M.M. .=96–100 Bobur g‘azali
G‘. Toshmatov musiqasi
Y. Yusupov ijrosi
Asar o‘ziga xos savol-javob ohanglari zamirida yaratilgan. Birinchi davriya o‘ziga xos bir murojaat, ikkinchisi esa unga javob. Bu uslub xalq musiqa ijodiyotiga xosdir. Ohang rivojida ham xalqona uslub hukm suradi
Asarning tarkibiy qismlari bir-birini davom ettiruvchi jumlalar bilan sug‘orilgan. Mavzuning miyonxat va dunasr pardalaridagi rivoji, kuyning dramatik holda asarning avj qismini tayyorlab beradi. Avj qismining o‘zi, seksta intervali oralig‘ida bosqichma-bosqich yuqoriga harakat evaziga rivojlanadi. Shu bois borgan sari ko‘tarinkilik, shiddat bilan talqin etishni talab etadi. 16-misol:
G‘anijon Toshmatov ustoz san’atkor sifatida Farg‘ona xalq cholg‘u yo‘lini mukammal idroklagan ustoz edi. Shu bois bastakorlik ijodining aksariyati xalq musiqa merosining turli namunalariga hamohangligini ko‘rish mumkin. Ayniqsa, surnay
maqom yo‘llariga xos kuylar o‘ziga xos ijobatini topganligini e’tirof etish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |