Kasb hunar maktabi "tasdiqlayman"


Havo bilan sovutish tizimi



Download 31,74 Mb.
bet74/89
Sana25.01.2022
Hajmi31,74 Mb.
#410097
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   89
Bog'liq
Dniyarov Ulugbek

Havo bilan sovutish tizimi. Dvigatеlning zaruriy harorati havo oqimi yordamida ta'minlanadi Dvigatеl bloki silindrlari va kallagi qovurgali qilinadi, sovutish yuzasi ancha ko’paytiriladi. Vеntilyator va yo`naltiruvchi kojux dvigatеlning sovutish yuzalariga havo oqimini yuboradi.

Havo bilan sovutish tizimi suyuqlikka nisbatan quyidagi afzalliklarga ega: suyuqligi yo`qligi sababli ekspluatatsiyada sodda va ungay, nasos, radiator va tigizlovchi elеmеntlar yo`q, dvigatеl massasi kichik, tеz qiziydi, muhut harorati kam ta'sir ko`rsatadi. Kamchiligi; vеntilyatorga katta quvvat sarflanadi, shovqin yuqori, ba'zi dеtallarda harorat yuqoriligi dvigatеlning ortiqcha qizishiga sabab bo`lishi mumkin.

Sovitish tizimi dvigatelning optimal issiqlik rejimini saqlab turish uchun zarur bo'lib, lozim darajadagi issiqlik miqdori esa qizib ketgan detallardan chiqqan harorat hisobiga saqlanib turiladi.

Issiqlik belgilangan haroratda ushlab turilmasa dvigatel qizib ketadi, natijada uning quwati kamayib, yonilg'i sarfi ortadi. Bulardan tashqari,karburatorli dvigatellarda portlab yonish (detonat-siya) yuzaga kelishi mum­kin. O'ta qizish oqibatida podshipnik ichqo'ymala-rining sidirilishi va erib ke-tishi, tirsakli val bo'yinlari sirtlarining buzilishi, por-shenning tiqilib qolishi va boshqa hodisalar ro'y beri-shi mumkin. Ikkinchi to-mondan, dvigatelni sovib ketishi ham yaxshi emas, chunki buning oqibatida uning yonilg'i tejamkorligi yomonlashadi hamda xiz-mat muddati sezilarli dara-jada qisqaradi.Avtomobil dvigatella-rida asosan suyuqlik bilan, ba'zan esa havo bilan ish-laydigan sovitish tizimi qo'llaniladi. Suyuqlik bilan sovitiladigan tizimlarda detallardagi issiqlik avval suyuqlikka beriladi va undan tashqi muhitga (havoga) tarqati­ladi. Dvigatel ishlayotgan paytda suyuqlik harorati. bo'ladi.Sovitish suyuqligi silindrlar bloki va uning kallagi bilan hosil bo'lgan qo'shaloq devorlar oralig'idagi bo'shliqda aylanadi. Tirsakli valdan tasma orqali harakat oluvchi nasos suyuqlikning aylanishini ta'minlaydi. Sovitish suyuqligining aylanish jadalligi termostat yoki sovitish shamolparragini uzish va ulash orqali rostlanadi. Issiqlik sovitish suyuqligidan atrof-muhitga radiator orqali tarqatiladi.Aylanayotgan suyuqlik oqimini, ba'zan, maxsus suv taqsimlovchi quvur yoki teshiklari bo'lgan bo'ylama kanal vositasida, ko'p qiziydigan detallar, ya'ni chiqarish kanallari, yonish kamerasi devorlari va yondirish svechalariga birinchi navbatda yo'naltiriladi.Zamonaviy dvigatellarda qo'llaniladigan sovitish tizimi yopiq holda amalga oshiriladi, ya'ni u atmosfera bilan faqat radiatorning yoki kengayish idishining qopqog'i orqali bog'lanadi. Bunday yopiq tizimda sovitish suyuqligining qaynash harorati yuqori bo'ladi, suyuqlik kamdan-kam holatlarda qaynaydi va kam bug'lanadi.Sovitish tizimidan, shuningdek, pnevmatik tormoz tizimining kompressorini sovitish hamda haydovchi kabinasini yoki yengil avtomobil salonini isitish uchun ham foydalaniladi.

Suyuqlik bilan sovitiladigan tizim yaxshi rostlanadi va detallarni deyarli bir xilda sovitadi, shovqinsiz ishlaydi, nasos va shamolparrak yuritmalari uchun quvvatni nisbatan kam oladi. Ammo bu tizim havo bilan sovitiladigan tizimga nisbatan qimmat turadi, shuningdek, foydalanishda uning zaiflik tomonlari ko'proq.Sovitish suyuqligi sifatida suvdan yoki antifrizlardan (etilenglikolning suvli critmalari) foydalaniladi. "Тосол-А40" va "Тосол-А65" antifriz-larining muzlash harorati -40 va -65°C ni tashkil etadi.



Havo bilan sovitiladigan tizimning o'ziga xos hususiyati, issiqlikni atmosferaga bevosita uzatilishidir Sovitishning kerakli jadalligiga sovitish qavariqlari shamolparrak va deflcktor havo oqimini o'zgartiruvchi qurilma yordamida erishiladi. Sovituvchi havo sarfini rostlab turish mumkin. Tizim - tuzilishi va undan foyda-lanish jihatidan ancha sodda, dvigatel yurgazilgan paytda uni tez isishini ta'minlaydi, og'irligi katta emas. Havo bilan sovitish tizimining kamchi-liklariga shamolparrak yuritmasiga sarf etiladigan quvvatning yuqori-Hgini, ishlaganda shovqin chiqarishini, silindr balandligi bo'yicha issiq­likni bir xilda olib ketilmasligini kiritish mumkin.

КамАЗ dizelining suyuqlik bilan sovitiladigan tizimining shakli ko'rsatilgan. Tizimda "Тосол" sovitish suyuqligidan

Kengayish idishining quyish bo'g'zi tizimni sovitish suyuqligi bilan to'ldirish uchun mo'ljallangan. Suyuqlik tizimdan to'kish jo'mragi orqali hamda radiatorning pastki qisqa quvuri jo'mragidan to'kiladi. Bu qisqa quvurga kabinani isitish quvuri, shuningdek, yurgazisholdi isitkichining nasosli agregati va qozon quvurlari ulanadi.Markazdan qochma turiga mansub bo'lgan suyuqlik nasosi sovitish tizimidagi suyuqlikning aylanishini ta'min-laydi. КамАЗ, "Жигули", ГАЗ- 24 "Волга" va АЗЛК-2140 avtomobilla-rining sovitish tizimiga, sovitish suyuqligi "Тосол"т isishi (dvigatel ishlaganda) va sovishi (dvigatel to'xtagandan so'ng) tufayli hajmining o'zgarishini kompensatsiyalash uchun mo'ljallangan kengayish idishi o'rnatiladi.КамАЗ-740 dizeli tizimidagi kengayish idishida "Тосол" sovitish suyuqligi sathini nazorat qiluvchi kran mavjud. Idish qopqog'i kiritish va chiqarish klapanlariga ega.

Yuqorigi bakchaning quyish bo'g'zi radiator qopqog'i bilan berkitiladi . Qopqoqqa chiqarish (bug' chiqarish) va o'tkazish klapanlari o'rnatilgan. Sovitish suyuqligi harorati o'zgarishi bilan (demak, hajmi ham o'zgaradi), u bemalol klapan (2) orqali radiatordan kengayish idishiga o'ta oladi yoki aksincha. Agar suyuqlikning harorati 100°C dan ortib ketsa, o'tkazuvchi klapan bug'lar bosimi hisobiga yopiladi. Ammo tizimdagi bosim 0,05 MPadan ortgandan so'ng, chiqarish klapani ochiladi-da, qaynagan suyuqlikning bug'lari kengayish idishi tomon yo'naladi va o'sha yerda ular kondensatsiyalanadi (bug'dan suvga aylanadi). Shamolparrak atmosfera havosini radiator o'zagi orqali so'rib, radiatorni puflanishini ta'minlaydi. Shamolparrak qanotlari yassi (listli) po'latdan yoki plastmassadan tayyorlanadi va shamolparrak yuritmasiga sarflanadigan quvvatni kamaytirish uchun ularga maxsus shakl beriladi. Shamolparrak yuritmasi tirsakli valdan ponasimon tasmali uzatma vositasida harakat oladi. Shamolparrak yuritmasiga sarflanadigan quvvatni kamaytirish va sovitish tizimining ishlashini yaxshilash maqsadida, uzib-ulanadigan avtomat yuritmali shamolparraklar qo'Haniladi. КамАЗ-740 dvigatelining shamolparragi yupitmasiga gidromufta qo'yilgan bo'lib, u aylanma harakatni tirsakli valdan shamolparrakka ravon uzatilishini ta'minlaydi. Gidromufta avtomatik tarzda ulanadi: sovitish tarmog'idagi suyuqlikning harorati ko'tarilishi bilan ulagich ballonida joylashgan faol massa suyuqlanadi va uning hajmi ortadi, natijada zolotnik siljib, moylash tizimidan gidromuftaga moy o'tishi uchun yo'l ochiladi. Parrakning aylanish chastotasi gidromuftaga o4ayotgan moy miqdoriga bog'liq bo'ladi. Moy yuborish to'xtatilishi bilan parrakning ham harakati to'xtaydi.ВАЗ dvigatellarining ayrim modellariga, yuritmasida maxsus elektr dvigatel bo'lgan shamolparrak o'rnatiladi. Bu shamol-parrak sovitish suyuqligining harorati 75 - 85°C ga yetganda avtomatik tarzda ulanadi, suyuqlikning bundan past haroratida esa u ishlamaydi.Sovitish suyuqligining harorati pasayganda va unga mos ravishda qattiq to'ldirgichning hajmi kichrayganda, prujina klapanlarni ko'rsatilgan holatga qaytishini ta'minlaydi.Peshtokchadagi (asboblar shchiti) daraklash chiroqlari va ko'rsatkichlar sovitish suyuqligining haroratini nazorat etish uchun xizmat qiladi. Nazorat-o'lchov asboblarining datchiklari silindrlar kallagiga, radiatorning yuqorigi bakchasiga va kirish quvur yo'lining sovitish g'ilofiga joylashtiriladi.Yurgazisholdi isitkichi past haroratlarda dvigatelni yurgazib yuborishni yengillashtirish uchun xizmat qiladi hamda detallarning yeyilishini sezilarli darajada kamayishiga (ayniqsa, porshen va silindrlarni) yordam beradi.



КамАЗ dizeli uchun М-8Г,к(М-8ГГг) va M-10 Г2к (M-10 Гфл) moylari ishlatiladi. Yuk avtomobillarining karburatorli dvigatellarida M-10 B, moylari, yengil avtomobillarda esa M - 6z/10 Г, yoki ularning o'rnini bosadigan moylar ishlatilishi kerak.Moylar rusumidagi M harfi motor moyini, harfdan keyingi raqamlar 100°C dagi moyning santistoksda (sSt) ifodalangan kinematik qovushqoqlik turini, В va Г - foydalanish (ekspluatatsiya) xossalari bo'yicha guruhini, indekslardagi 1 va 2 —mos ravishda karburator va dizel dvigatellari moyi ekanligini bildiradi. М-63/10Г, rusumli moydagi "3" harfi moy tarkibida

Download 31,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish