Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma


Detallarni  saralash, to‘liqtirish (komplektlash)



Download 3,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/118
Sana31.12.2021
Hajmi3,6 Mb.
#229466
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   118
Bog'liq
mashina va jihozlarga texnik xizmat korsatish

1.5. Detallarni  saralash, to‘liqtirish (komplektlash)
Ta’mirlash ishlarida detallarni va birikmalarni yaroqli-yaroqsizlarga  ajratish,
traktorlarni  ta’mirlashga  qo‘yish  oldidan  ularning  texnik  holatini  uzil-kesil
aniqlamaslik ehtiyot qismlar sotib olish xarajatlarini oshiradi. Yaroqli-yaroqsiz -
larga ajratishdan asosiy maqsad detallarning texnik holatini aniqlash va ta’mir
talab etadigan yaroqli detallarga va tashlanadigan yaroqsizlarga ajratishdan ibo-
rat. Ta’mirlanadigan detallar uchun ta’mirlash turi va hajmi belgilanadi. Detallar
yaroqli-yaroqsizlarga noto‘g‘ri ajratilganda traktorda butunlay yeyilgan detallar
ham  kelib  qolishi  mumkin,  bu  esa  traktorning  ta’mirlangandan  keyin  yomon
ishlashiga va dala ishlari qizigan davrda ishdan chiqishiga sabab bo‘ladi. Yaroqli
detallarni  yaroqsizga  chiqarish  esa  ehtiyot  qismlar  sarfini  va  ta’mirlash  ishlari
narxini oshiradi. Shuning uchun yaroqli-yaroqsizga ajratish ishini tasdiqlangan
texnik  shartlarga  va  traktorlar  ta’mirlashning  bir  xildagi  texnologiya sidagi
ko‘rsatmalarga amal qilgan holda bajarish kerak. Defektovkachi (detallarni yaro-
qli-yaroqsizga ajratuvchi ishchi) traktorni, dvigatelni va transmissiyani qismlarga
ajratishni ish joylarida boshlaydi. Detallar qismlarga ajratilib, tekshirishga o‘tish
oldidan sinchiklab tozalanadi va yuviladi. Yeyilgan, yorilgan joylarni va boshqa
kamchiliklarni  faqat  toza,  yuvilgan  detallardagina  aniqlash  mumkin.  Detallar
toza bo‘lgandagina ularni aniq o‘lchash mumkin bo‘ladi. Detallarni kaustik so-
daning kuchsiz eritmasida, so‘ngra issiq suvda yuvish kerak.
Defektovkachining ish joyida asboblardan tashqari quyidagi uskunalar bo‘lishi
lozim:
œ
mayda va o‘rtacha kattalikdagi detallarni yaroqli-yaroqsizga ajratish uchun
metall stol (MO-0508);


18
œ
yirik detallarni yaroqli-yaroqsizga ajratish uchun metall stol (MO-5004);
œ
kamchiliklar  ro‘yxatini  to‘latish  va  texnik  hujjatlarni  saqlash  uchun  idora
stoli;
œ
nazorat va o‘lchov asbob-uskunalari saqlanadigan shkaf (RO-0509);
œ
yaroqsiz detallar solinadigan qopqoqli metall quti;
œ
ta’mirtalab yaroqli detallar taxlanadigan stellaj (RO-2804);
œ
stul va taburetka;
œ
1000 x 750 mm li tekshirish plitasi;
œ
yaroqli-yaroqsizga ajratilgan detallarni belgilash uchun cho‘tka va qizil, oq,
sariq bo‘yoqlar to‘latilgan uchta banka.
Asosiy detallarning yaroqsizga chiqarilish belgilari va ularning texnik hola-
tini belgilash usuli quyida bayon etilgan.
Shesternyalarning  nuqsonlari: o‘tkazish  teshigining  shikastlanishi  va  tish-
larning yeyi lishi; teshikning me’yordan ko‘pi bilan 0,1—0,2 mm dan ortiq yey-
ilishiga  yo‘l  qo‘yiladi.  Tishlarning  yeyilganligi  tishlarning  qadami  va  ma’lum
balandlikda qalinligi o‘lchab aniqlanadi. Tishning qalinligi (o‘lchash balandligi
texnik  shartlarda  ko‘rsatilgan)  20—  25%  ga  yeyilganda  shesternya  yaroqsizga
chiqariladi.  Shesternya  tishlarining  holatini  tekshirish    uchun  shablonlar  (an-
dozalar)  qo‘llaniladi,  tishning  cho‘qqisi  bilan  shablonning  qirrasi  o‘rtasida
tirqish  kelsa,  shesternya  yaroqli  hisoblanadi.  Ketma-ket  joylashmagan,  uch-
tadan ortiq tishi singan, gupchagi va tuguni yorilib  qolgan shesternyalar ishga
yaroqsiz bo‘ladi.

Download 3,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish