Geometrik qiyofasini (tashqi ko`rinishini,
konturini)
soddalashtirish (o`zgartirish,
osonlashtirish) tasvirni mayda-chuyda
detallaridan, konturlarni uncha katta bo`lmagan
burilishlaridan voz kechish, chegaralarni
to`g`rilash va sh.k. Shunday, daryolarni va
qirg`oq chiziqlarini uncha katta bo`lmagan egri-
bugri joylarini to`g`rilanadi, gorizontallarni egik,
bukik joylarini chiqarib yuboriladi, geologik
chegaralarni qiyofasini (ko`rinishini)
soddalashtiriladi va h.k. Shu bilan birga, lekin,
soddalashtirish yuzaki, yengil-elpi bo`lmasligi
kerak. Norvegiyaning mayda masshtabli
Kartasida fiord qirg`oqlarini to`g`ri
umumlashtirish qirg`oq qiyofasi suratini
mexanik tekislash emas, balki Skandinaviya
yarim oroli qirg`oqlarining haqiqiy qiyofasini aks
ettirishdan iborat (36-rasm).
Konturlarni birlashtirish
- generalizatsiyani
geometrik namoyon bo`lishining bittasi ajratib
olingan konturlarni gruhlash bilan bog`liq.
Kartada konturlar birinchidan sifat va miqdor
gradatsiyalarini umumlashtirish va legendani
bo`linishlarini yiriklashtirish natijasida,
ikkinchidan esa, bir qancha mayda-chuyda
konturlarni bir biriga qo`shilib, bitta ancha yirik
kontur hosil qilish oqibatida sodir bo`ladi.
Shunday, birorta foydali qazilma konlarini
alohida, uncha katta bo`lmagan arealini
generalizatsiya davomida bitta yagona areal qilib
qo`shib yuborilishi mumkin.
GENERALIZATSIYANI ANIQLIGI VA SIFATI.
Generalizatsiyani
aniqligi va sifati
ikkita jihatdan baholanadi: Kartani geometrik aniqligi nuqtai
nazaridan va Kartani mazmunini ishonchliligi tomonidan.
Geometrik aniqlik
- bu Kartadagi alohida nuqtalarni va ob'ektlarni ularni haqiqiy holatlariga
moslik darajasini tavsiflovchi miqdoriy o`lchov. Geometrik aniqlik Kartani joy bilan yoki yirik
masshtabli manbalar bilan taqqoslaganda aniqlanilishi mumkin.
Kartani mazmunan ishonchliligi
- bu real borliqni kartografik tasvirini uni asosiy, tipik
xususiyatlarini va ob'ektlar o`rtasidagi o`zaro aloqadorligini hisobga olgan holda mos kelishini
sifatli baholash demakdir.
Har xil joylashgan hodisalarni (ob'ektlarni) generalizatsiya qilish.
Punktlarga joylashtirilgan (joylashgan)
ob'ektlar ularni sifat va miqdor tavsiflarini senzlar va
tanlab olish normalarini qo`llab generalizatsiya qilinadi.
Chiziqlarga joylashtirilgan (joylashgan)
ob'ektlar ham generalizatsiya jarayonida senzlar va
normativlarga mos holda tanlab olishni, sifat va miqdor tavsiflarini umumlashtirishni boshidan
kechiradi. Chiziqli ob'ektlarni (elementlarni) generalizatsiya qilishni muhim elementi bo`lib
ularni suratlarini to`g`rilash va soddalashtirish. mayda-chuyda egik-bukiklardan voz kechish
(saqlab qolishda va hatto ayrim tipik detallarini alohida qilib, bo`rttirib ko`rsatishda ham)
hisoblanadi.
Generalizatsiyani
aniqligi va sifati
Chiziqli ob'ektlarni generalizatsiya
qilish har doim ularni kengligini haqiqiy o`lchamlari
bilan taqqoslaganda bo`rttirib (oshirib, ko`paytirib) berish bilan bog`liq, qaysiki ilojsiz
(muqarrar ravishda) geometrik aniqlikni buzishga olib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |