Kasb hunar maktabi "tasdiqlayman"



Download 31,74 Mb.
bet47/89
Sana25.01.2022
Hajmi31,74 Mb.
#410097
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   89
Bog'liq
Dniyarov Ulugbek

Mashgulot yakuni:

  1. Faol ishtirok etgan o‘quvchilarni javoblarini izohlab baholaydi va ragbatlantiradi.

Uyga vazifani berilishi:

  1. Kelgusi mashgulotga vazifa va uni bajarish yuzasidan yo‘riqnoma beradi.

Baholari bilan tanishadilar.

Topshiriqni yozib oladilar.

Mavzu: Dvigatellarni tashxislash va texnik xizmat ko'rsatish.
Quvvat sezilarli kamayganda, yonilg'i va moy sarfi ko‘payganda, taqillash paydo bo'maganda, notekis ishlaganda va tutaganda dvigatel diagnostika qilinadi. Undagi nosozliklarning sabablari hamda rostlash va ta'mirlash ishlariga bo‘lgan ehtiyoj aniqlanadi.Dvigatelni diagnostikalashda u ko‘zdan kechiriladi va yurgazib ko‘riladi, quvvat miqdori o‘lchanadi, krivoship-shatun mexanizmi va gaz taqsimlash mexanizmining texnik holati tekshiriladi. Dvigatelni ko^zdan kechirish va yurgazib ko‘rish moy, yonilgl yoki suvni sizib chiqishini ko‘z bilan aniqlashga hamda dvigatelni oson yurishini, bir maromda ishlashini va tutashishini baholashga imkon beradi. Dvigatelning ishlashini eshitish bilan shovqin va taqillashning bor-yo‘qligi aniqlanadi. Bunday tekshirish yordamida dvigatelning odatiy nuqsonlarini chuqurlashtirilgan diagnostikao‘tkazilgunga qadar aniqlash mumkin.

Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, ko‘p holatlarda sizib chiqishni, birikmalarni qotirish yoki shikastlangan qistirmalarni almashtirish


bilan tuzatish mumkin. Dizel dvigatelining tutashi yoki benzinli va gazli dvigatellarning chiqindi gazlari tarkibidagi CO miqdorini ko‘payib ketishi, ko'p hollarda yonilg‘i apparatlarining nosozligi natijasida vujudga keladi. Taqillash va qattiq tovushlar porshen barmoqlarini, porshen boTtmasidagi teshiklarni, shatunlarning yuqorigi kallagidagi vtulkalarni, shatun va o‘zak podshipniklarning ichqo‘ym

alarining yeyilishi natijasida hosil bo'lishi mumkin. Ular silindr va porshen yuzalari tirnalganda hamda klapan yuritmasidagi issiqlik tirqishlari ko‘payganda yoki klapan prujinalari singanda ham vujudga keladi.

1-TXK va 2-TXKning vazifasi-nazorat - diagnostika, moylash, qotirish, rostlash va boshqa ishlarni o‘z vaqtida bajarish yo‘li bilan dvigatelning mexanizmlari hamda tizimlaridagi nosozliklarni o‘z vaqtida, aniqlash shuningdek, buzilishlarning oldini olish hisoblanadi.

1-TXKda bajariladigan ishlarni ko‘p qismini mahkamlangan jihozlardagi, shovqin so‘ndirgich quvurlaridagi hamda dvigatel tayanchlaridagi rezbali birikmalami tekshirish va mustahkamligini tiklash ishlari tashkil etadi.


2-
TXKda silindrlar kallagi tekshiriladi, lozim bolsa mahkamlanadi va gaz taqsimlash mexanizmining issiqlik tirqishi rostlanadi. Generatorni yurituvchi tasmaning tarangligi tekshiriladi va rostlanadi. TXK jarayonida moylash ishlari moylash xaritasi asosida bajariladi.Chuqurlashtirilgan diagnostika ishlari ko'rish chuqurligiga o'rnatiladigan yuguruvchi barabanli (3) stendda bajariladi (25.1-chizma). Bu post boshqarish pulti (2), shamolparrak (1) hamda yuklash qurilmasi va diagnostikalash uchun lozim bo‘lgan asboblarni o‘z ichiga oladi. Postda dvigateldagi quvvat va yonilg‘i sarfi, karterga kirayotgan gaz miqdori aniqlanadi ( gaz hisoblagich bilan).

Dvigateldagi taqillashlarni eshitish uchun stetoskopdan foydalaniladi. Mexanik stetoskoplar quloqqa tutiladigan eshitish uchlari (4) (25.2.-chizma) va tekshirilayotgan mexanizmni har xil nuqtalariga qo‘yiladigan sterjenga (1) ega. Elektron stetoskop sterjen (1), telefon (6) (25.2- chizma, b) kristall datchik, tranzistorli kuchaytirgich va batareyali manbadan tuzilgan.

Dvigatel taqillashini eshitish zonalari 25.2-chizmada ko‘rsatilgan. Shuni yodda tutish lozimki, dvigateldagi taqillashlar tavsifi bo'yicha nosozliklarni bilish, katta malaka talab etadi.

Texnik xizmat ko‘rsatish. Dvigatelning kompressiyasini (silindrdagi maksimal bosimni) kompressometrda, tirsakli valni startyor

yordamida aylantirib aniqlanadi, bunda kompressometrning rezinali konussimon uchi yondirish svechasi yoki forsunka o‘tiradigan teshikka o‘rnatiladi.

25.3-chizma, a, d). Kompressograf (25.3-chizma, d) silindrlar bo‘yicha kompressiya

miqdorini yozish mexanizmiga ega. Aniqroq natijalarni olish uchun, kompressiya miqdori qizdirilgan dvigatelda aniqlanadi. Bunda dvigateldagi barcha yondirish svechalari va forsunkalar yechib olinadi. Valning berilgan aylanishlar chastotasini yaxshi zaryadlangan akkumulator batareyasi yordamida ta'minlash lozim. Har bir silindrdagi kompressiya miqdorini aniqlashdan avval manometr strelkasini nol holatga keltiriladi.Dizel dvigatellari uchun ruxsat etilgan kompressiya miqdori 2 MPa atrofida, benzinli va gazli dvigatellar uchun esa uning miqdori siqish darajasiga bog‘liq bodib, 0,60 - 1,00 MPa ni tashkil qiladi. Alohida silindrdagi kompressiya miqdorining farqi dizellar uchun 0,02 MPa dan, benzinli va gazli dvigatellar uchun esa 0,1 MPa dan oshmasligi lozim.

Kompressiyani birdaniga pasayishi (30 - 40% ga), halqa- larning singanligini yoki por- shendagi ariqchalarga yopishib qolganligini ko‘rsatadi.K-69M asbobi (25.4- chizma) halqalarni haddan tashqari yeyilib ketganligini, elastikligini yo‘qolganligini, qurum bosganligini yoki sinib ketganligini, porshen ariqchalarini yeyilganligini, shuningdek, klapanlar va silindr kallagi qistirmasi germetikligini yo‘qolganligini aniqlashga imkon beradi.Avvalo, porshen halqalarining yeyilganligi tekshiriladi, buning uchun tekshirilayotgan silindrdagi porshen, siqish taktining boshlanishiga mos kelgan holatga o'rnatiladi (hamma klapanlar yopiq bo‘ladi), forsunka yoki o‘t oldirish svechasi o‘rnashadigan teshikdan uchlik (6) orqali, siqilgan havo 0,4 MPa bosim ostida yuboriladi. Porshen halqalari yeyilgan bo‘lsa, havoning kolp miqdorda sizib chiqishi sodir bo‘ladi, shuning uchun monometr (8) qayd etib turgan silindrdagi bosim 0,4 MPa dan kichik bo'ladi. Zonalarga ajratilgan manometr shkalasi (dvigatelni holati yaxshi, qoniqarli va ta’mirtalab), foizlarda ifodalangan sizib chiqishni ko‘rsatadi. Ikkinchi tekshirishni, siqish taktida porshenni YCHNga yaqin holatida bajariladi. Havoning 15 foizdan ko‘p sizib chiqishi, silindrlarni ortiqeha yeyilganligini ko'rsatadi.Klapanlarning o‘z o‘rinlariga zich o‘tirmasligi oqibatida ular orqali havoni sizib chiqishi, eshitib ko‘rib aniqlanadi. Silindr kallagi qistir- masining germetikligi esa radiator bo'g‘zida yoki kallakning silindrlar bloki bilan tutashgan (sovunli eritmada hoMlangan) qismida havo pufakchalarining paydo bo'lishiga qarab aniqlanadi.

Kallak, silindrlar blokiga gayka va shpilkalar yoki boltlar yordamida mahkamlanadi. Gaykalar yoki boltlarni bo'sh tortilishi, dvigatel silindrlarining germetikligini buzilishiga, qistirmani kuyib kyetishiga va sovutish suyuqligini silindrlarga tushib qolishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun dvigatelni ishlatish jarayonida, davriy ravishda, kallakninggaykalari yoki boltlari tortib turiladi: cho‘yanli kallak dvigatel qizigan paytda, aluminiyli kallak esa sovigan paytda tortiladi. Kallaklarni tortish, dinamometrik kalit bilan, zavod ko‘rsatmalarida belgilangan ketma-ketlikda (25.5-chizma, a, e) amalga oshiriladi. Tortish momenti 3M3-53 va 3M3-24 dvigatellari uchun ( ГАЗ-53 va ГАЗ-24 “Волга” avtomobillari) 73-78 N-m, ЗИЛ-130 dvigateli uchun (ЗИЛ-130 avto- mobili) 70-90 N-m, КамАЗ-740 dvigateli uchun (КамАЗ-5320 avto- mobili) 190-210 N-m bo‘ladi.ВАЗ dvigatellarida, silindrlar kallagiga taqsimlash vali podshipniklarining korpusi mahkamlangan bo‘lib, uning mahkamlovchi gaykalari ham ma’lum bir ketma-ketlikda qotirilishi kerak (25.5-chizma, f). Bu gaykalarni yakuniy tortish momenti 22 N-m ga teng.



Download 31,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish