Moylash tizimining elеmеntlari. Moy nasoslarining vazifasi tizimda moy bosimini hosil qilish, moy tozalash priborlariga va ishqalanadigan yuzalarga moyni bosim ostida yuborishdan iborat. Moy nasoslarining turlari ko`rsatilgan. Ichki ilashgan shesternyali moy nasoslari mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan engil avtomobillarda qo’lanilmoqda. Bu turdagi moy nasoslari bevosita dvigatelning tirsakli valiga o’rnaniladi. Nasos shesternyalari tishlar soni har xil bo’lib, ular eksentrik joylashganligi uchun, keng joyida moyni qabul qilib olib, toraygan joyida moyni bosim bilan tizimga haydaydi. Moy nasosining tuzilishi 6.4-rasmda ko’rsatilgan.
Moy nasosining tuzilishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |