O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
Sh. K. MAHMUDOVA
KASB
KASALLIKLARI
O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim
vazirligi tomonidan tibbiyot oliy o‘quv yurtlari uchun
darslik sifatida tavsiya etilgan
Toshkent
«Yangi asr avlodi»
2011
UMUMIY BO‘LIM
I BOB. KASB KASALLIKLARI FANI VA UNING
VAZIFALARI
Hozirgi sharoitda Respublikamizda mavjud bo‘lgan turli muassasa,
korxona, tashkilotlarda faoliyat olib borayotgan ishlovchi aholining
sog‘lig‘ini muhofaza qilish muhim vazifalardan biri hisoblanib, uning
yechimi ekologik, ijtimoiy-iqtisodiy, tibbiy biologik va boshqa vazifalarni
hal qilish bilan bog‘liqdir. Bu masalalarni yechishda kasb kasalliklarini
o‘z vaqtida aniqlash va ularning oldini olish katta ahamiyatga ega.
Kasbiy patologiya – mustaqil klinik fan bo‘lib, o‘zining atamalariga,
patogenezining taxmin va nazariyalariga, tashxislash, davolash va ularning
oldini olish usullariga egadir.
Butunjahon mehnatni muhofaza qilish tashkilotinining ta’rifi
bo‘yicha, kasb kasalligi – mehnat faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan zararli
omillar ta’sirida kelib chiqadigan va rivojlangan kasallikdir.
Kasbiy kasallik – kasbiy zararli omil sababli rivojlanadigan, kasb
kasalliklari ro‘yxatiga kiritilgan, ya’ni ishlab chiqarish sharoitlarida
rivojlanishi mumkin bo‘lgan va ilmiy isbotlangan kasallikdir.
N.F.Izmerov tadqiqotiga ko‘ra, ishlovchining sog‘lig‘iga xavf soluvchi,
kasalliklarning rivojlanish ehtimolini oshiruvchi, ularning avj olishini va
noxush tugallanishiga atrof-muhitning har xil kimyoviy, fizik, biologik,
genetik, ekologik, iqlimiy, ijtimoiy (ovqatlanish, ichimlik suvi bilan
ta’minlanish, turmush va dam olish sharoitlari, stress va boshqa holatlar)
va boshqa omillari sabab bo‘lishi mumkin.
Kasbiy zararli omillar ishlab chiqarish jarayoni uning texnologiyasi
va asbob-uskunalari bilan (kimyoviy toksik moddalar, ishlab chiqarish
changi, nurlanish manbalari, shovqin va vibratsiya, past va yuqori
atmosfera bosimi, past va yuqori harorat, infraqizil, ultratovush,
elektromagnit, lazer nurlanishlar va boshqalar) va shuningdek, mehnat
jarayoni, uni tashkil qilish, og‘irligi va davomiyligi bilan (asab tizimi,
ko‘rish a’zosi, eshitish a’zosi, ovoz boylamlarining zo‘riqishi, tez-tez bir
xilda bajariladigan harakatlar, ma’lum bir guruhdagi mushaklarning
zo‘riqishi, tananing majburiy holati va boshqalar) bog‘liqdir.
5
6
Ilmiy-texnikaviy progress, ishlab chiqarish jarayonlariga mexanizatsiya
va avtomatizatsiyani joriy qilish, asbob-uskunalarni modernizatsiyalash,
sanitar-texnik qurilmalarni ratsionallashtirish mamlakatimizning
ko‘pchilik korxonalarida kasbiy zararli omillarning yo‘qolishiga yoki
keskin o‘zgarishiga sabab bo‘ldi. Respublikamizda qabul qilingan
amaldagi qonunlarga ko‘ra, kasbiy zararli omillar ta’sirining ruxsat etilgan
darajalari aniqlangan, bu o‘tkir hamda surunkali kasb kasalliklari
rivojlanishining oldini oladi. Lekin har doim ham kasbiy zararli omillarni
yo‘qotish mumkin emas, chunki fan va texnika bu sohadagi radikal
yechimlarni to‘laligicha hal qila olmaydi.
Sanoatda va qishloq xo‘jaligida yangi kimyoviy moddalarning
qo‘llanilishi yangi kasbiy zararli omillarning yangi profilaktik chora-
tadbirlarini o‘rganishni taqozo etadi.
Zararli omillarning ta’sirini sanitar-gigiyenik chora-tadbirlar
yordamida himoyalash natijasida kasalliklar kelib chiqishining oldini
olish mumkin. Texnologik progress, ishlab chiqarish jarayonlarini
mexanizatsiyalash va avtomatizatsiyalash, asbob-uskunalarni
modernizatsiyalash zararli omillarni yo‘qotish yoki ularni xavfsiz
darajagacha pasaytirishi mumkin.
Shuni ham ta’kidlab o‘tish kerakki, sanoatga va qishloq xo‘jaligiga
energiyaning zamonaviy turlarini, kimyoviy moddalarni, sintetik mahsulotlarni
joriy qilish, mehnatni intensifikatsiyalash va informatsion zo‘riqishlarning
oshishi kasb kasalliklarining yangi shakllari rivojlanishiga sharoit yaratadi.
Profilaktik chora-tadbirlarni ishlab chiqarish faoliyati jarayonida inson
sezishi mumkin bo‘lgan ta’sirlarni, ijtimoiy va ekologik omillarni hisobga
olgan holda butunligicha o‘rganib chiqish zarur.
Kasbiy omillar kasb kasalliklarining rivojlanishiga sabab bo‘lishdan
tashqari mehnat faoliyati bilan etiologik bog‘liq bo‘lmagan yurak-qon
tomir va asab tizimining, nafas olish a’zolari va me’da-ichak yo‘lining,
qon hosil qilish a’zolari, tayanch harakat apparati, teri va boshqa
kasalliklarning kechishiga ham ta’sir ko‘rsatadi.
Kasbiy patologiya boshqa klinik fanlardan farqli o‘laroq, ijtimoiy
ahamiyatga ega, chunki zararli kasbiy omillar ta’sirida ishlovchining
sog‘lig‘ida o‘zgarishlar aniqlansa, uning sog‘ligiga yetkazilgan zararni
qoplash uchun moddiy kompensatsiya ajratilishi zarur.
Kasbiy patologiyaning sanab o‘tilgan asosiy nizomlari uni klinik
tibbiyotning murakkab sohalaridan biri ekanligini ko‘rsatadi va kasb
403
MUNDARIJA
MUQADDIMA ................................................................................... 3
UMUMIY BO‘LIM
I bob. Kasb kasalliklari fani va uning vazifalari ................................... 5
II bob. Kasb kasalliklari fani rivojlanishining qisqacha tarixi .............. 7
III bob. Kasb kasalliklarining tasnifi, diagnostikasi va davolashning
umumiy tamoyillari ........................................................................ 11
IV bob. Kasb kasalliklarida tibbiy deontologiya asoslari .................. 18
V bob. Kasb kasalliklarida vrachlik – mehnat
ekspertizasi ..................................................................................... 21
Kasbiy o‘tkir zaharlanishlarda vrachlik mehnat
ekspertizasining umumiy tamoyillari ............................................. 22
Surunkali kasb kasalliklarining mehnat ekspertizasi
umumiy tamoyillari ........................................................................ 23
Kasb kasalliklarida bemor mehnat layoqatini qay darajada
yo‘qotganligining asosiy ko‘rsatkichlari ........................................ 27
VI bob. Kasb kasalliklarining asosiy profilaktik tamoyillari ............. 30
XUSUSIY BO‘LIM
VII bob. Ishlab chiqarish changi ..................................................... 35
Ishlab chiqarish changining tasnifi ................................................... 36
Ishlab chiqarish changining fizik-kimyoviy xususiyatlari va uning
gigiyenik ahamiyati ........................................................................ 37
VIII bob. Pnevmokoniozlar. Pnevmokoniozlar haqida qisqacha tarixiy
ma’lumot ........................................................................................ 41
Silikoz va boshqa pnevmokoniozlar etiologiyasi, patogenezi, tasnifi,
klinikasi, davolash, vrachlik mehnat ekspertizasi va profilaktikasi 41
404
Silikoz ................................................................................................. 52
Silikatozlar .......................................................................................... 67
Asbestoz .............................................................................................. 67
Sementoz ............................................................................................. 69
Karbokoniozlar ................................................................................... 70
Antrokoz va antrosilikoz .................................................................... 71
Aralash chang ta’siri sababli paydo bo‘ladigan
pnevmokoniozlar ............................................................................ 72
Elektropayvandchilar pnevmokoniozi................................................. 72
Silikoz va boshqa pnevmokoniozlarni davolash va oldini olish
chora tadbirlari ............................................................................. 78
Bemorlarning mehnatga layoqatini ekspertiza qilish .......................... 82
IX bob. Changli bronxit .................................................................... 84
X bob. Kasbiy allergik kasalliklar....................................................... 94
Kasbiy bronxial astma ........................................................................ 96
Ekzogen allergik alveolitlar ............................................................. 108
XI bob. Terining kasbiy kasalliklari .................................................. 113
Terining kasbiy allergik kasalliklarining klinik shakllari .................. 114
XII bob. Fizik omillar ta’sirida kelib chiqadigan kasb kasalliklari .. 118
Mahalliy vibratsiya (tebranish) ta’sirida
rivojlangan vibratsiya kasalligi ..................................................... 122
Mahalliy vibratsiya ta’sirida yuzaga kelgan vibratsiya
kasalligining tasnifi ...................................................................... 125
Tekshirish usullari ............................................................................. 129
Umumiy vibratsiya ta’sirida rivojlangan
vibratsiya kasalligi ....................................................................... 133
XIII bob. Shovqinning odam organizmiga ta’siri ............................. 139
Eshitish analizatoriga shovqinning ta’siri ......................................... 140
XIV bob. Infratovushning odam organizmiga ta’siri ........................ 148
XV bob. Lazer nurlarining odam organizmiga ta’siri ........................ 150
XVI bob. Elektromagnit radio to‘lqinlarining odam
organizmiga ta’siri ....................................................................... 155
XVII bob. Ishlab chiqarish sharoitlarida odam organizmiga
past va yuqori haroratning ta’siri ............................................ 161
Organizmga past haroratning ta’siri .................................................. 164
XVIII bob. Ishlab chiqarishning zararli va xavfli kimyoviy
omillari ......................................................................................... 166
405
Kimyoviy moddalarning zaharliligi va xavfliligi, zaharlilikning
asosiy mezonlari ........................................................................... 168
Kimyoviy moddalarning zaharliligi va xavfliligini aniqlovchi
omillar .......................................................................................... 170
Zararli va xavfli kimyoviy omillarning ishlovchi xodimlarga
ta’sirining oldini olish chora-tadbirlari ........................................ 171
XIX bob. Qo‘rg‘oshin va uning noorganik birikmalaridan
zaharlanish ................................................................................... 172
Qo‘rg‘oshindan zaharlanishning differensial diagnostikasi .............. 181
XX bob. Simob va uning noorganik birikmalaridan zaharlanish ... 185
XXI bob. Marganesdan surunkali zaharlanish .............................. 192
XXII bob. Uglerod sulfiddan zaharlanish .................................... 198
XXIII bob. Uglerod oksididan zaharlanish ...................................... 203
XXIV bob. Organik erituvchilardan zaharlanish ............................ 207
Aromatik uglevodorodlardan ( benzol va uning gomologlari)
zaharlanish ................................................................................... 210
XXV bob. Nafas olish organlarining toksik - kimyoviy moddalar
ta’siridan zararlanishi ................................................................... 223
Zararlanishning o‘tkir shakllari ........................................................ 224
Nafas olish a’zolarining toksik kimyoviy moddalar ta’siridan
surunkali zararlanishi .................................................................. 233
Surunkali toksik bronxit .................................................................. 233
XXVI bob. Qishloq xo‘jaligida qo‘llaniladigan pestitsidlardan
(o‘tkir va surunkali) zaharlanish ................................................. 235
Fosfororganik pestitsidlardan o‘tkir zaharlanish ............................ 239
Zaharlanishda tibbiy yordam ko‘rsatish ........................................ 246
Xlororganik birikmalar (XOB) dan o‘tkir zaharlanish ................... 247
Pestitsidlardan surunkali zaharlanish ............................................... 250
Surunkali zaharlanishga tashxis qo‘yish ........................................ 253
XXVII bob. Jismoniy zo‘riqish ta’sirida kelib chiqadigan kasbiy
kasalliklar ..................................................................................... 256
Yelka bo‘g‘imi periartriti ................................................................ 257
Yelka suyagi epikondiliti ................................................................. 260
Bilak tendovaginiti .......................................................................... 262
Koordinator nevroz .......................................................................... 264
Kasbiy bel-dumg‘aza radikulopatiyasi (KBDR) ............................. 268
Periferik asab tizimining kasb kasalliklari ........................................ 271
406
Ovoz apparatining kasb kasalliklari............................................... 273
Ko‘rish organi kasalliklari .............................................................. 277
XXVIII bob. Kasbiy onkologik kasalliklar ...................................... 281
Ilovalar .............................................................................................. 291
Foydalanilgan adabiyotlar ................................................................ 401
Do'stlaringiz bilan baham: |