Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma


Don kombaynlariga texnik xizmat ko‘rsatish



Download 3,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/118
Sana31.12.2021
Hajmi3,6 Mb.
#229466
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   118
Bog'liq
mashina va jihozlarga texnik xizmat korsatish

5.2. Don kombaynlariga texnik xizmat ko‘rsatish
Donli  ekinlar  hosilini  bir  yo‘la  kombaynda  o‘rib-yanchish  uchun    SK-6
“Kolos”, SK-5 “Niva”, SKD “Sibiryak” va SK-1A g‘alla yig‘ish kombaynlari
ishlatiladi. Kombaynlarning tuzilishi va ishlash tizimi, asosan, bir xil. Bir-biri-
dan  faqat  o‘lchamlari,  molotilkaning  unumdorligi  va  agregat  ayrim  qismlari -
ning  tuzilishi  bilan  farq  qiladi.  SK-6  “Kolos”  kombayni  unumli  ishlaydi.
Uning ish unumi 6—8 kg/sek gacha boradi. G‘alla hosildorligining uzluksiz or-
tib  borishi  munosabati  bilan  kelgusida  kombaynlar ning  ish  unumini  10—12
kg/sek gacha yetkazish mo‘ljallanadi.
“Kolos” kombayni o‘rgich, yanchish apparati, yurish qismi, gidravlik ti zim,
kabina  va  boshqa  mexanizmlardan  tuzilgan.  Kombaynga  gidravlik  taxlagich,
somonni  maydalash  va  yig‘ish  uchun  moslama  hamda  somonni  uyumlarga


118
yig‘ish uchun qo‘llaniladigan moslamalarni o‘rnatish mumkin. Kombaynda yan-
chish  apparatini  yuklashni  avtomatik  boshqarish  tizimi,  barabanning  aylanish
chastotasini ko‘rsatuvchi asbob, yurish tezligi va chiroqli signallar bor.
“Kolos”  kombayni  uch  xil  ko‘rinishga  ega.  Ular  bir-biridan  yanchish
barabanlari ning tuzilishi bilan farq qiladi:
a)  SK-6  kombaynida  bitta  savag‘ichli  yanchish  barabani  bo‘lib,  kombayn
me’yorliy namlik sharoitida ishlatiladi;
b) SK-6-II kombaynida ikkita savag‘ichli yanchish barabani bo‘lib, yuqori
namlik sharoitida ishlatiladi;
d) SKPR-6 kombaynida bitta shtiftli va bitta savag‘ichli barabanlar bo‘lib,
asosan, qiyin yanchiladigan sholi hosilini yig‘ish uchun ishlatiladi.
Somon va mayda qipiqlarni yig‘ish uchun agregatga gidravlik boshqariladi-
gan g‘aramlagich tirkaladi.
“Keys  Korporeyshn”  kompaniyasining    «2344»  va  «2366»  donli  ekinlarni
o‘rish-yig‘ish kombayni boshoqli, dukkakli ekinlar va boshqa turdagi o‘simlik-
larning urug‘larini yig‘ib olishga mo‘ljallangan.
Kombayn  qirquvchi  va  uzatuvchi,  yanchuvchi  va  ajratuvchi,  don
tozalovchi, don yig‘uvchi va tarqatuvchi  qismlardan tashkil topgan.
Kombaynga  qamrov  kengligi  4  yoki  6  bo‘lgan  xeder  (o‘rish  va  uzatish
qismi) o‘rnatilishi mumkin.
O‘rish  va  uzatish  qismi  quyidagi  asosiy  ishchi  organlaridan  tashkil  topgan:
segment-barmoqli o‘rish organi, motovilo, shnek, stripper va qiya transporty-
ordan iborat.
O‘rish  va  uzatish  qismiga  ikki  tipdagi:  boshoqli  ekinlarga  —  plankali  va
yotib  qolgan  yoki  o‘ralib  ketadigan  qishloq  xo‘jalik  ekinlariga  universal  mo-
tovilolar o‘rnatilishi mumkin. Motoviloni sozlash tezlik, balandlik va bo‘ylama
holatni  o‘zgartirish  bilan  amalga  oshiriladi.  Universal  motovilolar  uchun  bar-
moq qadamlarini ham sozlash kerak.
Kombaynlar  barmoqlarining  qadami  38,1  mm va  76,2  mm bo‘lgan  o‘rish
apparati bilan jihozlanishi mumkin. Sholi va dukkakli ekinlar uchun 38,1 mm
li, mayda donli ekinlar, kungaboqar va sorgo uchun 76,2 mm li pichoqlar tizi-
mi tavsiya qilinadi.
Kombaynda  yanchish  va  ajratish  rotor  korpusida  amalga  oshadi.  O‘rilgan
material  uzatish  mexanizmidan  rotor  qanotlariga  uzatiladi.  Yanchish  va
ajratishni  rotor  va  baraban  osti  panjaralari  bajaradi.  Rotor  donli  boshoqlarni
yanchadi,  boshoqdan  ajralgan  don  baraban  osti  panjaralarining  teshiklaridan
o‘z og‘irligi  bilan pastga tushib ketadi.
Baraban  osti  panjaralari  uchta  seksiyadan  iborat.  Panjaralarning  uchta


119
bo‘lishidan  quyidagi  maqsadlar  ko‘zlangan.  Birinchidan,  materialni  to‘la  yan-
chilgunga qadar ushlab turishi, ikkinchidan, tozalash qismiga uzatiladigan don-
ning to‘la ajrashi uchun yetarli hajmga ega bo‘lishi kerak. 
Materialning  rotor  korpusidan  o‘tishi  transportyor  kuraklari  bilan  nazo-
rat  qilinadi,  kuraklarni  vertikal  holga  keltirish  o‘rilgan  materialning  spiral
bo‘yicha  qo‘shimcha  harakat  qilishiga,  yanchish  va  ajratish  sifatini  oshirish-
ga  imkon  beradi.
“Keys”  kombaynlarida  egovsimon  va  elak  brusli  hamda  maxsus  rotorlar
qo‘llanishi mumkin. 
Don  va  makkajo‘xori  yig‘adigan  kombaynlar  baraban  osti  panjarasi,  elak
panjaralar    ustida  egovsimon  brusli  rotorlar  qo‘llaniladi.  Egri  va  to‘g‘ri  egov -
simon bruslar don yig‘adigan kombaynlarga o‘rnatiladi. Egri va to‘g‘ri egovsi-
mon bruslarni oziq-ovqat uchun ishlatiladigan donli ekinlarni yig‘ishda ishlat-
gan ma’qul, chunki bunday rotorlarda donning sinishi juda kam. Elak bruslar
oldingi qismidan tez yeyiladi va ishlash muddatini uzaytirish uchun uni aylan-
tirib qo‘yish mumkin.
Kombaynda  don  tozalash  to‘pon  va  boshmoqli  elaklarda  amalga  oshadi.
To‘pon va boshqa aralashmalar havo yordamida yuqoriga ko‘tariladi va  kom-
baynning orqa qismiga o‘tkazib yuboriladi.
Don tozalash sifatini sozlashda tozalash ventilyatorining aylanishlar sonini,
to‘pon va boshmoq panjaralarning o‘lchamlarini sozlashdan iborat. Qattiq shamol
donni to‘ponga qo‘shib uchirib ketishi mumkin, panjaralar o‘lchamining kichik
bo‘lishi donning elanmay qolishiga, katta bo‘lishi esa to‘ponning donga qo‘shilib
ketishiga sabab bo‘ladi.
Donni  elash  uchun  taroqsimon  shakldagi  turli  o‘lchamlarga  ega  bo‘lgan
to‘pon panjaralari ishlatiladi.
Kombaynning oxirgi vazifasi tozalangan donni bunkerga yig‘ish va o‘simlik
qoldiqlarini  chiqarib  tashlashdan  iborat.  Tozalangan  don  shnek  yordamida
bunkerga  uzatiladi,  o‘simlik  qoldiqlari  esa  rotorning  oxirgi  qismidan  tushirish
biteri yordamida somon sochgichga uzatiladi.
Somon qirqqich o‘simlik qoldiqlarini yerga ishlov berishda halaqit bermay-
digan  o‘lchamgacha  maydalaydi.  Somon  qirqqich    tushirish  biterining  o‘rniga
o‘rnatilgan.
Somon  sochgichning  plankalari  bir  necha  holatlarga  sozlanishi  mumkin,
sozlash o‘simlik qoldiqlarini dalada  qanday taqsimlash kerakligiga qarab amal-
ga oshiriladi.


120

Download 3,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish