Bulut serverlarining turlari Bulutlarning ko'p turlari mavjud. Bugungi kunda eng mashhur va keng tarqalgan fayl hosting: Dropbox, OneDrive, Google Drive, Yandex. Disk, bulut Mail.Ru ularning aksariyati dasturiy ta'minotga asoslangan talab va dasturiy ta'minot-kompyuter.
Milliy axborot tizimi haqida batafsil maʻlumot bering.
Javob : O‘zbekiston Respublikasining 2003 yil 11 dekabrdagi “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi Qonuni 15-moddasida Milliy axborot tizimiga davlat organlarining axborot tizimlari, tarmoq va hududiy axborot tizimlari, shuningdek yuridik hamda jismoniy shaxslarning axborot tizimlari kiradi.
Milliy axborot tizimi uning tarkibiga kiruvchi axborot tizimlarining xalqaro axborot tizimlari bilan bir-biriga mosligini hisobga olgan holda yaratiladi.
Hozirgi davrda fan va texnikada ko‘p qullaniladigan tushunchalardan biri- tizimdir. Axborot tizimini ishlab chiqarishdan maqsad – tashkiliy loyihalashtirish, texnologik va hakozo jihatlarini hisobga olgan holda tizim faoliyatining samaradorligini oshirishdir.
O‘zbekiston Respublikasining axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosati axborot resurslari, axborot texnologiyalari va axborot tizimlarini rivojlantirish hamda takomillashtirishning zamonaviy jahon tamoyillarini hisobga olgan holda, milliy axborot tizimini yaratishga qaratilgan. Ta’kidlash joizki, milliy axborot tizimiga davlat organlari, shuningdek, yuridik hamda jismoniy shaxslar, tarmoq va hududiy axborot tizimlari kiradi. Axborot tizimi esa axborotni to‘plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish hamda undan foydalanish imkonini beradigan, tashkiliy jihatdan tartibga solingan jami axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalaridir. Axborot tizimi tarkibidagi elektron shakldagi axborot, ma’lumotlar banki, ma’lumotlar bazasi axborot resurslarini tashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi qonuni (11.12.2003 yil) 19-moddasida ko‘rsatilganidek, axborot resurslari va axborot tizimlarini muhofaza qilish avvalambor, shaxs, jamiyat va davlatning axborot xavfsizligini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi. Mazkur qonunning 20-moddasida: “Axborot resurslari va axborot tizimlari, agar ular bilan g‘ayriqonuniy munosabatda bo‘lish natijasida axborot resurslarining yoki axborot tizimlarining mulkdorlariga, egalariga yohud boshqa yuridik hamda jismoniy shaxslarga zarar yetkazilishi mumkin bo‘lsa, muhofaza qilinishi kerak. Davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar davlat sirlari hamda maxfiy sirlar to‘g‘risidagi axborotni o‘z ichiga olgan axborot resurslari va axborot tizimlarining muhofaza qilinishini ta’minlashi shart”, deb alohida ko‘rsatilgan.
Davlat organlari axborot tizimlari tarkibiga quyidagilarni kiritish mumkin:
- Muayyan davlat organi tomonidan maqsad hamda vazifalarini amalga oshirishga xizmat qiluvchi tranzaksiyali va hisobdagi mavjud quyi tizimlar;
- Milliy axborot tizimi tarkibidagi, davlat organlari o‘rtasida axborot tizimlari orqali ma’lumot almashinishga xizmat qiluvchi quyi tizimlar;
- Davlat organi faoliyatida boshqaruv va ish jarayonini osonlashtirishga xizmat qiluvchi resurslarni boshqarishning quyi tizimlari;
- Davlat organlari faoliyatida ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash, saqlash va tahlil qilishga xizmat qiluvchi axborot-tahliliy quyi tizimlar;
- Elektron hujjat almashinuvining quyi tizimlari;
- Hujjatlarning elektron arxivini boshqarishga doir quyi tizimlar;
- Ekspluatatsiyani boshqarish(infratuzilma komponentlarini boshqarish tizimlari)ga oid quyi tizimlar;
- Davlat organi to‘g‘risida Internet yoki boshqa kanallar orqali axborot yetkazish, jismoniy va yuridik shaxslar o‘rtasidagi o‘zaro aloqani ta’minlaydigan quyi tizimlar;
- Axborot xavfsizligini ta’minlaydigan quyi tizimlar;
- Hujjat tayyorlash va axborot almashish maqsadida davlat organi xodimlari tomonidan foydalaniladigan idoraviy quyi tizimlar.
Elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasi huquqlari.
Javob : 48. Elektron raqamli imzo foydalanuvchisi quyidagi huquqlarga ega:
Ro‘yxatga olish markazi tomonidan tayyorlangan, berilgan, to‘xtatib qo‘yilgan, qayta tiklangan va bekor qilingan elektron raqamli imzo kalitlari sertifikatlari ro‘yxatlarini olish;
Ro‘yxatga olish markazi vakolatli shaxsining elektron raqamli imzo kaliti sertifikatini elektron shaklda olish;
Ro‘yxatga olish markazining elektron raqamli imzo kalitlari sertifikatlari reyestrida bo‘lgan elektron raqamli imzo kaliti sertifikati ko‘chirma nusxasini elektron shaklda olish;
Ro‘yxatga olish markazi tomonidan tayyorlangan bekor qilingan elektron raqamli imzo kalitlari sertifikatlari ro‘yxatini elektron raqamli imzo kalitlari sertifikatlari maqomini tekshirish uchun qo‘llash.
49. Elektron raqamli imzo egasi elektron raqamli imzo kaliti sertifikatini yangilash uchun so‘rov yuborish huquqiga ega. So‘rov Ro‘yxatga olish markaziga amalda bo‘lgan elektron raqamli imzo kaliti sertifikatining amal qilish muddati tugashidan kamida ikki hafta oldin yuborilishi kerak.
50. Ro‘yxatga olish tartib-qoidasidan o‘tgan elektron raqamli imzo egalari ushbu Nizom va tegishli shartnoma bilan belgilanadigan hajmda ro‘yxatga olish va identifikatsiya axborotini taqdim etishi shart.
51. Elektron raqamli imzo egasi:
yopiq kalitni maxfiy saqlashi, uning yo‘qotilishi, oshkor bo‘lishi, o‘zgartirilishi yoki undan ruxsatsiz foydalanishning oldini olish uchun mumkin bo‘lgan barcha choralarini ko‘rishi;
agar unga ushbu kalitlardan foydalanilayotganligi yoki ilgari boshqa shaxslar tomonidan foydalanilganligi ma’lum bo‘lsa, elektron raqamli imzo yopiq kalitlaridan foydalanmasligi;
elektron raqamli imzo yopiq kalitidan faqat sertifikatda belgilangan tegishli sohalarda foydalanish ruxsat berilgan maqsadlarda foydalanishi;
elektron raqamli imzo kaliti sertifikatini bergan Ro‘yxatga olish markazini qonun buzilishlari yoki elektron raqamli imzo yopiq kalitiga kirish rejimini buzish mumkinligi to‘g‘risida xabardor qilishi va elektron raqamli imzo kaliti sertifikatining amal qilish muddatini to‘xtatib turishni yoki uni bekor qilishni talab qilishi;
o‘z vakili hisoblangan yuridik shaxsni qayta tashkil etish yoki tugatish to‘g‘risida Ro‘yxatga olish markaziga xabardor qilishi shart.
52. Elektron raqamli imzo ochiq kalitining foydalanuvchisi elektron raqamli imzo egasi to‘g‘risidagi shaxsiy ma’lumotlarning muhofaza qilinishini ta’minlashi lozim.
Elektron raqamli imzoni yaratgan (elektron hujjatga imzo qo‘ygan) va ro‘yxatga olish markazi tomonidan uning nomiga elektron raqamli imzo kaliti sertifikati berilgan jismoniy shaxs elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasi bo‘ladi.
Elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasi:
elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalanish ustidan nazoratni ta’minlashi;
elektron raqamli imzo kaliti sertifikatini bergan ro‘yxatga olish markaziga elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalanish rejimi buzilganligi yoki buzilishi ehtimoli borligi to‘g‘risida xabar qilishi va elektron raqamli imzo kaliti sertifikatining amal qilishini to‘xtatib turishni yoxud mazkur sertifikatni bekor qilishni talab qilishi;
o‘zi vakil bo‘lgan yuridik shaxsning qayta tashkil etilishi yoki tugatilishi to‘g‘risida ro‘yxatga olish markaziga xabar qilishi shart.