B i r i n c h i b o‘ l i m
MASHINA VA JIHOZLARGA TEXNIK XIZMAT KO‘RSATISH,
TA’MIRLASH ASOSLARI HAMDA UMUMIY
TEXNOLOGIK JARAYONI
1.1. Mashinalarga texnik xizmat ko‘rsatish va
ta’mirlashning rejali tizimi
Mashinalar, agregatlar va uskunalarni ta’mirlash, shuningdek, texnik xizmat-
lar ko‘rsatish bo‘yicha ishlar hajmi mehnat sig‘imi bilan, ya’ni ta’mirlash ishlari-
ni bajarish uchun ishchi (kishi-soat) yoki dastgoh (dastgoh-soat) sarflangan vaqt
bilan ifodalanadi.
Ta’mirlash ishlarining yillik hajmini aniqlash uchun mazkur xo‘jalik
mashinalarini ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish sonini, shuningdek,
har bir ta’mirlash hamda texnik xizmatlar ko‘rsatishning mehnat sig‘imini bil-
ish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |