47
Loyiha risklarini tadqiq qilish sohasidagi xorijiy adabiyotlar tahlili mavjud
uslublarni va ular bilan bog’liq modellarni quyidagi yo’nalishlar (yondashuvlar)
bo’yicha tasniflashga imkon beradi:
A. Ehtimollilik taqsimotlarining jalb etilishiga qarab:
1) ehtimolliliklar taqsimotlarini hisobga olmaydigan uslublar;
2) ehtimolliliklar taqsimotlarini hisobga oladigan uslublar.
B. O’zgaruvchan ko’rsatkichning har bir alohida mohiyatini amalga oshirish
ehtimolligini hisobga olish va ehtimolliliklar taqsimotlarini hisobga oladigan
tahlilning butun jarayonining o’tkazilishiga qarab:
1) ehtimollilik uslublari;
2) tanlash uslublari.
V. Ko’rilgan model bo’yicha natijalovchi ko’rsatkichlarni
topish usullariga
qarab:
1) tahlilchilik uslubi;
2) imitastion uslub.
Har bir stoxastik kattalik uchun uning faqat bir mohiyati olinishi A
yondashuvining belgisi hisoblanadi; riskni ekzogen o’zgaruvchi bilan bu tarzdagi
«quyiltirish»dan maqsad – aniqlik vaziyatida hech qanday o’zgarishlarsiz tahlil
etish uchun ishlab chiqilgan uslublarni qo’llanish imkoniyatiga ega bo’lishdir.
B yondashuvi uchun tuzilgan model bo’yicha
hisob-kitoblarning natijasi
natijalovchi o’zgaruvchining alohida mohiyati emas, balki ehtimolliklarning
taqsimotidan tashkil topadi.
Ehtimollilik uslublari modelning qurilishi va u bo’yicha hisob-kitoblar
ehtimollar nazariyasi tamoyillariga muvofiq amalga oshiriladi, deb faraz qiladi.
Tanlash uslublarida esa bularning hammasi tanlashlar bo’yicha hisob-kitoblar yo’li
bilan bajariladi.
Echimlarni qabul qilishni modellashtirish uslublarining qo’llanilishi B
yondashuvining o’ziga xos belgisidir. Bu yo’lda
maqsadli, optimallashtirilgan va
bir tizimli yondashuvlar ajratib ko’rsatiladi.
Maqsadli yondashuvga modelni konstrukstiyalashda maqsadlarning aniq
berilishi xosdir. Maqsadga oid ko’rsatkichlarning har qanday o’zgarishi modelning
o’zining rekonstrukstiyasiga olib boradi va yangi hisob-kitoblarni talab qiladiki, bu
qo’shimcha harajatlar bilan bog’liqdir. Ushbu yondashuvdan shunga o’xshagan
aniq berilgan maqsadli vaziyatlarda doimiy tarzda qarorlarni qabul qilish zarur
bo’lganida foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Bir tizimli yondashuv maqsadlarning ifodalangan tizimini emas, balki faqat
reallikni aks ettirishga qaratilgan modelning qurilishi bilan bog’liqdir.
Bunday
modelni va unga doir hisob-kitoblarni baholash natijasida harakatlarning optimal
strategiyasi emas, balki real tizimning o’zini tutishi bayoni ifodalanadi. So’ngra
maqsadlar tizimi tanlanadi va tizimning o’zini tutishi va qilingan farazlar haqidagi
prognozli axborotlar yordamida qarorni qabul qilish mumkin bo’ladi. Investitsion
loyihalashtirish jarayonida vujudga keladigan maqsadlarning o’zgarishlari
modjelning o’zgarishiga olib keladi va yangi hisob-kitoblarni talab qiladi.
Nihoyat, V yondashuvi qurilgan model bo’yicha natijalovchi ko’rsatkichlarni
topishning tahlilchilik va imitastion usullarini ajratib ko’rsatadi.
48
Natijalarni olishning tahlilchilik usuli bevosita ekzogen o’zgaruvchilar
mohiyatlari asosida amalga oshiriladi. Uning afzalliklariga qarorni topishning
tezligi kiradi, kamchiliklariga esa - qo’yilgan vazifaning tasarrufda bo’lgan
matematik apparatga ko’niktirilishi zarurligi va uning nisbatan unchalik ko’p
bo’lmagan «shaffofligi» kiradi.
Imitastion usul model bilan ko’p martalik tajribalarni o’tkazish hisobiga
natijalovchi ko’rsatkichning mohiyatini qadam-baqadam topishga asoslanadi.
Uning asosiy afzalliklari – barcha
hisob-kitoblarning shaffofligi, loyihani tahlil
etish natijalarining rejalashtirish jarayoni barcha ishtirokchilari tomonidan idrok
etilishi va baholanishining soddaligidir. Ushbu usulning jiddiy kamchiliklaridan
biri sifatida chiqadigan axborotning hajmi kattaligi bilan bog’liq hisob-kitoblarga
katta harajatlar qilinishini ko’rsatish zarur.
Ko’rib chiqilgan tasniflashga yo’nalish olib,
loyiha tavakkalchiligini
baholashga nisbatan o’zaro bir-birini to’ldiruvchi sifatli va miqdoriy
yondashuvlarni tahlil qilamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: