Ikkinchi bosqich
.
Korxona faoliyati bilan bog’liq omillar, kuchli va
kuchsiz tomonlari, biznes – jarayonlar, imkoniyatlar va xavfni, bozor segmenti,
bozor potenstiali (talab va taklif, iste’molchilar va ta’minlovchilar, strategik
hamkorlar), ixtisoslik, raqobatchilar, joriy strategiya va o’z faoliyatini saqlab
qolish strategiyasi tahlil qilinadi.
Uchinchi bosqich
.
Restrukturizastiya qilish dasturini ishlab chiqish, u
quyidagilarni: biznes – reja, biznes – birlikning yangi funktsiyasiga tavsif, biznes
– jarayonlarga tavsif, hisob tizimi, xodimlar rejasi, turli strategiya va modellar
o’zida mujassamlashtirgan bo’lishi kerak. Restrukturizastiya qilish dasturi va
konstepstiyasini ishlab chiqish bozor segmentiga asosan olib borilib, muhim
segmentlar tahlil qilinadi, foydasiz bozor segmentlari va foydali bo’lgan yangi
segmentlar aniqlanadi, so’ng tarkibida eng optimal asosiy bo’limlarga ega bo’lgan
korxona tuzilmasini tashkil etish uchun biznes – birliklarni strategik guruhlash
amalga oshiriladi va oxirida istiqbolli bo’limlarning biznes – rejalari taklif etiladi.
To’rtinchi bosqich
.
Batafsil yoritilgan rejalar, xodimlarni xabardor qilish,
ishlab chiqarish va moliyalashni restrukturizastiya qilish bo’yicha rejalashtirilgan
tadbirlarning bajarilishi, muddatlarini nazorat qilishni o’z ichiga olgan
restrukturizastiya qilish dasturi amalga oshirish.
Restrukturizastiya qilish jarayonining murakkabligi izlanish ob’ektining
konsteptual murakkabligidan kelib chiqadi. Hatto uncha katta bo’lmagan
korxonalar uchun ham barcha tafsilotlarni ko’rish qiyin, yirik kompaniyalar uchun
esa ishonch bilan aytish mumkinki, rahbariyatdan hech kim barcha tafsilotlarni
qamrab oluvchi aniq tasavvurga ega emas. Ehtimol aynan ushbu omil natijasida
ko’pincha restrukturizastiya qilish jarayoni muvaffaqiyatli yakunlanmaydi. Taklif
etilayotgan restrukturizastiya qilish dasturi biznes mulkdorlari manfaatlarini aks
ettirishga yo’naltirilgan, haqiqatda ham u yoki bu korxonaning o’z kapitaliga
investistiya qilishga qaror qabul qilganda korxonaning investistion jozibadorligini
belgilaydilar va birinchilardan bo’lib investistiya qilingan mablag’larini
yo’qotishlari mumkin. Nol qiymat strategiyasi (tashqi boshqaruvning turlaridan
biri) va qiymatni maksimallashtirish (mulkdorlar manfaatlarini himoya qilish
sharti bilan) korxonaning investistion jozibadorligi oshirish va tang holatdan
chiqib ketishning alternativ konstepstiyasi sifatida qaralishi kerak, bunda
boshqaruv qarorlarini qabul qilishda asosiy mezon sifatida risk va
restrukturizastiya qilishning moliyaviy imkoniyatlari qaralishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |