Kartalarni maqsadi
Kartalarni maqsadi.
Kartalarda faqat ularni maqsadiga mos keladigan ob'ektlargina ko`rsatiladi. Kartani
maqsadiga javob bermaydigan boshqa ob'ektlarni tasvirlash Kartani idrok qilishga xalaqit qiladi, u bilan
ishlashni qiyinlashtiradi. Masalan, o`quv ma'muriy Karta auditoriyada (xonada) namoyish etish uchun
ishlatiladigan bo`lsa, u holda unda faqat mazmunni eng muhim elementlari saqlab qolinadi. qaysiki ularni
ortiqcha detallashtirib yubormasdan, ancha yirik umumlashtirish bilan, yiriklashtirilgan ko`rinishda
tasvirlanadi. Agar ma'muriy Karta zarur ma'lumotnoma maqsadida tuzilgan va stol ustida foydalaniladigan
bo`lsa, u holda ma'muriy bo`linish, aholi punktlari, aloqa yo`llari haqida mazkur masshtab uchun
maksimum mumkin bo`lgan hajmdagi informatsiyaga ega bo`lishi kerak.
Kartani masshtabi
.
Generalizatsiyaga masshtabni ta'siri shunda namoyon bo`ladiki, ancha yirik tasvirdan mayda tasvirga
o`tishda tasvirlanayotgan hududni o`lchamlari qisqaradi. (Masalan, yer yuzasidagi 1 km² maydon 1:1 000
masshtabli Kartada 1 m², 1: 10 000 masshtabda 1 dm² , 1:100 000 masshtabda 1 sm² va nihoyat 1:1 000
000 masshtabli Kartada esa atigi 1 mm² ga teng bo`ladi xolos). Ancha mayda masshtabda asos qilib olingan
yirik masshtabli Kartada bo`lgan hamma mayda-chuyda detallarni va tafsilotlarni tasvirlash mumkin emas,
shuning uchun ularni saralash, umumlashtirish, qolganlarini chiqarib tashlash zarur bo`ladi. Kartani
masshtabini qisqarishi bilan, fazoviy qamrab olish oshadi, u ham generalizatsiyaga ta'sir qiladi, yirik
masshtabli Kartalar uchun muhim bo`lgan ob'ektlar (masalan, mahalliy oriyentirlar) mayda masshtabli
Kartalarda o`z ahamiyatini yo`qotadi va shunday ekan ular chiqarib tashlanishi lozim
MASSHTAB O`ZGARISHI BILAN AHOLI PUNKTLAINI GENERALIZATSIYA QILISH MISOLIDA ALOHIDA OB'EKTLARNI
ULARNI JAMLOVCHI BELGILAR BILAN ALMASHTIRISH:
A- ALOHIDA BINOLAR (MASSHTAB 1: 10 000); B- KVARTALLAR (MASSHTAB 1: 50 000); V- UMUMIY KONTUR
(MASSHTAB 1: 300 000); G-PUNSON (MASSHTAB 1: 1 000 000)
. Kartani mavzui va tipi Kartada qaysi elementlarni
ancha mufassal, qaysilarini esa ancha sezilarli darajada
umumlashtirib tasvirlash kerakligini belgilaydi. Shunday,
geologik yoki tuproq Kartasida gidrografik to`rni aniq
tasvirlash muhim, lekin yo`llarni va aholi punktlarini,
kuchli generalizatsiya qilish mumkin, ma'muriy
chegaralarni esa butunlay tushirib qoldirish mumkin.
Lekin, iqtisodiy mavzudagi Kartada buni teskarisi aholi
punktlarini, aloqa yo`llarini va ma'muriy bo`linishni
mufassal ko`rsatish zarur. Xuddi o`sha paytda kema
qatnovi uchun muhim bo`lgan daryolarni saqlab qolib
qolgan gidrografik to`rni esa generalizatsiya qilib
ko`rsatsa bo`ladi.
Kartani mavzui va tipi
XARITAGA OLINAYOTGAN OB'EKTNI (YOKI
HUDUDNI) XUSUSIYATLARI.
Ushbu omilni generalizatsiyaga ta'siri Kartada o`sha
ob'ektni yoki hududni o`ziga xos xususiyatlarini aks
ettirish, eng harakterli elementlarni berish zaruratida
ko`rinadi. Masalan, qurg`oqchil dasht yoki chala
cho`l rayonlarda hamma mayda ko`llarni ko`rsatish
juda muhim, ba'zan generalizatsiya vaqtida ularni
hatto kattalashtirib beriladi. Ko`l ko`p bo`lgan
tundra landshaftlarida ko`llardan ayrimlarini tushirib
qoldirsa ham bo`ladi, ammo bunda hududni
serko`lligini saqlab qolib uni to`g`ri aks ettirish
kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |