Kartografiya va geovizuallashtirish



Download 5,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/143
Sana31.12.2021
Hajmi5,08 Mb.
#213978
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   143
Bog'liq
GE-UZ Cartography and Geovisualization Safarov E UZ

4.6. Kartalarni tuzish 
Kartani  tuzish  ishi,  avvalambor,  ma‘lumotlarni  tayyorlashdan  boshlanadi. 
Agar  manba-kartani  masshtabga  keltirish  zarur  bo‗lsa,  uning  proektsiyasini  yoki 
koordinatalar sistemasini o‗zgartirish (tarixiy kartalar uchun), tasnifi va legendasini 
o‗zgartirish  kerak  bo‗lsa,  dastlab  matnli,  jadvalli  va  kartografik  ma‘lumotlarni 
o‗rganish,  qayta  ishlash  va  ularni  foydalanishga  tayyorlash  kerak.  Ma‘lumotlar 
qanday  holatda  va  qay  tartibda  yangi  tuzilayotgan  kartaga  tushirilishi  ko‗rib 
chiqiladi.  
Mavzuli kartani yaratish uning geografik asosini tuzishdan boshlanadi. Bu 
geografik  asosga  bo‗lajak  kartaning  barcha  mazmuni  tushiriladi.  Kartografik 
asosga meridian va parallel to‗ri, suv obyektlarining qirg‗oq chiziqlari, gidrografik 
tarmoqlar,  aholi  yashash  manzilgohlari,  siyosiy-ma‘muriy  chegaralar,  avto-  va 
temir  yo‗llar,  ba‘zan  alohida  hollarda  relef  ham  tushiriladi.  Tuzilayotgan  karta 
mavzusi va oldiga qo‗ygan maqsadiga qarab kartasi tayyorlanayotgan hudud uchun 


 
 
85 
chop  etilgan  kontur  kartalar  (blankovkalar)  yoki  shu  asosni  maromiga  etkazib 
tayyorlash, kerak bo‗lsa, uni generalizatsiya yoki detallashtirish mumkin.  
Keyingi  jarayon  karta  legendasini  tuzish  bo‗lib,  uni  tuzishda  asos  qilib 
kartaga tushirilayotgan voqealar u yoki bu tasnifi olinadi. Kartografik belgilar va 
usullar,  shriftlar  o‗lchamlari  va  turlari  tanlanadi,  pog‗onalar  oraliqlari,  ranglar 
gammasi  hamda  shkalalar  belgilanadi.  Karta  legendasini  ishlab  chiqish  juda 
muhim  jarayon  bo‗lib,  u  qabul  qilingan  tasniflarning  mantiqan  to‗g‗riligini 
aniqlashga  yordam  beradi.  Legenda  kartaning  butun  bor  ma‘nosini 
uyg‗unlashtiradi,  kartada  tasvirlangan  barcha  elementlarni  bir  tizimga  soladi, 
ularning ketma-ketligiga urg‗u berib, sifat va miqdor ko‗rsatkichlari aniq va to‗g‗ri 
ifodalanishini ta‘minlaydi.  
Keyingi  bosqichda  tayyorlangan  kartografik  asosga  kartaning  mavzu 
bo‗yicha  ishlab  chiqilgan  legendasi  tushiriladi.  Kartaning  mavzu  ma‘nosini 
tushirishda  har  xil  usullardan  foydalanish  mumkin.  Masalan,  ba‘zi  elementlar 
ma‘lumotlardan  aynan  nusxa  ko‗chirish  yordamida  tushirilsa,  boshqasi  qo‗lda 
rasmini  chizish  yoki  fotomexanik  proektor  yordamida,  sharoitga  ko‗ra 
koordinatalar  to‗ridan  foydalanib  chizish  yo‗li  bilan  bajarilishi,  koordinatalar 
bo‗yicha tushirilishi mumkin.  
Kompyuter  grafikasidan  foydalanib  tuzilganda,  avvalo,  geografik  asos 
skaner  qilib  olinadi  va  u  kompyuter  ekraniga  yiriklashtirib  chiqariladi.  Shundan 
so‗ng  unga  kartaning  mavzuli  ma‘nosi  kartografik  va  boshqa  ma‘lumotlardan 
masshtabga  keltirish  yoki  qo‗lda  chizish  yo‗li  bilan  tushiriladi.  Raqamli 
ma‘lumotlar (statistik ma‘lumotlar) ma‘lumotlar bazasidan olinadi yoki klaviatura 
yordamida  kiritiladi.  Barcha  kartalar  mazmun  elementlari  qabul  qilingan  karta 
legendasi asosida beriladi. Bir vaqtning o‗zida kartadagi yozuvlar karta ma‘nosiga 
mos holda joylashtirilib yozib beriladi.  
Kartani tuzish vaqtida generalizatsiya jarayoni karta dasturida ko‗rsatilgan 
printsiplar  asosida  olib  boriladi.  Karta  tuzishdagi  asosiy  bosqichlardan  yana  biri 
karta  mazmunini  aks  ettiruvchi  elementlarni  bir-biri  bilan  muvofiqlash,  ya‘ni 
kartada aks ettirilgan mazmunlar bir-birini inkor etmay, aksincha to‗ldirib borishini 


 
 
86 
ta‘minlashdir.  U  barcha  geografik  qonuniyatlarni  va  o‗zaro  bog‗liqlikni  (zonal, 
gipsometrik,  tarkibiy-geologik,  landshaft  va  boshqa),  karta  mazmun 
elementlarining bir-biri bilan uzviy bog‗liqligini, tabiiy chegaralarni va boshqalarni 
hisobga  olish  yo‗li  bilan  erishiladi.  Kompyuter  grafikasi  yordamida  karta 
tuzilganda  ma‘lum  kartografik  qatlamlar    bir-biri  bilan  solishtirilib,  muvofiqlash 
yo‗li bilan erishiladi. Bunda quyidagi muvofiqlashtirish ishlari olib boriladi:  
  geografik asosning alohida elementlarini bir-biri bilan bog‗lash;  
  kartografik asos va karta mavzusi elementlarini muvofiqlash;  
  bir  xil  ma‘noga  ega  bo‗lgan  elementlarni  muvofiqlash  (bitta  mavzuli 
qatlamda); 
  mavzu ma‘nosiga bag‗ishlangan turli qatlamlarni bir-biri bilan muvofiqlash;  
   atlas yoki tizimli kartalardagi har xil kartalarni bir-biri bilan muvofiqlash. 
Kartani  tuzish  ishlarini  faqat  kartografiya  mutaxassislarigina  emas,  balki 
karta mavzusi bo‗yicha ishlaydigan mutaxassislar ham bajaradilar. Ular dastlabki 
ma‘lumotlarni qayta ishlab taqdim etadilar, keyinchalik bu ma‘lumotlar kartografik 
jihatdan  qayta  ishlanadi.  Quyida  mualliflik  va  karta  tuzish  hujjatlari  turlari 
keltirilgan:  

Download 5,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish