Kariyes kovaklari Blek tasnifiga asosan V ta sinfga bo ‘linadi.
I sinfga kichik va katta oziq tishlaming fissuralari, tabiiy izlarda
joylashgan kariyes kovaklari kiradi. II sinfga premolyar va
molyarlaming kontakt yuzalarda joylashgan kariyes kovaklari
kiradi. Ill sinfga qoziq va kesuv tishlaming kontakt yuzalarida
kariyes kovagi joylashgan b o ‘lib, kesuv qirraning butunligi
saqlangan b o ‘ladi (9-rasm). IV sinfda kariyes kovagi qoziq va
kesuv tishlaming kontakt yuzasida joylashgan b o ‘lib, kesuv
qirra burchagining butunligi buzilgan bo‘ladi. V sinfga tishlaming
vestibulyar va oral yuzalarining b o ‘yin qismida joylashgan
kariyes kovaklari kiradi.
43
g)
d)
9-rasm. Blek bo'yicha kariyes kovaklari tasnifl: a—I
sinf,
6—II
sinf,
v—III sinf, g— IV sinf, d—V sinf.
Do'stlaringiz bilan baham: |