Karlibaeva R. H., Tashhodjaev M. M., Axunjonov U. M. Korporatsiyalar moliyаsi oliy ta'limning 340000 «Biznes va boshqaruv»



Download 1,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/64
Sana02.04.2022
Hajmi1,05 Mb.
#524972
TuriУчебное пособие
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   64
Bog'liq
Korporatsiyalar moliyasi. Karlibaeva R.X 2011.

Ikkinchidan,
menejer kompaniya uchun ana shu sharoitda ehtimoli bo’lgan 
valyuta xavfini tahlil qilishi shart. Buning uchun quyidagilarni aniqlashi lozim. 

O’zbekiston Respublikasining milliy valyutasini AQSh dollariga almashtirish 
kursi qanday? 

Zavod o’zining mahsulotini eksport qilishi mumkin bo’lgan boshqa Markaziy 
Osiyo va Rossiya mamlakatlari valyutasi bilan O’zbekiston Respublikasining 
milliy valyutasi so’mning almashtirish kurslari qanday? 

Kelgusidagi davrlar uchun milliy valyutaga nisbatan xorijiy mamlakatlarning 
valyutalarini almashtirish kurslari bo’yicha stavkalariga taalluqli taxminlar 
qanday? 

Yuqorida keltirilgan valyuta almashtirishdagi xavf-xatarlarni 
xedjirlash
uchun 
qanday moliyaviy vositalar va qo’llanmalar mavjud? 
Yuqoridagi xavf – xatar omillari baholangandan so’ng menejer, dollarlar 
bilan hisoblangan barcha joriy qiymatlar yig’indisini hisobga olgan holda 
xedjirlashga ketadigan xarajatlarni hisoblashga kirishadi. 
Uchinchidan, 
menejerdan mazkur loyihaga aloqador bo’lgan barcha 
davlatlardagi inflyastiyaning o’sish sur’ati va foiz stavkalarini o’rganish talab 
qilinadi. Buning uchun menejer quyidagilarni bilishi kerak: 

qaysi davlatlardan sarmoya jalb qilish mumkin; 

qancha mablag’ni qarz hisobiga va qanchasini ta’sischilar sarmoyasi 
hisobiga olish mumkin? 

qarzga olingan mablag’ni qancha muddatda qaytarish qulay? 

Kompaniya qarzni evroda olishi kerakmi yoki milliy valyutadami? 


91 

Zavodni qurib ishga tushirish bilan bog’liq operastion xarajatlar qancha 
miqdorga oshishi mumkin? 

Raqobatchilar taklif qiladigan narx tez orada shu darajaga o’sishi 
mumkinmi? 
Yuqoridagilardan, asabi sust va malakasi yo’q kishilar uchun ko’p millatli 
biznesning ularga xos emasligi ko’rinib turibdi. Shu bilan birga hozirgacha birorta 
loyihaning potenstial samarasi uning xarajatlari va xatarlaridan oshmaydi, shuning 
uchun kompaniyalar ko’p millatli biznesni tashkil qilish bilan bog’liq bo’lgan 
xarajatlar va qiyinchiliklardan uzoqlashishga harakat qiladilar. 
Bunday holda, xalqaro moliyaga oid bilimlar xalqaro operastiyalarga xos 
bo’lgan xavf – xatarlarni nazorat qilish, xarajat va daromadlarni baholash kalitidir. 
Import va eksportchilar.
 
Faraz qilaylik, traktor ehtiyot qismlarini ishlab 
chiqaruvchi Amerika kompaniyasi xorijiy mamlakatlarida o’z faoliyatini 
kengaytirish imkoniyatiga ega emas va u faqat hozirda mavjud bo’lgan ishlab 
chiqarish imkoniyatlarini rivojlantirish hisobiga mahsulotni Markaziy Osiyo 
mamlakatlariga eksport qilishning maqsadga muvofiqligini ko’rib chiqadi. Albatta, 
bu holatda unga xalqaro moliya bo’yicha egallagan bilimlari yordam beradi.
Eksportni ta’minlash bo’yicha mavjud quvvatlarni oshirish muammosini hal 
etish uchun kompaniya rahbariyatidan Markaziy Osiyo va Amerika Qo’shma 
Shtatlari valyutalarining o’zaro almashtirish kurslarining kelgusi taxminini bilish 
talab qilinadi. Yuqorida keltirilgan misolda biznes-loyihani realizastiya qilish 
xarajatlari dollarda, sotilgan detallardan keladigan tushum esa, masalan 
Qozog’istonda - tengeda amalga oshirilishi mumkin. Tengedagi tushumni qancha 
AQSh dollariga konvertastiya qilish mumkin? Kelgusi almashtirish kurslari bilan 
bo’lgan xavf – xatarni nazorat qilish mumkinmi? Kompaniyaning AQShdagi 
xarajatlarini inflyastiya qay darajada oshiradi? Inflyastiya Qozog’istondagi 
narxlarni qanchaga oshiradi? Ushbu sohada ishlayotgan menejerdan yuqoridagi 
savollarga javob tayyorlash va ko’rsatilgan xatarlarni nazorat qilish usulllari ishlab 
chiqish talab etiladi. 
Traktor ehtiyot qismlarining Markaziy Osiyoga importi bilan ish olib borish 
kredit xatarini yana ham oshiradi. Bu holda savdo krediti uchun moliyalashtirishni 
kim amalga oshiradi? Savdo kreditni dollarda yoki chet el valyutasida hisoblash 
kerakmi? Tovarlarga ular etkazib berilgunga qadar kim egalik qiladi? Okean orqali 
etkazib berish bilan bog’liq bo’lgan xatarlar qanday? Buyurtmani qabul qilish va 
unga to’lovlarni amalga oshirish davrida valyuta almashtirish kurslarni o’zgarishi 
bilan bog’liq bo’lgan xatarlarga kim javob beradi, importchilarmi yoki
eksportchimi? Menejer bevosita bu savollarga eksport quvvatini oshirish 
to’g’risida qaror qabul qilishdan oldin javob topishi lozim. 
Ravshanki, xalqaro moliyaning barcha murakkabliklarini bilmaslik, ko’p 
tadbirlarni eksport foydasidan voz kechishga majbur qilishi mumkin. Bunday 
imkoniyatlarni inkor qilish natijasida yo’qotishlar doim o’sib boradi. 1960 yilda 
xalqaro eksport umumjahon milliy ishlab chiqarishning faqatgina 10 foizini 
tashkil qilgan. Bugun bu ko’rsatkich 20 foizni tashkil etdi. Bundan tashqari,
xalqaro moliya prinstiplari va metodlarini o’rganish uchun eksportga xos bo’lgan 
ishlab chiqarish miqyosida iqtisodiy qonunlarni bilish alohida ahamiyatga ega. 


92 
Xalqaro raqobat.
 
Garchi ayrim biznesmenlar xalqaro moliya prinstiplarini 
uning murakkabligi sababli tushunishni xohlamasalar-da, hozirgi zamonaviy 
iqtisodiyotda bunday kishilar soni tobora kamayib bormoqda. Faraz qilaylik, 
traktor ehtiyot qismlarini ishlab chiqaruvchi kompaniyamiz xalqaro faoliyat bilan 
shug’ullanishga qaror qildi. Biroq bu vaziyatda kompaniya rahbariyati xalqaro 
siyosiy yoki kredit xatarlari ustida bosh qotirmasdan, almashtirish kurslarining 
mohiyati va uni foiz stavkalari va inflyastiya sur’ati bilan bog’liq tomonlarini
bilmasdan turib, foydaga erishishlariga umid qilishlari mushkuldir. 
Biznesmen har qanday biznes tarmog’ining raqobatbardoshligi to’g’risida 
qayg’urishi lozim. Bugungi kunda ham potenstial, ham avval mavjud bo’lgan 
xorijiy raqobatchilarni bevosita hisobga olish zarur. Tashqi savdo bo’lmagan holda 
raqobat tovarlarni yangilash, ularning sifati, taqsimlash texnologiyasi va bahosi 
sohalariga qaratiladi. Alohida mahalliy firmalar nazorat qila olmaydigan chet el 
raqobatchilari buni yangi xavf – xatar omillari musobaqasiga aylantirishlari 
mumkin.

Download 1,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish