigatehdagi havo filtrining birinchi pog'onasiga xizmat ko'rsatish uchun filtrdan chang so'rgich magistrali va havo o'tkazgichlar ajratiladi, qopqoq yechiladi, mahkamlovchi sterjen burab bo'shatiladi, filtrlovchi element sug'urib olinadi va filtr korpusi yechiladi. Korpus inersion panjara bilan birgalikla dizel yonilg'isida yoki issiq suvda yuviladi, siqilgan havo bilan puflab quritiladi; yig'ish paytida, tores qopqoqlari va g'iloflari deformatsiyalangan (pachoqlangan) filtrlovchi elementlarni o'rnatishga yo'l qo'ymaslik darkor; yirtilgan qistirmalarni almashtirish lozim.Kartonli filtrlovchi elementga havo filtrini kirlanganlik darajasini bildiruvchi indikator ko'rsatmasiga muvofiq xizmat ko'rsatiladi. Agar element kartoni kulrang (qurum bosmagan) bo'lsa, uni 0,2 - 0,3 MPa bosim ostidagi siqilgan havo bilan purkaladi. Kartonga chang, qurum, moy yoki yonilg'i yopishgan bo'lsa, u holda element, yuvish moddasi qo'shilib 40 - 50°C isitilgan suvda yuviladi. Bu eritmaga element 10-15 daqiqa davomida solib qo'yiladi, so'ng toza suvda chayiladi va quritiladi.O'rnatishdan oldin filtrlovchi elementning holati, uning ichiga lampa yoqib yorug'lik bilan tekshirib ko'riladi.

Yirtilishlar, teshilishlar va boshqa shikastlanishlar bo'lishiga yo'l qo'yilmaydi.Filtrlovchi elementni har bir 2-TXK da yuvish va bir marta kuzda, uni yangisi bilan almashtirish tavsiya etiladi. Ikki yoki uch marta 2- TXK dan so'ng, havo kiritish tizmining germetikligini tekshirib ko'rish zarur.Dizeldagi ta’mirlash tizimining germetikligi alohida ahamiyatga ega. Bakdan yonilg'i haydash nasosigacha bo'lgan (tizimning kiritish qismi) yonilg'i tizimiga havo so'rilishi, yonilg'i berish apparaturalarini yomon ishlashini keltirib chiqaradi, yonilg'i haydash nasosidan to forsunkalargacha bo'lgan bosim ostidagi yo'llarda germetiklikning buzilishi esa yonilg'ini oqishiga, demak ortiqcha yonilg'i sarf bo'lishiga sabab bo'ladi.

Magistralning kiritish qismi germetikligi, bosimni oshiruvchi qo'l nasosi bo'lgan bakcha ko'rinishidagi maxsus asbob yordamida tekshi­riladi. Magistralning yonilg'i haydash nasosi bilan forsunkalar orasidagi


qismini, yonilgN nasosidagi qo‘l-yuritmali nasos yordamida yoki dizelni salt ishlashida ko‘z bilan kuzatib tekshirish mumkin.Yuqori bosimli va yonilg‘i haydash nasoslari, СДТА-1 va СДТА-2 (yonilgM beruvchi dizel apparaturalari) stendlarida tekshiriladi (25.14- chizma). Yonilgi haydash nasosining berilgan qarshilikdagi ish unumdorligi va yonilgi kanali toia yopiq boiganda, u hosilqiladigan bosim tekshiriladi.Yonilgi haydash nasosini tekshirish uchun undan filtrga ketgan naycha o'lchov bakchasiga tushiriladi, yonilgining nasosdan chiqishi esa, chiqishdagi bosim 60 - 80 KPa gacha koiarilishi uchun, kran vosi- tasida bir oz yopiladi. КамАЗ-740 dvigatelining soz holatdagi past bosimli nasosi va yonilgi haydash nasosi kulachokli valning 1300 min'1


bo'lgan aylanishlar chastotasida o'lchov bakchasiga 2,5 //min miqdorda yonilg'i berishi kerak. Shu aylanishlar chastotasida yonilg'i haydash nasosi hosil qiladigan bosim, manometrning (9) ko'rsatishiga qarab, nasosdan yonilg'i chiqishi kran bilan ohista berkitgan holda aniqlanadi.Agar nasos 0,4 Mpa dan oz bosim hosil qilsa, u holda klapanlarning germetikligini, porshenlarning yeyilganligini va turtkichning erkin harakatlanishini tekshirish zarur. Yuqori bosimli yonilg'i nasosi har bir forsunkaga beriladigan yonilg'ini boshlang'ich paytiga, bir tekisliligiga va miqdoriga tekshiriladi.Yonilg'i berishning boshlang'ich paytini aniqlash va rostlash uchun СТДА stendlarida, har bir seksiyaning chiqish shtutseriga o'rnatilgan (25.15-chizma) momentoskoplar - ichki diametri 1,5 - 2,0 mm bo'lgan shisha trubkalar (1) ishlatiladi. Nasosning kulachokli vali aylantirilib, shisha trubkalar hajmining yarmi yonilg'i bilan to'ldiriladi, so'ng val yuritmasi soat strelkasi bo'yicha ohista aylantirilib trubkalardagi yonilg'i sathi kuzatiladi. Nasos seksiyalaridan yonilg'i berishning boshlanishi, momentoskoplarning shisha trubkalaridagi yonilg'i harakatlanishining boshlanishiga qarab aniqlanadi.СДТА stendlari korpusining nasosni aylantiradigan vali tomoniga darajalarga bo'lingan disk, nasosning kulachokli valini stenddagi yuritma val bilan biriktiradigan muftaga esa strelka o'rnatilgan. Birinchi silindr trubkasidagi yonilg'ining harakatlanishini boshlang'ich payti sanoq boshi - 0° deb qabul qilinadi. КамАЗ-740 dvigateli silindrlarining ishlash tartibiga (1-5-4-2-6-3-7-8) mos ravishda, boshqa silindrlarga yonilg'i berilishini boshlanishi nasosning kulachokli vali quyidagi burchaklarga burilganda sodir bo'ladi: 5-silindrga (nasosning 8-seksiyasi) -45°, tur- tinchiga (4-seksiya) -90°, ikkinchiga (5-seksiya) -135°, oltinchiga (7 sek- siya) -180°, uchinchiga (3 seksiya) -225°, yettinchiga (6-seksiya) -270° va sakkizinchiga (2 seksiya) -315°. Bunda birinchi seksiyaga nisbatanhar bir seksiyadan yonilg‘i berishning boshlanishi orasidagi intervalning noaniqligi 05° dan ortib ketmasligi kerak. Yonilg‘iberishning boshlanishini tekshirish, yonilgi purkalishini ilgarilatish muftasini yechib qo'ygan holda amalga oshiriladi.

КамАЗ-740 dvigatelidagi yuqori bosimli yonilgi nasosi konstruk- siyasining o‘ziga xos tomoni shundan iboratki, seksiyalar nasos korpusidan alohida qilib tayyorlangan va seksiya o‘z korpusi bilan yigllgan holatda almashtirilishi mumkin. Kulachokli valning burilish burchagiga qarab, qar bir seksiyadan yonilgi berishning1 boshlanishi, turtkich tovonining qalinligini o‘zgartirish bilan rostlanadi; tovon qalinligini 0,05 mm ga o‘zgarishi 0°12? burilish burchagiga to'g'ri keladi.



Jarqo’rg’on tuman 2-son kasb-hunar maktabi
__________________________________________________________________________________” fanidan

__- bosqich “_____________________________________________” yo’nalishi ____ -guruh o’quvchisi _________________________________________ning ___________ nazorat test savollariga belgilagan javoblari.



Variant 1 Sana “_____” _____________ 201__ yil.

S

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14

15

16

17

18

19

20

21

22

23

24

25

26

27

28

29

30

J


























































































Reyting ball: To’g’ri javob:_______

1-16 ball--------- 2 baho Noto’g’ri javob: __________

17-21 ball-------- 3 baho Baho: _________

22-26 ball---------4 baho

27-30 ball---------5 baho O’qituvchi imzosi ________



Avtomobil tuzilishi” o’quv amaliyotidan test

1-Variant

1. 4 taktli 4 silindrli dvigatellarda taktlar necha gradusda almashinadi?

a. 190o

b. 180 o

c. 170 o

d. 100 o

2. КШМ қандай қисмлардан ташкил топган?

a. silindrlar blogi va kallagi

b. қўзғалувчан ва қўзғалмас;

c. porshen va porshen barmoqlari

d. tirsakli val va shatun

3. Dvigatel bu ……..?

a. yongan yoqilg’ining issiqlik energiyasini mexanik ishga aylantirib beradi.

b. avtomobilni joyidan qo`zg’atish uchun foydalaniladi.

c. harakatlanuvchi qurilma.

d. energiya manbaidir

4. Transmisiya o`z ichiga quyidagilarni oladi ?

a. uzatmalar qutisini yurish qismi.

b. Kardanli uzatma. Dvigatel.

c. Yetakchi ko`prik, rama va balonlar.

d. Ilashish mexanizmi, uzatmalar qutisi, kardanli uzatma, yetakchi ko`prik.

5. Shassi tarkibiga nimalar kiradi?

a. yurish qismi, transmisiya, rul boshqarmasi va tormoz tizimi.

b. tormoz tizimi, dvigatel qismlari, platforma.

c. transmisiya va rul boshqarmasi.

d. Faqat transmisiya.

6. Yetaklovchi ko`prikning vazifasi nima?

a. g’ildiraklarni aylantiradi va sekinlashtiradi.

b. yo`nalishni o`zgartiradi.

c. ilgarilama harakatni uzatishga xizmat qiladi.

d. burovchi momentni g’ildiraklarga ma’lum burchak ostida uzatadi.

7. Yurish qismi bu nima?

a. burovchi momentni g’ildirakka uzatadi.

b. avtomobilni harakatga keltiradi.

c. Harakatni ravonlashtiradi.

d. G’ildiraklarni harakatlantiradi.

8. Tirsakli val bu ……………….?

a. porshinlardan shatunlar uzatayotgan kuchni qabul qilib burovchi momentga aylantiradi.

b. Porshenlarni va shatunlarni harakatga keltiradi.

c. Burovchi momentni porshenlar harakatiga aylantiradi.

d. Tirsakli val va shatunlarni harakatga keltiradigan qurilma.

9. Porshen xalqalarining qanday turlari bo`ladi?

a. Kompression xalqalar

b. Moy sidiruvchi va kompression xalqalar.

c. Kompression va gazlarni karterga o`tkazmaydigan xalqalar.

d. Konussimon yoki xromlangan xalqalar.

10. Dvigatel ishlayotgan paytda suyuqlik harorati qancha bo`lishi mumkin?

a. 65-70o C. b. 85-100 o C. c. 60-70 o C. d. 70-90 o C.

11. Поршенга биринчи бўлиб қандай ҳалқа ўрнатилади?

a. мой сидирувчи ҳалқа

b. Kompression xalqalar

c. Konussimon yoki xromlangan xalqalar

d. Moy sidiruvchi va kompression xalqalar

12. To’rt taktli dvigatelning ish siklini ko’rsating ?

a. siqish, kiritish, chiqarish, kengayish

b. kiritish, siqish, kengayish ,chiqarish.

c. kiritish, chiqarish, kengayish siqish,

d. kengayish siqish, kiritish, chiqarish,

13. Chiqarih takti tirsakli valning necha gradusigacha burilishida davom etadi ?

a. 180-360o b. 540-720 o c. 0-180 o d. 360-540 o

14. Dvigatel qanday mexanizm va tizimlrdan tashkil topgan ?

a. Sovitish, moylash, o’t oldirish tizimi, gaz taqsimlash mexanizmi

b. Krivoship-shatun mexanizmi, moylash, o’t oldirish, ta’minlash tizimi

c. Gaz taqsimlash mexanizmi, sovitish, moylash, o’t oldirish, ta’minlash tizimi

d. Krivoship-shatun va gaz taqsimlash mexanizmi, sovitish, moylash, o’t oldirish, ta’minlash tizimi

15. Kuzovlar vazifasiga ko’ra qanday turlarga bo’lindi ?

a. Qum, beton ,shag’al, yog’ach tashuvchi

b. Suvm benzin, bitum tashuvchi

c. Yuk, yo’lovchi, yuk va yo’lovchi, maxsus

d. Tez buziladigan yuklarni tashuvchi

16. Sovuq o`t oldirish deb ... tushuniladn?

a. Sovuq iklim sharoitida dvigatelni o`t oldirish

b. Buksir yordamida o`t oldirish

c. Boshqa AKB yordamida o`t oldirich

d. Isitmasdan o`t oldirish

17. Uzatmalar qutisining vazifasi nimadan iborat?

a. Harakat tezligini o’zgartirish boshqarish.

b. Harakat tezligini o’zgartirish.

c. Harakat kuch miqdorini o’zgartirish .

d. Harakat tezligini oshirish.

18. Ilashish muftasining vazifasi nimadan iborat?

a. Tirsakli valni uzatmalar qutisidan vaqtincha ajratish va qo’shish

b. Dvigatelni kardan uzatmadan vaqtincha ajratish va qo’shish

c. Dvigatelni g’ildiraklardandan vaqtincha ajratish va qo’shish

d. Tirsakli valni asosiy uzatmadan vaqtincha ajratish va qo’shish

19.Rul boshqarmasining vazifasi nimadan iborat?

a. Harakat tezligini o’zgartirish va boshqarish.

b. Harakat tezligini boshqarish .

c. Harakat yo’nalishini o’zgartirish va boshqarish .

d. Harakat tezligini oshirish.

20. Kiritish takti tirsakli valning necha gradusigacha burilishida davom etadi?

a. 180-360o b. 0-180 o c. 540-720 o d. 360-540 o

21.Osmaning asosiy elementlari qaysilar?

a. Yo’naltiruvchi

b. Elastik elementlar. yo’naltiruvchi,so’ndiruvchi

c. Yo’naltiruvchi,so’ndiruvchi

d. Elastik elementlar. yo’naltiruvchi

22. Termostat necha gradusda to’liq ochiladi?

a. 85o b. 90 o c. 93 o d. 100 o

23.Bosim ostida moylanadigan detallarni ko’rsating?

a. Tirsakli valning o’zak va shatun, taqsimlash vali podshipniklari, koromislo,porshen barmoqlari.

b. Tirsakli valning o’zak va shatun podshipniklari

c. Taqsimlash vali podshipniklari, koromislo,porshen barmoqlari.

d. Tirsakli valning o’zak va shatun, taqsimlash vali podshipniklari

24. Bir ot kuchi nimaga teng? / 1 o.k/

a. 810 vt b. 690 vt c. 735 vt d. 750 vt

25. Siqish takti tirsakli valning necha gradusigacha burilishida davom etadi?

a. 180-360o b. 0-180 o c. 540-720 o d. 360-540 o

26. Birinchi avtomobil qachon ixtiro qilindi ?

a. 1791

b. 1886

c. 1885

d. 1883

27. «UzDAEWOO» zavodi qachon ishga tushdi?

a. 1996 avgust

b. 1992 iyun

c. 1999 dekabr

d. 1996 yil iyul

28. Sovitish tizimi nima uchun kerak?

a. Dvigatelning qaynab ketmasligi uchun

b. Dvigatelni sovitish uchun

c. Dvigatelning ptimal issiqlik rejimini saqlab turish uchun

d. Dvigatelning qaynab ketmasligi va sovitish uchun
29. Tormoz boshqarmasining vazifasi nimadan iborat?

a. Tezlikni kamaytirish.

b. Tezlikni kamaytirish, to’xtatish va o’z joyida ushlab turish .

c. To’xtatish va o’z joyida ushlab turish .

d. Tormoz yo’lini kamaytirish.
30. Kengayish takti tirsakli valning necha gradusigacha burilishida davom etadi?

a. 180-360o

b. 0-180 o

c. 540-720 o

d. 360-540 o



Download 31,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish