Kasb hunar maktabi "tasdiqlayman"


O’quvchilar bilimlarini faollashtirish uchun beriladigan savollar



Download 31,74 Mb.
bet86/89
Sana25.01.2022
Hajmi31,74 Mb.
#410097
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   89
Bog'liq
Dniyarov Ulugbek

O’quvchilar bilimlarini faollashtirish uchun beriladigan savollar


1) Sovitish tizimining vazifasi nimadan iborat?

2) Sovitish tizimi detallariga nimalar kiradi?

3) Moylash tizimining vazifasi nimadan iborat?

4) Moy nasosining qanday turlarini bilasiz ?











B/B/B usuli uchun ekspert varag’i:




Bilardim

Bilishni hohlayman

Bilib oldim

radiator




termostat




Moy nasosi























O'quv va o'quv-metodik adabiyotlar




Adabiyotlar

Muallif

Nashr qilingan yili va nashriyot

Soni

O’zbek tilida

Rus tilida

1

Автомобилларни тузилиши, техник хизмат кўрсатиш ва таъмирлаш

О.У.Салимов

“Илм Зиё” Тошкент-2014йил

+




2

Транспорт воситаларининг тузилиши

А.Мухитдинов, Ж.Қулмухамедов

“Таълим нашриёти” Тошкент-2019йил

+




3

Автотранспорт воситаларининг электржихозлари

Ғ.Н.Махмудов

“Илм Зиё” Тошкент-2014йил.


+




4

Транспорт воситаларининг тузилиши

А.Мухитдинов, В.Саттивалдиев, Ш.Хакимов

“Таълим нашриёти” Тошкент-2014йил








« Tasdiqlayman »

Maxsus fanlar kafedrasi mudiri

________ Q. Raximov.

«28» avgust 2020 yil

Avtomobil tuzilishi o’quv amaliyotidan o’quvchilarning bilimini baholash mezoni




T/r

Mezonlar

Baho

1

Olgan bilimlarini ishlab chiqarishda qo’llay oladigan, amaliyotni boshqa fanlar blan bog’lay oldigan, mustaqil ish va vazifalarni to’lq bajargan va yangilik kiritishga intilgan, har jihatdan boshqa o’quvchilarga o’rnak bo’ladigan

5

2

O’quv ko’rgazmali qurollardan foydalana oldigan, olgan bilimlarining o’rnini xalq xo’jaligidagi o’rnini to’g’ri tushungan, mustaqil fikrlay oladigan, olgan bilimlarini tushuntirib bera oladigan

4

3

Darslarda 56%-70 % gacha qatnashgan, ma’ruza matnini yozgan, o’quv qurollari to’liq bo’lgan, adabiyotlardan foydalanishni bilgan

3

4

Ta’lim standartlarida belgilangan bilim va ko’nikmalarni 55% dan kam o’zlashtirgan o’quvchilar

2

O’quv dasturining mantiqan tugallangan bo’limi bo’yicha o’quvchi albatta baholanadi va natijasi o’tish balli(3ball)dan past bo’lganda qayta nazorat belgilanadi.



3.51.05.01 – Avtomobillarni ta’mirlash kasbi.

O’quv nazariy mavzusi:. Sovitish va moylash tizimi vazifasini o’rganish .

O’quv nazariy maqsadi: O’quv ustahonasida sovitish va moylash tizimi vazifasini

o’rgatish orqali o’quvchilar bilimlarni mustahkamlash, ko’nikma va malakalarni shakllantirish.

TEHNOLOGIK YO’RIQLI HARITA.

Tehnologiya asosida faoliyat turlari

Tavsiya yetilgan moslama va uskunalar



Chizma va rasm

Ko’rsatilgan tartib asosida to’shiriq bajarish.

1.Mashq.

Sovutish tizimining umumiy tuzilishi va ishlashini o’rgatadi.



Avmobil maketi, stend



O’quvchilar

Amalda mashq bajaradilar.



2.Mashq.

Suyuqlik bilan sovutish tizimining detallarini

o’rgatadi.


Stend,

suv nasosi, thermostat, radiator





O’quvchilar

Amalda mashq bajaradilar.



3.Mashq.

Moylash tizimining vazifasi va shaklini o’rgatadi.




Avmobil maketi, stend




O’quvchilar

Amalda mashq bajaradilar.



4.Mashq.

Moylash tizimining elеmеntlarini o’rgatadi.




Moy nasosi,

moy


filtiri,

moy nasosi





O’quvchilar

Amalda mashq bajaradilar.





«Tasdiqlayman»

Kasbiy ta’lim bo’yicha

direktor o’rinbosari:

_____________ Z.Ibragimov.



«____»_________2020 yil.





Guruhlar


1-20

2-20

3-20



















Dars o’tiladigan sana





























Mavzu (nomi) Dvigatelning sovutish tizimiga texnik xizmat ko'rsatish

O‘quv mashg‘ulotining o‘qitish texnologiyasi modeli

Vaqt: 80 daqiqa

Ta’lim oluvchilar soni 26 ta

O‘quv mashg‘uloti shakli va turi

Nazariy mashg’ulot.

O‘quv mashg‘uloti rejasi


1.Sovitish tizimidagi asosiy nosozliklar.

2.Texnik xizmat ko‘rsatish.

3.Suyuqlik bilan sovutiladigan tizimning tuzulishi





O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: Dvigatelning sovutish tizimiga texnik xizmat ko'rsatish to‘g‘risidagi bilim (ko‘nikma)larni shakllantirish (mustahkamlash).

O‘qitish natijasi

Ushbu mavzuni o‘zlashtirish natijasida o‘quvchida shakllanadigan asosiy bilim, ko‘nikma yoki kompetensiyalar.

Pedagogik vazifalar
1. Sovitish tizimidagi asosiy nosozliklar a’lumot berish.

2. Texnik xizmat ko‘rsatish bilan tanishtirish.

3. Suyuqlik bilan sovutiladigan tizimning tuzulishi haqida tushuncha berish.


O‘quv faoliyat natijalari;
1. Sovitish tizimidagi asosiy nosozliklar a’lumotga ega bo’ladi.

2. Texnik xizmat ko‘rsatish bilan tanishadi.

3. Suyuqlik bilan sovutiladigan tizimning tuzulishi

haqida tushunchaga ega bo’ladi








O‘qitish metodlari

Kichik axborotli/ ma’ruza/ hikoya/ tushuntirish/ ko‘rsatma berish/ namoyish. Ko‘rsatish/ video usul/ kitob bilan ishlash/ insert/ mashq/ suhbat/ baxs/ aqliy xujum ta’limiy o‘yin/ piibord va boshqalar (quyidagilardan maqsadga ko‘ra tanlab olinadi).

O‘qitish vositalari

Matnlar, yozuv taxtasi, slaydlar, proektor, kompyuter, diaproektor, flipchart, videofilm grafikli organizatorlar, model, mulyajlar, chizma, grafiklar, diagrammalar, namunalar, ekspert varag‘i, yo‘riqnoma, elektron yo‘riqnoma.

O‘quv faoliyatini tashkil etish shakli

jamoaviy, guruhli, juftlikda, yakka tartibda

O‘qitish sharoiti

Maxsus texnik vositalar bilan jihozlangan guruhlarda ishlashga mo‘ljallangan xona

Qayta aloqaning usul va vositalari

Tezkor-so‘rov, savol-javob, test, misol va mashqlar, bajarilgan o‘quv topshiriqlarni baholash

O‘quv mashgulotining texnologik xaritasi


Ish

bosqichlari va vaqti

Faoliyat mazmuni

O'qituvchi

Ta’lim oluvchi

1-Uquv mashg‘ulotiga kirish (5daq.)

Tashkiliy kism:

  1. O’quvchilar bilan salomlashadi.

  2. O‘quvchilarni mashg‘ulotga tayyorgarligi va davomatini tekshiradi



Mashg‘ulotga

tayyorlanadilar

2-bosqich.

Asosiy

(65daq.)

Tayanch bilimlarni faollashtirish:

  1. Uyga berilgan vazifani nazorat qiladi hamda o‘tilgan mavzu bo‘yicha o‘quvchilarga savollar beradi, ularni baholaydi.

Maqsad va vazifani belgilanishi:

  1. Mashg‘ulotning nomi, rejasi, maqsad va o‘qitish natijalar bilan tanishtiradi.

  2. Mustaqil ishlash uchun adabiyotlar bilan tanishtiradi;

  3. O‘quv mashg‘ulotida o‘quv ishlarni baholash mezoni va ko‘rsatkichlari bilan tanishtiradi.

Ta’lim oluvchilar bilimini faollashtirish:

  1. Tezkor - so‘rov, savol - javob, aqliy xujum, pinbord, “o‘ylang va juftlikda fikr almashing”, va boshqa texnikalar orqali bilimlarni faollashtiradi.

Yangi o‘quv material bayoni:

  1. Nazariy mashg‘ulotning rejasi va tuzilishiga muvofiq, o‘qitish jarayonini tashkil etish bo‘yicha harakatlar tartibini bayon etadi. Asosiy xolatlarni yozdiradi;

  2. Slaydlarni Power Point tartibida namoyish va sharhlash bilan mavzu bo‘yicha asosiy nazariy holatlarni bayon qiladi.

YAngi o‘quv materialini mustahkamlash:

  1. Mustahkamlash uchun savollar beradi. Jarayon kichik guruhlarda davom etishini ma’lum qiladi;

  2. Kichik guruhlarga bo‘ladi, kichik guruhda ishlash qoidasi bilan tanishtiradi har bir guruhga topshiriq beradi va baholash mezoni bilan tanishtiradi. Ishni bajarish yo‘riqnomasini beradi.

  3. Guruhlarda ishlarni boshlashga ruxsat beradi. Har bir kichik guruh ishtirokchisi vazifani bajarish tartibini tushunganligini aniqlash maqsadida qaytar aloqa o‘tkazadi.

Bajarish jarayonini kuzatadi, maslaxatlar beradi.

  1. Ishga ajratilgan vaqt tugaganini ma’lum qiladi, guruhlar taqdimotini tashkil etadi.

Guruh a’zolariga diqqat bilan eshitishlarini va savollar berishlarini, shu bilan birga o‘zaro bir-birlarini baholashlarini eslatadi. Javoblarni to‘ldiradi va qisqacha xulosalar qiladi;

12. Guruhlar ishini o‘zaro baholashni o‘tkazadi, mavzuning har bir qismi bo‘yicha xulosalar qiladi, eng asosiylariga e’tibor qaratadi, berilayotgan ma’lumotlarni daftarga qayd etishlarini eslatadi. Mavzuning kasbiy faoliyatlaridagi ahamiyati bilan bog‘lab mavzuni yakunlaydi.

Uy vazifasini taqdim etadilar. Savollarga javob beradilar.
Mavzu nomi va rejasini yozib oladilar.

Diqqat qiladilar.


Savollarga javob beradilar.

Yozib oladilar.
Diqqat qiladilar.

Savollarga javob beradilar.

Topshiriqni bajaradilar.

Kichik guruhlarga bo‘linadilar.

Kichik guruhda ishlash qoidasi bilan tanishadilar.

Xar bir guruh o‘z topshiriq varaklari bo‘yicha faoliyatini boshlaydi.

Har bir guruh sardorlari chiqib o‘z ishlarini taqdim qilishlarini aytadi. Berilgan qo‘shimcha savollarga javob beradilar.

Guruh ish natijalarini o‘zaro baholaydilar. Ma’lumotlarni daftarga qayd qiladilar.

3-bosqich Yakuniy (10 daq.)

Mashgulot yakuni:

  1. Faol ishtirok etgan o‘quvchilarni javoblarini izohlab baholaydi va ragbatlantiradi.

Uyga vazifani berilishi:

  1. Kelgusi mashgulotga vazifa va uni bajarish yuzasidan yo‘riqnoma beradi.

Baholari bilan tanishadilar.

Topshiriqni yozib oladilar.


.
1.Sovutish tizimi

Sovutish tizimining umumiy tuzilishi va ishlashi. Sovutish tizimining vazifasi dvigatеl dеtallaridagi ortiqcha issiqlikni majburan olish va uni tashqi muhitga chiqarib yuborishdan iborat. Natijada dvigatеl ortiqcha qizib, yoki sovub kеtmaydi, ya'ni ishchi sikl uchun kеrakli harorat saqlanadi. Dvigatеllarda issiqlik ikki usulda: suyuqlik (suyuqlik bilan sovutish tizimi), yoki havo (havo bilan sovutish tizimi) yordamida chiqarib yuboriladi. Bu tizimlar yonilg’i yonish vaqtida ajraladigan issiqlikning 25-35 foizini o`ziga oladi. Silindrlar bloki kallagidagi sovutish suyuqligining optimal harorati 80-100 gradus. Bu harorat dvigatеlning normal ishlashini ta'minlaydi, u dvigatеlning yuklanishi, yoki tashqi muhit harorati ta'sirida o’zgarmasligi kеrak. Dvigatelning sovutish tizimi tasvirlangan. Dvigatеl silindrlarida ish aralashma yonganda gazlar harorati 2500 gradusga etadi. Dvigatеl ishlash vaqtida o`rtacha harorat 800-900 gradusga tеng. Bu dеtallarning nihoyatda qizishi va kеngayishi, natijada ishqalanish kuchi ortib kеtishi, tеz еyilishi, porshеnlarni kеngayib silindrlarga tiqilib qolishi, klapanlar kallagining kuyishi, moyning kuyishi, vikladishlarning erishi va boshqa buzuqliklarni kеltirib chiqaradi. Buning oldini olish uchun dvigatеl sovutiladi. Dvigatеlning ortiqcha sovushi natijasida esa dvigatеl moyi quyuqlashadi, issiqlik enеrgiyasi bеkorga sarf bo’ladi, yonilg’i to`liq yonmaydi va bir qismi silindr dеvorlaridagi moyni yuvib kartеrga o`tadi, natijada dvigatеlning quvvati va samaradorligi kamayadi va dеtallari tеz еyiladi. Sovutish tizimining muqobil ishlashi dvigatеlning eng katta quvvatda ishlashini, yonilg’ini kam sarflanishini va dvigatеlni ta'mirsiz xizmat muddatini uzayishini ta'minlaydi. Aksariyat dvigatеllar suyuqlikning majburiy yopiq aylanish sovutish tizimiga ega. Bu tizim quyidagicha ishlaydi.

Sovutish tizimining prinsipial sxemasi.

1-radiator; 2-qopqoq; 3-ventilyator; 4-termostat; 5-sovutish tizimi nasosi; 6-kengayish baki; 7-silindrlar bloke kallagi; 8-isitgich shlangi; 9-isitgich ventilyatori; 10-isitgich radiator; 11-silindrlar bloki kallagining sovutish g’lofi.12-silindrlar blokining sovutish g’lofi. 13-porshen; 14-to’kish krani; 15-radiatorning pastki baki.

Dvigatеlni o`t oldirganda tеrmostat yopiq, o`tkazish klapani esa ochiq bo`ladi. Nasos tirsakli valdan rеmеn orqali harakat olib sovutish suyuqligini quvurdan silindrlar blogi va kallagi gilofiga yuboradi. Bunda suyuqlik qizigan yuzalardan ortiqcha issiqlikni oladi, o’zi qiziydi va o`tkazish klapani orqali yana nasos ga kеladi, ya'ni suyuqlik radiatorga bormay «kichik doirada» aylanadi, dvigatеl qizishi tеzlashadi. Dvigatеl qizishi jarayonida tеrmostatning tеrmokuch elеmеnti qiziy boshlaydi va thermostat klapanlarini o`ng tomonga siljitadi,tobora o’tkazish klapanini yopib, asosiy klapanni ocha boshlaydi. Bunda suyuqlik aylanishi oldingidеk «kichik doirada» va shu bilan birga radiator orqali «katta doirada» aylanadi. Dvigatеl to`liiq qizigandan so`ng va suyuqlik harorati 100 gradusga еtgach o’tkazish klapani to`liiq yopiladi, asosiy klapan ochiladi, suyuqlik faqat «katta doirada» aylanadi, dvigatеlning mutadil rеjimini saqlaydi. Dvigatеlning ishlash jarayonida suyuqlikning harorati va bosimi ta'sirida hajmini o`zgarishini kеngayish baki 6 kompеnsatsiyalaydi. Nasos dvigatеlning oldingi qismiga joylashganligi sababli dvigatеlning orqa silindrlariga ancha qizigan suyuqlik boradi, issiqlik almashinuvi yomonlashadi. Shuning uchun dvigatеllarda suyuqlik taqsimlash bo`ylanma quvuri orqali ko`p qiziydigan dеtallarga (klapanlar,yonish kamеrasi dеvorlari,yondirish svеchasi va boshqalar) bir vaqtda yuboriladi.

Dvigatеlning normal ishlashi uchun sovutish suyuqligining harorati dvigatеl bloki suv gilofiga kirishda 75-80 grad, chiqishda 85-100 grad bo’lishi kеrak. Dvigatеlning sovutish tizimining asosiy vazifasidan tashqari, undan еngil avtomobil va avtobus kuzovlarini yuk avtomobillarining kabinalarini isitish uchun foydalaniladi.

Suyuqlik bilan sovutish tizimining priborlari. Suyuqlik nasosi. Dvigatеlning sovutish tizimida sovutish suyuqligini majburiy aylantirshni markazdan qochma nasos bajaradi Nasos dvigatеlning old qismida joylashgan bo`lib harakatni tirsakli valning shkividan oladi, u parrakning korpusi va podshipniklar korpusidan iborat. Ular qistitma orqali biriktirilgan. Nasos vali moy tutish salnikli ikkita podshipnikda aylanadi. Old podshipnik tayanch halqa bilan mahkamlangan, orqa podshipnikni vtulka siljitmaydi.

Markazdan qochma nasos.

Plastmassa varrak valning orqa qismiga mеtall gubchak yordamida mahkamlanadi. Parrak aylanganda truba orqali uning markaziga suyuqlik bеradi, parraklar suyuqlikni korpus dеvorlariga uradi, u еrdan suyuqlik chiqarma orqali dvigatеlning gilofiga boradi. Korpusda joylashgan dеtallarning gеrmеtikligini tigizlovchi rеzina manjеta ta'minlaydi..

Vеntiloyator radiator orqali o’tayotgan havo oqimining tеzligini oshirish uchun xizmat qiladi. Dvigatеllarga o`rnatiladigan vеntilyatorlar 4,5 va 6 ta lopastli bo’lishi mumkin. Lopastlar po’latdan, yoki plastmassadan tayyorlanadi. Ventelyatorlar parragi yuritmasi mexanik, eletktrik, yoki gidravlik bo’lishi mumkin. gidravlik yuritmali ventilyator tasvirlangan. Gidravlik ventilyator suyuqlikning markazdan qochma kuchi ta’sirida ishlaydi. D idishga kirgan suyuqlik uni katta tezlik bilan aylantiradi, undan suyuqlik idishga urilib uni aylanishga majbur qiladi. Energiyasini yo’qatgan suyuqlik D idishga qaytadi va jarayon takrorlanadi. Nеksiya va Tiko avtomobillarida 5 ta lopastli vеntilyator qo’yilgan bo’lib,u elеktr dvigatеl yordamida harakatga kеladi. Sovutish suyuqligining harorati 90 S dan oshganda vеntilyator avtomatik tarzda kichik tеzlikda aylana boshlaydi, 105 S dan oshsa maksimal tеzlikka o’tadi. Tеrmostat sovuq dvigatеlni yurgizishda qizishni tеzlatish va uning bеlgilangan haroratini avtomatik tarzda ta'minlay turish uchun xizmat qiladi. Tеrmostatlar suyuq, yoki qattiq (Tiko, Damas,Nеksiya) to’ldirgichli bo’lishi mumkin. Suyuq to’ldirgichli tеrmostatlarga tеz buglanadigan suyuqlik ( 70% etil spirti va 30% suv aralashmasi) solinadi. Qattiq to’ldiruvchi sifatida katta kеngayadigan sеrizin (nеft mumi) va mis kukuni aralashmasi, yoki parafin donachalaridan (Damas) foydalaniladi.

5.5-rasm.Tеrmostatning ishlash shakli.

I-dvigateldan; II-suv nasosiga; III-radiatordan. 1-asosiy klapan; 2-yordamchi klapan.
Dvigatеlni o`t oldirganda tеrmostatning asosiy klapan yopiq , yordamchi klapani esa ochiq bo`ladi. Bunda suyuqlik qizigan yuzalardan ortiqcha issiqlikni oladi, uzi qiziydi va yordamchi klapani orqali yana nasosga kеladi, ya'ni suyuqlik radiatorga bormay «kichik doirada» aylanadi, dvigatеl qizishi tеzlashadi. Dvgatel qiziganda asosiy klapan ochiladi va yordamchi klapan yopiladi, suyuqlik radiator orqali, yani katta doirada aylanadi.

Radiator suyuqlikdagi issiqlikni naychalari orqali tashqi muhitning havo oqimiga tarqatib yuboradi. Radiator avtomobil ramasiga rеzina yostiqchalar orqali mahkamlangan. Radiator karkasi tirgak bakchaga kavsharlangan. Radiator o’ng va chap bakchalar va issiqlikni tarqatuvchi o’zaklardan iborat. O’zak orqali o’tuvchi havo miqdori jalyuz yordamida rostlanadi. Jalyuz qurilmasi sharnirli ensiz plastinalardan iborat bo`lib, uni ochish va yopish kabinadan richag orqali bajariladi. Radiatorning naycha-plastinali o’zaki uch-to’rt qatorli oval kеsimli latun naychalardan iborat bo`lib, ularga sovutish yuzasini ko`paytirish maqsadida ko’ndalang joylashgan plastinalar kavsharlangan.

Naycha - tasmali o’zak yassi latun naychalardan iborat bo`lib, ularning qatorlari orasiga kеng egri-bugri tasmalar joylashtirilgan. Tasmalar shakli havo yo`nalishini o`zgartiradi, natijada sovutish samaradorligi oshadi Radiator bug’ini tigin bilan gеrmеtik zichlangan. Sovutish tizimi atmosfеra bilan bug’ va havo klapanlari orqali bog’langan. Radiatordan bug’ chiqishi natijasida bosim 1-13 kPa gacha kamayib kеtsa havo klapani ochiladi va radiatorga havo kiradi. Bug` klapanlar kеngaytirish baki, yoki radiator tiginida bo’ladi. Bug` va havo klapanlari radiatorni ichki va tashqi bosimlar ta'sirida shikastlanishidan saqlaydi. Sovutish suyuqligini to’kish uchun radiator tagida va blokda to’kish kranlari o`rnatilgan. Suyuqlikni to’kishda radiator tig`ini ochiq bo’lishi kеrak. Sovutish tizimining sigimi MANda-35 L, Damasda- 4,L, Nеksiyada – 6,2 L .

Dvigatеli sovutish tizimiga CROWN-103 va suv aralashmasi, Nеksiyaga antifriz va suv aralashmasi quyiladi.

Havo bilan sovutish tizimi. Dvigatеlning zaruriy harorati havo oqimi yordamida ta'minlanadi Dvigatеl bloki silindrlari va kallagi qovurgali qilinadi, sovutish yuzasi ancha ko’paytiriladi. Vеntilyator va yo`naltiruvchi kojux dvigatеlning sovutish yuzalariga havo oqimini yuboradi.

Havo bilan sovutish tizimi suyuqlikka nisbatan quyidagi afzalliklarga ega: suyuqligi yo`qligi sababli ekspluatatsiyada sodda va ungay, nasos, radiator va tigizlovchi elеmеntlar yo`q, dvigatеl massasi kichik, tеz qiziydi, muhut harorati kam ta'sir ko`rsatadi. Kamchiligi; vеntilyatorga katta quvvat sarflanadi, shovqin yuqori, ba'zi dеtallarda harorat yuqoriligi dvigatеlning ortiqcha qizishiga sabab bo`lishi mumkin.

Sovitish tizimi dvigatelning optimal issiqlik rejimini saqlab turish uchun zarur bo'lib, lozim darajadagi issiqlik miqdori esa qizib ketgan detallardan chiqqan harorat hisobiga saqlanib turiladi.

Issiqlik belgilangan haroratda ushlab turilmasa dvigatel qizib ketadi, natijada uning quwati kamayib, yonilg'i sarfi ortadi. Bulardan tashqari,karburatorli dvigatellarda portlab yonish (detonat-siya) yuzaga kelishi mum­kin. O'ta qizish oqibatida podshipnik ichqo'ymala-rining sidirilishi va erib ke-tishi, tirsakli val bo'yinlari sirtlarining buzilishi, por-shenning tiqilib qolishi va boshqa hodisalar ro'y beri-shi mumkin. Ikkinchi to-mondan, dvigatelni sovib ketishi ham yaxshi emas, chunki buning oqibatida uning yonilg'i tejamkorligi yomonlashadi hamda xiz-mat muddati sezilarli dara-jada qisqaradi.Avtomobil dvigatella-rida asosan suyuqlik bilan, ba'zan esa havo bilan ish-laydigan sovitish tizimi qo'llaniladi. Suyuqlik bilan sovitiladigan tizimlarda detallardagi issiqlik avval suyuqlikka beriladi va undan tashqi muhitga (havoga) tarqati­ladi. Dvigatel ishlayotgan paytda suyuqlik harorati. bo'ladi.Sovitish suyuqligi silindrlar bloki va uning kallagi bilan hosil bo'lgan qo'shaloq devorlar oralig'idagi bo'shliqda aylanadi. Tirsakli valdan tasma orqali harakat oluvchi nasos suyuqlikning aylanishini ta'minlaydi. Sovitish suyuqligining aylanish jadalligi termostat yoki sovitish shamolparragini uzish va ulash orqali rostlanadi. Issiqlik sovitish suyuqligidan atrof-muhitga radiator orqali tarqatiladi.Aylanayotgan suyuqlik oqimini, ba'zan, maxsus suv taqsimlovchi quvur yoki teshiklari bo'lgan bo'ylama kanal vositasida, ko'p qiziydigan detallar, ya'ni chiqarish kanallari, yonish kamerasi devorlari va yondirish svechalariga birinchi navbatda yo'naltiriladi.Zamonaviy dvigatellarda qo'llaniladigan sovitish tizimi yopiq holda amalga oshiriladi, ya'ni u atmosfera bilan faqat radiatorning yoki kengayish idishining qopqog'i orqali bog'lanadi. Bunday yopiq tizimda sovitish suyuqligining qaynash harorati yuqori bo'ladi, suyuqlik kamdan-kam holatlarda qaynaydi va kam bug'lanadi.Sovitish tizimidan, shuningdek, pnevmatik tormoz tizimining kompressorini sovitish hamda haydovchi kabinasini yoki yengil avtomobil salonini isitish uchun ham foydalaniladi.

Suyuqlik bilan sovitiladigan tizim yaxshi rostlanadi va detallarni deyarli bir xilda sovitadi, shovqinsiz ishlaydi, nasos va shamolparrak yuritmalari uchun quvvatni nisbatan kam oladi. Ammo bu tizim havo bilan sovitiladigan tizimga nisbatan qimmat turadi, shuningdek, foydalanishda uning zaiflik tomonlari ko'proq.Sovitish suyuqligi sifatida suvdan yoki antifrizlardan (etilenglikolning suvli critmalari) foydalaniladi. "Тосол-А40" va "Тосол-А65" antifriz-larining muzlash harorati -40 va -65°C ni tashkil etadi.



Havo bilan sovitiladigan tizimning o'ziga xos hususiyati, issiqlikni atmosferaga bevosita uzatilishidir Sovitishning kerakli jadalligiga sovitish qavariqlari shamolparrak va deflcktor havo oqimini o'zgartiruvchi qurilma yordamida erishiladi. Sovituvchi havo sarfini rostlab turish mumkin. Tizim - tuzilishi va undan foyda-lanish jihatidan ancha sodda, dvigatel yurgazilgan paytda uni tez isishini ta'minlaydi, og'irligi katta emas. Havo bilan sovitish tizimining kamchi-liklariga shamolparrak yuritmasiga sarf etiladigan quvvatning yuqori-Hgini, ishlaganda shovqin chiqarishini, silindr balandligi bo'yicha issiq­likni bir xilda olib ketilmasligini kiritish mumkin.

КамАЗ dizelining suyuqlik bilan sovitiladigan tizimining shakli ko'rsatilgan. Tizimda "Тосол" sovitish suyuqligidan

Kengayish idishining quyish bo'g'zi tizimni sovitish suyuqligi bilan to'ldirish uchun mo'ljallangan. Suyuqlik tizimdan to'kish jo'mragi orqali hamda radiatorning pastki qisqa quvuri jo'mragidan to'kiladi. Bu qisqa quvurga kabinani isitish quvuri, shuningdek, yurgazisholdi isitkichining nasosli agregati va qozon quvurlari ulanadi.Markazdan qochma turiga mansub bo'lgan suyuqlik nasosi sovitish tizimidagi suyuqlikning aylanishini ta'min-laydi. КамАЗ, "Жигули", ГАЗ- 24 "Волга" va АЗЛК-2140 avtomobilla-rining sovitish tizimiga, sovitish suyuqligi "Тосол"т isishi (dvigatel ishlaganda) va sovishi (dvigatel to'xtagandan so'ng) tufayli hajmining o'zgarishini kompensatsiyalash uchun mo'ljallangan kengayish idishi o'rnatiladi.КамАЗ-740 dizeli tizimidagi kengayish idishida "Тосол" sovitish suyuqligi sathini nazorat qiluvchi kran mavjud. Idish qopqog'i kiritish va chiqarish klapanlariga ega.

Yuqorigi bakchaning quyish bo'g'zi radiator qopqog'i bilan berkitiladi . Qopqoqqa chiqarish (bug' chiqarish) va o'tkazish klapanlari o'rnatilgan. Sovitish suyuqligi harorati o'zgarishi bilan (demak, hajmi ham o'zgaradi), u bemalol klapan (2) orqali radiatordan kengayish idishiga o'ta oladi yoki aksincha. Agar suyuqlikning harorati 100°C dan ortib ketsa, o'tkazuvchi klapan bug'lar bosimi hisobiga yopiladi. Ammo tizimdagi bosim 0,05 MPadan ortgandan so'ng, chiqarish klapani ochiladi-da, qaynagan suyuqlikning bug'lari kengayish idishi tomon yo'naladi va o'sha yerda ular kondensatsiyalanadi (bug'dan suvga aylanadi). Shamolparrak atmosfera havosini radiator o'zagi orqali so'rib, radiatorni puflanishini ta'minlaydi. Shamolparrak qanotlari yassi (listli) po'latdan yoki plastmassadan tayyorlanadi va shamolparrak yuritmasiga sarflanadigan quvvatni kamaytirish uchun ularga maxsus shakl beriladi. Shamolparrak yuritmasi tirsakli valdan ponasimon tasmali uzatma vositasida harakat oladi. Shamolparrak yuritmasiga sarflanadigan quvvatni kamaytirish va sovitish tizimining ishlashini yaxshilash maqsadida, uzib-ulanadigan avtomat yuritmali shamolparraklar qo'Haniladi. КамАЗ-740 dvigatelining shamolparragi yupitmasiga gidromufta qo'yilgan bo'lib, u aylanma harakatni tirsakli valdan shamolparrakka ravon uzatilishini ta'minlaydi. Gidromufta avtomatik tarzda ulanadi: sovitish tarmog'idagi suyuqlikning harorati ko'tarilishi bilan ulagich ballonida joylashgan faol massa suyuqlanadi va uning hajmi ortadi, natijada zolotnik siljib, moylash tizimidan gidromuftaga moy o'tishi uchun yo'l ochiladi. Parrakning aylanish chastotasi gidromuftaga o4ayotgan moy miqdoriga bog'liq bo'ladi. Moy yuborish to'xtatilishi bilan parrakning ham harakati to'xtaydi.ВАЗ dvigatellarining ayrim modellariga, yuritmasida maxsus elektr dvigatel bo'lgan shamolparrak o'rnatiladi. Bu shamol-parrak sovitish suyuqligining harorati 75 - 85°C ga yetganda avtomatik tarzda ulanadi, suyuqlikning bundan past haroratida esa u ishlamaydi.Sovitish suyuqligining harorati pasayganda va unga mos ravishda qattiq to'ldirgichning hajmi kichrayganda, prujina klapanlarni ko'rsatilgan holatga qaytishini ta'minlaydi.Peshtokchadagi (asboblar shchiti) daraklash chiroqlari va ko'rsatkichlar sovitish suyuqligining haroratini nazorat etish uchun xizmat qiladi. Nazorat-o'lchov asboblarining datchiklari silindrlar kallagiga, radiatorning yuqorigi bakchasiga va kirish quvur yo'lining sovitish g'ilofiga joylashtiriladi.Yurgazisholdi isitkichi past haroratlarda dvigatelni yurgazib yuborishni yengillashtirish uchun xizmat qiladi hamda detallarning yeyilishini sezilarli darajada kamayishiga (ayniqsa, porshen va silindrlarni) yordam beradi.



КамАЗ dizeli uchun М-8Г,к(М-8ГГг) va M-10 Г2к (M-10 Гфл) moylari ishlatiladi. Yuk avtomobillarining karburatorli dvigatellarida M-10 B, moylari, yengil avtomobillarda esa M - 6z/10 Г, yoki ularning o'rnini bosadigan moylar ishlatilishi kerak.Moylar rusumidagi M harfi motor moyini, harfdan keyingi raqamlar 100°C dagi moyning santistoksda (sSt) ifodalangan kinematik qovushqoqlik turini, В va Г - foydalanish (ekspluatatsiya) xossalari bo'yicha guruhini, indekslardagi 1 va 2 —mos ravishda karburator va dizel dvigatellari moyi ekanligini bildiradi. М-63/10Г, rusumli moydagi "3" harfi moy tarkibida

Sovitish tizimi dvigatelning optimal issiqlik rejimini saqlab turish uchun zarur bo‘lib, lozim darajadagi issiqlik miqdori esa qizib ketgan detallardan chiqqan harorat hisobiga saqlanib turiladi.Issiqlik belgilangan haroratda ushlab turilmasa dvigatel qizib ketadi, natijada uning quvvati kamayib, yonilgl sarfi ortadi. Bulardan tashqari,karburatorli dvigatellarda portlab yonish (detonat- siya) yuzaga kelishi mumkin. 0‘tqaizish oqibatida podshipnik ichqo‘ymala-rining sidirilishi va erib ketishi, tirsakli val bo‘yinlari sirtlarining buzilishi, por- shenning tiqilib qolishi va boshqa hodisalar ro‘y berishi mumkin. Ikkinchi tomondan, dvigatelni sovib ketishi ham yaxshi emas, chunki buning oqibatida uning yonilg‘i tejamkorligi yomonlashadi hamda xizmat muddati sezilarli darajada qisqaradi.Avtomobil dvigatellarida asosan suyuqlik bilan, ba’zan esa havo bilan ish- laydigan sovitish tizimi qo‘llaniladi. Suyuqlik bilan sovitiladigan tizimlarda (4.1-chizma, a) detallardagi issiqlik avval suyuqlikka beriladi va undan tashqi muhitga (havoga) tarqatiladi. Dvigatel ishlayotgan paytda suyuqlik harorati 85 - 100°C boladi.





Sovitish suyuqligi silindrlar bloki va uning kallagi bilan hosil bolgan qo‘shaloq devorlar oralig‘idagi bo‘shliqda aylanadi. Tirsakli valdan tasma orqali harakat oluvchi nasos (7) suyuqlikning aylanishini ta’minlaydi.Sovitish suyuqligining aylanish jadalligi termostat (5) yoki sovitish shamolparragini uzish va ulash orqali rostlanadi. Issiqlik sovitish suyuqligidan atrof-muhitga radiator (1) orqali tarqatiladi.Aylanayotgan suyuqlik oqimini, ba’zan, maxsus suv taqsimlovchi quvur yoki teshiklari bolgan bo’ylama kanal vositasida, ko‘p qiziydigan detallar, ya’ni chiqarish kanallari, yonish kamerasi devorlari va yondirish svechalariga birinchi navbatda yo‘naltiriladi.Zamonaviy dvigatellarda qo'llaniladigan sovitish tizimi yopiq holda amalga oshiriladi, ya’ni u atmosfera bilan faqat radiatorning yoki kengayish idishining qopqog’i orqali bog’lanadi. Bunday yopiq tizimda sovitish suyuqligining qaynash harorati yuqori bo’ladi, suyuqlik kamdan-kam holatlarda qaynaydi va kam bug’lanadi.Sovitish tizimidan, shuningdek, pnevmatik tormoz tizimining kompressorini sovitish hamda haydovchi kabinasini yoki yengilavtomobil salonini isitish uchun ham foydalaniladi.Suyuqlik bilan sovitiladigan tizim yaxshi rostlanadi va detallarni deyarli bir xilda sovitadi, shovqinsiz ishlaydi, nasos va shamolparrak yuritmalari uchun quvvatni nisbatan kam oladi. Ammo bu tizim havo bilan sovitiladigan tizimga nisbatan qimmat turadi, shuningdek, foydalanishda uning zaiflik tomonlari ko’proq.Sovitish suyuqligi sifatida suvdan yoki antifrizlardan (etilenglikolning suvli eritmalari) foydalaniladi. “Тосол-А40” va “Тосол-А65” antifrizlarining muzlash harorati -40 va -65°C ni tashkil etadi.Havo bilan sovitiladigan tizimning o’ziga xos hususiyati, issiqlikni atmosferaga bevosita uzatilishidir (4.1-chizma, b). Sovitishning kerakli jadalligiga sovitish qavariqlari (10), shamolparrak (2) va deflektor (9) (havo oqimini o’zgartiruvchi qurilma) yordamida erishiladi. Sovituvchi havo sarfini rostlab turish mumkin. Tizim - tuzilishi va undan foydalanish jihatidan ancha sodda, dvigatel yurgazilgan paytda uni tez isishini ta’minlaydi, og’irligi katta emas. Havo bilan sovitish tizimining kamchi- liklariga shamolparrak yuritmasiga sarf etiladigan quvvatning yuqoriligini, ishlaganda shovqin chiqarishini, silindr balandligi bo’yicha issiqlikni bir xilda olib ketilmasligini kiritish mumkin.4.2-chizmada КамАЗ dizelining suyuqlik bilan sovitiladigan tizimining shakli ko'rsatilgan. Tizimda “Тосол” sovitish suyuqligidanfoydalaniladi. Markazdagi so‘rish nasosi (8) sovitish suyuqligini radia- tordan (A strelka) yoki o‘tkazuvchi quvurdan (7) so'rib olib, quvur (12) orqali silindrlarning sovitish g‘ilofiga haydaydi.

Suyuqlik silindr gilzalarini sovitgandan so‘ng silindrlar kallagining (14) gMlofiga o‘tadi, u yerdan (4 va 6) quvurlar orqali termostatlar qutisiga (16) boradi. Ter- mostatlar qutisidan suyuqlik haroratiga qarab, radiatorga (dvigatelning moladil harorat rejimi) yoki nasosning (8) kirish tomoniga (dvigatelniisitish rejimi) yo‘naladi. Dvigatelning mo‘tadil harorat rejimi avtomatik tarzda, termostatlar va shamolparrak yuritmasi gidromuftasining ulagichlari orqali ta’minlanadi.Kengayish idishining (20) quyish bo‘g‘zi tizimni sovitish suyuqligi bilan to‘ldirish uchun mo‘ljallangan. Suyuqlik tizimdan to‘kish jo‘mragi(11) orqali hamda radiatorning pastki qisqa quvuri jo‘mragidan to‘kiladi. Bu qisqa quvurga kabinani isitish quvuri, shuningdek, yurgazisholdi isitkichining nasosli agregati va qozon quvurlari ulanadi.

Moylash tizimi - moy nasosi, radiator va moy tozalash filtrlaridan (5.3-mavzuga qarang) iborat bo‘lib, dvigateldagi ishqalanuvchi detallarni moylashni va ularni qisman sovitishni ta’minlaydi.Tirsakli valning o‘zak va shatun podshipniklari juda og‘ir sharoitlarda ishlaydi. Shuning uchun moyni shunday miqdorda berish kerakki, u nafaqat podshipniklami moylashi, balki ishqalanish natijasida ajralgan barcha issiqlikni ham olib ketishi kerak.Masalan, tirsakli val bo‘yinlariga moyning yetarli miqdorda bo'lmasligi - podshipnikning ishqalanishi natijasida hatto chidamli qotishmala- rining erib ketishiga olib keladi.Ortiqcha moylash ham yaxshi emas, masalan, yonish kamerasiga moyning tushishi qurum hosil bo‘lishiga va dvigatelning qizib ketishiga sabab bo‘ladi.

Dvigatel moyi - uglevodlar va turli xil qo‘shilmalardan (8 - 14%) iborat bo‘lgan murakkab aralashma. Qo‘shilmalar ishqalanuvchi detallarning yeyilishini kamaytiradi (yeyilishga qarshi), metallarning korroziyasini ozaytiradi (korroziyaga qarshi) hamda ko‘pik hosil bo‘lishiga (ko‘pikka qarshi) va yuqori solishtirma yuklanishda ishlaydigan ishqalanuvchi yuzalarning tirnalishiga yo‘l qo‘ymaydi.КамАЗ dizeli uchun М-8Г\к(М-8ГГ2) va М-10 Г2к (М-10 Гфл) moylari ishlatiladi. Yuk avtomobillarining karburatorli dvigatellarida M-10 B, moylari, yengil avtomobillarda esa M - 6/10 Г, yoki ularning o‘rnini bosadigan moylar ishlatilishi kerak.Moylar rusumidagi M harfi motor moyini, harfdan keyingi raqamlar 100°C dagi moyning santistoksda (sSt) ifodalangan kinematik qovushqoqlik turini, В va Г - foydalanish (ekspluatatsiya) xossalari bo‘yicha guruhini, indekslardagi 1 va 2 —mos ravishda karburator va dizel dvigatellari moyi ekanligini bildiradi. М-6/10Г, rusumli moydagi “з” harfi moy tarkibida quyultiruvchi qo‘shilmalar borligini ko‘rsatadi.

Zamonaviy avtomobil dvigatellari uchun murakkab (kombinatsiya- lashgan) moylashtizimi qo‘llaniladi: katta yuklanish bilan ishlayotgan detallarga moy bosim ostida, boshqalarga sachratish yoki o‘z oqimi bilan yuboriladi. Tirsakli val va aylanayotgan boshqa detallar vositasida moy sachratiladi. Bunda dvigatel karterining bo‘shlig‘i moyning mayda tomchilari bilan to‘ladi. Bu mayda moy tomchilari detallarga o‘tiradi, so‘ng ishqalanuvchi sirtlar orasidagi tirqishlarga oqib kiradi.КамАЗ dizelida (5.1-chizma) moy poddondan (6) moy nasosining moy qabul qiluvchi qismi orqali nasos seksiyalariga (10-11) suriladi. Moy seksiyadan (11) silindrlar blokining o‘ng devoridagi kanal orqali filtrga(13) va u yerdan asosiy moy magistraliga (14) yuboriladi. Asosiy magistraldan (14) moy bosim ostida silindrlar bloki va kallagidagi kanallar orqali tirsakli valning o‘zak podshipniklariga, taqsimlash valining podshipniklariga, koromislo vtulkalariga, turtkich shtanga- larining yuqori uchiga, yuqori bosimli yonilg‘i nasosiga (2) va kompressorga (1) kirib keladi.Shatun podshipniklariga moy tirsakli val ichidagi tuynuklar orqali o‘ziga yaqin joylashgan o‘zak bo‘yinlaridan yetkaziladi. Gaztaqsimlash mexanizmi shtangalari va turtkichlarining sferasimon tayanchlari pulsatsiyalanadigan oqim bilan, qolgan detallar esa sachratib yoki moyning o‘z oqimi bilan moylanadi.Moy sidiruvchi halqa vositasida silindr devorlaridan sidirilgan moy, halqa ostidagi teshiklardan porshen ichiga tushib, bo‘rtiqli tuynuklardagi va shatun kallagidagi porshen barmoqlari tayanchlarini moy- laydi.Asosiy magistraldan moy bosim ostida termokuchli datchikka (4) va kran (3) ochiq holatida gidromuftaga (5) jo‘natiladi.

Nasosning radiator seksiyasidan (10) moy markazdan qochma usulda tozalash filtriga (19) va ochiq turgan kran (18) orqali radiatorga (8) hamda undan poddonga (6)



yuboriladi. Agar kran (18) yopiq bo‘lsa, u holda filtrdan (19) o‘tgan moy klapan (16) orqali poddonga quyiladi.




Download 31,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish