Karst g’orlari va ularning hosil bo’lishi Karst jarayoni va g’orlar haqida tushuncha



Download 52,5 Kb.
Sana26.05.2022
Hajmi52,5 Kb.
#610406
Bog'liq
karst va psevdo karst suffoziya


Reja:



  1. Karst g’orlari va ularning hosil bo’lishi

    1. Karst jarayoni va g’orlar haqida tushuncha

    2. G’orlarning tekshirilish tarixi

    3. O’rta Osiyo hududidagi karst g’orlarining tarqalishi




  1. Karst g’orlarining hosil bo’lishi va tarqalishidagi geografik qonuniyatlar




    1. Karst g’orlarining hosil bo’lishidagi va tarqalishidagi asosiy omillar




    1. G’orlarning morfologik tuzilishi




    1. Qashqadaryo viloyatida karst g’orlarining tarqalishining geografik qonuniyatlari




    1. G’orlardan foydalanishning geografik jihatlari va ularni muhofaza qilish

G’orlar qadim zamonlardanoq kishilarni sirligi va mo`jizaga boyligi bilan o`ziga maftun etib kelgan ammo o`sha davrlarda g`orlarning o`ziga xos tabiati kishilarni cho`chitgan shuning uchun xam tabiatning bu mo`jizasi haqida ko`pdan ko`p afsona va rivoyatlar tarqalgan.
Insoniyat tarixida g`orlar muhim o`rin tutadi, chunki dastlabki davrlarda inson o`z qarorgohlarini g`orlarda barpo etgan va insoniyat madaniyati ham birinchi marta g`orlarda yuzaga kelgan. Qadimgi haykaltaroshlik, berelyeflar va ajdodlarimiz tomonidan ularning devorlarga chizilgan turli rasmlar shulardan dalolat beradi. Yer sharida g`orlar juda keng tarqalgan: ba`zi rayonlarda uzunligi bir o`n va yuz kilometr, chuqurligi esa ming metrdan ziyodroq ko`pgina g`orlar topilgan. Ularning ichida uzun-uzun yer osti daryolari, ularda ko`plab sharsharalar, katta kichikligi va chuqurligi xar xil yer osti ko`llari, tosh va muzliklardan yasalgan ajoyib ko`rinishga ega bo`lgan shakllarni kuzatishgan. G`orlar o`zining go`zaligi, g`aroyibligi bilan chindan xam kishini ajablantiradi va o`ziga maftun etadi. Yer ostida xosil bo`lgan g`orlar juda ko`p mutaxassislarni qiziqtirib kelgan. Ular ichida xosil bo`lgan va yig`ilib qolgan turli foydali qazilmalar geologlarni: yer ustiga buloq sifatida chiqayotgan zilol, mineral va termal suvlar gidrogeologlarni: turli gidrotexnik va boshqa inshootlarga xavf solganligi uchun injener-geolog, gidrotexnik va quruvchilarni: qadimda yashagan kishilar va xayvonlarning suyaklari xamda turli qoldiqlari topilganligi uchun paleontologlarni, antropologlarni, arxeologlarni: shifobaxshlik xususiyatiga ega bo`lganligi uchun mediklarni va boshqa mutaxassislarni o`ziga jalb qiladi.
O`rta osiyo, shu jumladan O`zbekiston karst g`orlari keng tarqalgan o`lkalaridan biri xisoblanadi. Shuning uchun ularga qiziqish juda qadim zamonlardan boshlanib, to xozirgi kunlargacha davom etmoqda. O`rta Osiyo g`orlarini o`rganish ayniqsa, 60 yillardan boshlab avj olib ketdi. Natijada O`rta Osiyo g`orshunoslari tomonidan ko`plab g`orlar topildi. Xozir O`rta Osiyoda 1800 dan ziyod g`orlar borligi aniqlangan va ular tekshirilgan.Shulardan 1000 ga yaqini mamlakatimiz hududida joylashgan.
G`orlarning xosil bo`lishi juda murakkab geologik jarayondir. Bu jarayonni karstshunoslik deb ataladigan fan asosida vujudga kelgan speleologiya fani o`rganadi. Speleologiya so`zi lotin tilidan olingan bo`lib, spulinsa –g`or degan ma`noni beradi. Bu nom fanga 1890 yilda frantsuz Ye. Rivera tomonidan kiritilgan. Geoglogiya va geografiya fanlaridan ajrab chiqqan bu fan g`orlarning hosil bo`lishi, tuzilishi, tarqalishi, iqlimi, o`simlik va xayvonot dunyosi, ularning ichida hosil bo`lgan turli tuman xosilalar, yani yer osti landshaftini o`rganadi.
Bizning davlatimiz dunyodagi xilma – xil tabiiy yodgorliklarga boy mamlakatlardandir. Davlatimiz tomonidan ularni muhofaza qilishga alohida ahamiyat qaratib kelinmoqda, sohaning mustahkam huquqiy asoslari yaratilib, zamon talablari asosida yanada takomillashtirilib borilmoqda. BMTning “ Butunjahon madaniy va tabiiy yodgorliklarini muhofaza qilish va undan foydalanish to’g’risidagi” hamda “ Muhofaza qilinadigan tabiiy hududto’g’ridagi” sohani isloh qiladigan qonunlar qabul qilindi. SHundan kelib chiqqan holda bitiruv malakaviy ishning dolzarbligini bildiradi.
Bitiruv malakaviy ishining maqsadi karst g`orlarini taxlil qilishidir. Shuningdek tog`lar landshaftlarining shakllanishida insonning xo`jalik faoliyatiga xam etibor qaratiladi. karst jarayonlari rivojlangan hududlarda tabiiy xodisalarni oldini olinishini tabiatdan foydalanish borasidagi ahamiyatini bayon qilishga qaratiladi.

Bitiruv malakaviy ishining vazifalari quyidagicha:


-karst jarayonlarini yuzaga kelishi sabablarini o`rganish;
-Karst g`orlarining hosil bo`lishi va tarqalishini o`rganish;
-O`rta Osiyodagi, jumladan Qashqadaryo viloyatida joylashgan tog`larni tahlil qilish;
-Karst g`orlarini hosil bo`lishidagi asosiy omillarni o`rganish;
-tabiatdan foydalanishdagi karst g`orlarining ijobiy va salbiy hususiyatlarini o`rganish;
-G`orlardan foydalanish natijada uning landshaftini muhofaza qilish;
-Karst g`orlarini geografik tarqalishi qonuniyatlarini tahlil qilish va tavsiflashdan iborat.
Bitiruv malakaviy ishini bajarishda tabiiy jarayonlarga bag`ishlangan va g`orshunoslik (speleologiya) ga oid maxsus adabiyotlardan, ilmiy to`plamlardan, kartografik materiallardan, hamda amaliyot davomida olingan malumotlar va kuzatishlar asosida tayyorlandi. Shuni qayd etish lozimki, Respublikamiz Prezidenti I.A Karimovning
“Mustaxkam oila” yili dasturi hamda Qashqadaryo viloyati hokimi T.Jo`raevning viloyat tuman va qishloqlarini iqtisodiy va ma`naviy jihatdan rivojlantirish uchun qabul qilingan maxsus qaror va dasturlari bu hududning tabiiy resurslaridan oqilona foydalanishni taqozo etadi.
Bitiruv malakaviy ishining obekti va predmeti quyidagilardan iborat karst g`orlarini va ularning tarqalishini o`rganish.
G`orlarning hosil bo`lishining sabab va oqibatlariini tahlil qilish va viloyat g`orlarining hosil bo`lishini geologik qonuniyatlarini o`rganishdan iborat.

Karst g’orlari va ularning hosil bo’lishi



    1. Karst jarayoni va g’orlar haqida tushuncha.

G’or deganda umuman yer qarida har xil yo’nalish bo’ylab tarqdaalgan va odam kirishi mumkin bo’lgan yer osti bo’shliqlari tushuniladi

O’RTA OSIYODA KARSTNI RAYONLASHTIRISH TAMOYILLARI


Karst tabiatning murakkab jarayonlaridan biri bo’lganligi sababli uni rayonlashtirishda karstshunoslar turli tamoyollarni qo’llaganlar. karstni rayonlashtirishda N.A.Gvozdetskiy (1) hududning geologic tuzilishi va tabiiy geografik xususiyatlarini, G.A.Maksimovich (2), N.V.Rodinov (3), A.G.Chikishev (4) geologik – tektonik tuzilishini, B.A.Feodorovich (5) iqlim sharoitini e’tiborga olinishini taklif qilganlar.
O’rta Osiyo karst jarayonlarining tarqalishi va rivojlanishi haqidagi ma’lumotlar bu hudud karstini rayonlashtirishda turli tezlikda rivojlanayotgan har xil bosqichdagi morfostrukturalarni e’tiborga olishni taqozo qiladi.
O’rta Osiyo hududida karst jarayonlari asosan ko’tarilgan (musbat) morfostrukturalarda tarqalgan. Karst jarayonlarining rivojlanishida (manfiy) cho’kkan morfosturuktutalarning ahamiyati ham katta. Chunki musbat morfostruktutalarda yer osti suvlarini sirkulyatsiyasida manfiy morfostruktutalar qulay sharoit yaratadi. Shunday qilib, O’rta Osiyoda karst jarayonlari tarqalgan hududlar asosan morfostrukturalar bilan bog’liq, shuning uchun karstni rayonlashtirishda uning geomorfologik tuzilishini asosiy omil qilib olish maqsadga muvofiq.
O’rta Osiyo karstini rayonlashtirishda taksonomik birliklar sifatida quyidagilar ajratiladi: karst o’lkasi, karst oblasti, karst provinsiyasi, karst kichik provinsiyasi, karst okrugi va karst rayoni (M. Mamatqulov 2009.).
O’rta Osiyo hududi boshqa hududlardan karstning tarqalishi va rivojlanishi jihatidan ancha farq qiladi. Bu hududda avvalo, paleogeografik taraqqiyoti va relyefining shakllanishi jihatidan bir-biri bilan bog’liq tekisliklar va tog’ tizimlari mavjud, shu bilan birga karst hududning arid va semiarid iqlimli sharoitida rivojlanib bormoqda. M. Mamatqulovning yozishicha, O’rta Osiyo karst o’lkasida yirik morfostruktutalar (tekislik platforma tipidagi. gumbazsimon – palaxsa tipidagi qayta ko’tarilgan tog’lar, gumbazsimon – burmali tipidagi yosh tog’lar) kelib chiqqanligini inobatga olib tog’li va tekislik karst oblastlariga ajratgan. Ushbu morfostruktutalar bir – biridan geologik – tektonik sharoiti (postplatforma orogeni, epigersin platformasi), iqlim sharoiti kasrtlanuvchi tog’ jinslarining joylanishi, yoshi bilan farq qilishi bayon qilingan.
Tog’li va tekislik karst oblastlarida karst jarayonlari bir – biridan farqlanuvchi geologik - tektonik sharoitda, turli yoshdagi tog’ jinslarida rivojlanib bormoqda. Bu esa karstning har xil litologik tiplarini kelib chiqishiga, karst relyef shakllarining rivojlanishiga katta ta’sir ko’rsatadi. Yuqoridagilarni e’tiborga olib, O’rta Osiyo tog’li oblastida 2 ta karst provinsiyasi: O’rta Osiyoning sharqiy qismidagi paleozoyda burmalangan tog’lar (gumbazsimon – palaxsa tipidagi qayta ko’tarilgan tog’lar morfostruktutasi), O’rta Osiyo janubidagi alp burmalanishidagi tog’lar (gumbazsimon – burmali tipidagi yosh tog’lar morfostruktutasi), tekislik oblastida esa bitta karst provinsiyasi: Turon plitasi (tekis platforma tipidagi morfostruktuta) ajratilgan. Demak, bu karst provinsiyalarida karst jarayonlari turli tektonik, geomorfologik, iqlim sharoitida va turli yoshdagi tog’ jinslarida rivojlanmoqda.
Ajratilgan karst provinsiyalar tektonik sturukturalar yoshi, morfostruktutalarning katta – kichikligi, karst jarayonlarining rivojlanish tezligiga qarab alohida kichik karst provinsiyalariga ajratilgan. Kichik karst provinsiyalarida karst jarayonlari turli burmalanish (kaledon, gersin), paleozoygacha va paleozoy davrlariga mansub karbonat tog’ jinslari, ikkinchi darajali morfostruktutada rivojlanmoqda. O’rta Osiyoning sharqiy qismidagi paleozoyda burmalangan tog’lar provinsiyasida Shimoliy Tyanshan, Markaziy Tyanshan, G’arbiy Tyanshan kichik karst provinsiyalarini ajratilgan bo’lib, ular kaledon va gersin davrlarida burmalangan. Karst jarayonlari paleozoygacha va paleozoy davrlari karbonatli tog’ jinslarida rivojlanmoqda. O’rta Osiyoning janubidagi alp burmalanishiga mansub tog’lar provinsiyasida Pomir, Hisor – Tojikiston, Turkman – Xuroson kichik karst provinsiyalari mavjud bo’lib, bular alp burmalanishi davrida shakllangan, karst jarayonlari mezozoy va kaynozoy davri karbonat va galogenli tog’ jinslarida rivojlanmoqda. Bu kichik karst provinsiyasida karbonat, sulfat va tuzli karst tiplari bilan birga gidrotermal karst shakllari uchratiladi. Turon plitasi provinsiyasida Qizilqum, Ustyurt, Mang’istov kichik karst provinsiyalari bo’lib, karst jarayonlari asosan kaynozoy davri karbonat va galogenli tog’ jinslarida rivojlanmoqda. Qizilqum kichik karst provinsiyasida karst past tog’larda, hamda paleozoy poydevorida turli chuquqrliklarda mavjud. Mang’istov kichik karst provinsiyasida dengiz karsti ham tarqalgan.
Kichik karst provinsiyalarida karst okruklari ajralgan bo’lib, ular uchunchi darajali morfostruktutalarda tarqalgan va karstlanuvchi tog’ jinslari karstlanmaydigan tog’ jinslari bilan ajratilgan. Shuning uchun karst okruklarini ajratishda karst jarayonlarining uzilib – uzilib tarqalganligi inobatga olindi. Har qaysi kichik karst provinsiyasida bir qancha karst okruglari mavjuddir. Masalan, Tyanshan kichik karst provinsiyasida Ketmon – Iliorti, Qirg’iz, Markaziy Tyanshanda Sarichat – To’xtag’ul, G’arbiy Tyanshanda Bauboshota, Qoratau, Hisor – Oloyda, Oloy –Trkiston, Nurota, Hisor – Zarafshon, Pomirda Shimoliy Pomir, Sharqiy Pomir, G’arbiy Pomir, Hisor – Tojikistonda Janubiy Tojikiston, Hisorning Janubi –g’arbiy tarmoqlari, Turkmaniston –Xurosonda Kopetdog’, Qizilqumda Markaziy Qizilqum, Ustyurtda Shimoliy Ustyurt, Markaziy Ustyurt, Janubiy Ustyurt,Mangiztayda tekislik Mangistau, tog’li Mangistau.
Har qaysi karst okrugida bir nechta karst rayonlari mavjud bo’lib, bularni ajratishda karstlanuvchi tog’ jinslarining litologik tarkibi, yoshi va maydoni, karstning morfologik tiplari, shakllari: yer usti ( karrlar, karst voronkalari, botiqlari) yer osti ( karst quduqlari, shaxtalari, g’orlari), chuqur va ko’milgan karst mavjudligi e’tiborga olindi.
Shunday qilib, O’rta Osiyo karst o’lkasi hududida 3 ta karst provinsiyasi, 10 ta kichik karst provinsiyasi, 20 ta karst okrugi va 104 ta karst rayonlari ajratildi. Karst jarayonlari bilan bog’liq amaliy muammolarni hal qilish uchun har qaysi karst rayonlarida tegishli dala ishlari olib borilib, karst maydonlarini aniqlash kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Гвоздецкий Н. А. Проблемы изучения карста и практика. Москва. « Мысль»,1972

  2. максимович Г.А. Распространение и районирование карста СССр. Гидрогеология и картоведение. Вып, 1, Пермь, 1962,

  3. Родионов Н.В. Карст. Европейской части СССР, Урала и Кавказа. Москва, Госгеольехиздат, 1963.

Download 52,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish