Yuqori bosimli yonilg’I nasosi past va yuqori bosimli qismlar oralig’ida o’rnatilgan bo’lib avtomobilning butun xizmat muddati davomida yonilg’I tizimida doimo yuqori bosim hosil qilish uchun xizmat qiladi. Nasos mushtchali val rolik prujina plunjer va klapanlardan iborat.Nasos oddiy nasos o’rnatiladigan joyga o’rnatiladi, mushtchali vali harakatni tirsakli valdan oladi.Nasosning detallari uzatilayotgan dizel yonilg’isi bilan moylanadi. YBYN ichida yonilg’I bir-biriga nisbatan 120 gradus burchak ostida joylashgan uchta plunjer yordamida siqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |