Ikkinchi molyar
Ikkinсh i molyar birinchi molyarga o ‘xshaydi. Hajmining
kichikligi, do‘mboqlar soni to ‘rttaligi bilan farq qiladi, ildizi
ikkita. Tish uzunligi 22 mm, toj qismi uzunligi 10 mm, tish
eni 11 mm.
Uchinchi molyar
Har xil shaklda bo‘lishi mum kin. Pastki uchinchi molyar
hajmi jihatidan molyarlar ichida eng kichigi. Chaynov yuzasida
to'rtta do‘mboqlik bor. Ko‘pincha ildizi ikkita bo‘lib, bir-biriga
yopishgan.
PERIODONT
Periodont tish katagi devori bilan ildiz yuzasi oralig‘idagi
bo‘shliqda joylashgan. Bu b o ‘shliq periodont yorig‘i deb ataladi.
P eriod on t yorig‘ining kengligi ildizning tu rli sathlarida,
yuzalarida bir xil emas va u 0,35—0,8 mm gacha b o ‘ladi.
55—60 yoshdan so‘ng, periodontal yoriq torayadi.
Periodont to ‘qimasi tolalari ildizning turli qismlarida turli
yo‘nalishga ega. Quyidagi guruh tolalari farqlanadi: tish milk
tolalari, tish alveola tolalari va tishlararo tolalar.
Tish milk tolalari. Milk cho‘ntagidagi sement chetidan
boshlanib, yelpig‘ichsimon yo‘nalishda milk to ‘qimasi bilan
birikadi. Tola tutam lari vestibulyar va oral yuzada yaxshi,
aproksimal yuzalarda zaif rivojlangan. Ulaming qalinligi 0,1 mm.
19
Tish alveola tolalari ildizning butun yuzasidagi sementidan
boshlanib ildiz katagi devoriga birikadi. Ildiz uchi qismida
tolalar vertikal yo‘nalishga ega. Ildiz uchiga yaqin qismida
tolalar gorizontal, ildiz o ‘rtasi va yuqori 1/3 qismida tolalar
qiyshiq yo‘nalgan.
Tishlararo tolalarning tutam lari 1—1,5 mm b o ‘lib, bir
tishning sem entidan boshlanib yonida joylashgan tishning
sementiga birikadi. Bu tolalar tish qatorining butunligini
ta ’minlashda ishtirok etadi.
Periodont quyidagi funksiyalami bajaradi: tishni alveola
katagida ushlab turadi, tishga tushadigan chaynov bosimini
tarq atib am ortizatsiya, bary er-m u do faa qilish vazifasini
bajaradi, trofik, ya’ni sementni oziqlantirishda ham da tish
almashinuvida ishtirok etadi.
Katakning o ‘rta qismida periodontal yoriq toraygan bo‘lib,
shu sababli uni qum soatiga o ‘xshatiladi. Periodont yorig‘ining
uchidan o ‘rta qismi torayganligi tishning fiziologik qimirlashi
xususiyatidan deb tushuntiriladi. Yon tom onga b o ‘ladigan
harakatlarda ildizning eng ko‘p og‘ishi uning uchida va b o ‘yin
qismida kuzatiladi. Bu vaqtda tish tayanch nuqtasi ildizning
taxminan uchdan bir o ‘rta qismiga o ‘rnashgan ikki yelkali
richagga o ‘xshash harakatlanadi. Periodont yorig‘ining uchdan
birining o ‘rta qismi torayganligi shu bilan izohlanadi.
Periodont zich biriktiruvchi to ‘qim adan iborat b o ‘lib,
kollagen va elastik tolalari bor (5-rasm).
5-rasm. P eriodont to ‘qimasi: i-periodontal yoriq, 2-periodont
to'qimasmmg tolalari, 3—tishning aylana bog'lami.
20
Ildizning turli qismi har xil yo‘nalishga ega.
Periodontning qiyshiq tolalari tishni osib qo‘yilgandek
ushlab turadi va tishning vertikal o ‘qi bo‘yicha yoki unga burchak
shaklida yo‘nalgan chaynov bosimini qabul qiladi. Radial yoki
tangensial tolalar tish o ‘z bo‘ylama o ‘qi atrofida aylanganida
ushlab turadi.
Periodont funksiyalari quyidagilardan iborat: Periodont tishni
tish katagida ushlab turish va chaynash vaqtida bosimni tekis
tarqatish (amortizator) funksiyalarini bajaradi. Bundan tashqari,
u tish, lunj to ‘qimalarini oziqlantirish(trofika)da muhim o ‘rin
tutadi va chaynov bosimini reflektor boshqarishda ishtirok etadi.
PARODONT
Parodont to ‘qimasi to ‘qimalar kompleksi bo‘lib, quyidagi
to ‘qimalardan tashkil topgan: milk, alveola o ‘sig‘i, suyak usti
pardasi perio d o n t t o ‘qim asi va ildiz sem enti. P arod on t
t o ‘qim alari b ir-b iri b ilan cham barchas b o g ‘liq b o ‘lib,
anatomik, funksionalvagenetikjihatdanbirbutundir. Parodont
to ‘qimalarining nerv, limfa va qon tomirlari ham bir butundir.
Parodont quyidagi vazifalami bajaradi:
1.Trofik.
2.
Ushlab turuvchi.
3. Amortizatsiyalash.
4. Baryerlik.
5. Plastik.
6. Reflektor regulyatsiya.
Do'stlaringiz bilan baham: |