2.
3. YaIM bir necha xil usulda baholanadi. Bular :
1) Ishlab chiqarish usuli;
2) Taqsimlash usuli;
3) Pirovard iste’mol usuli.
YaIM ni taqsimlash usuli va ishlab chiqarish usulida hisoblash natijasida bir xil bahoga erishamiz. Amma, YaIM ni pirovard iste’mol usulida hisoblash natijasida taqsimlash usuli va ishlab chiqarish usulida hisoblangan bahodan farq yuzaga keladi. Ushbu farq YaJ hisobiga bo’lib, bu statistic farq hisoblanadi.
4. Yalpi ko’rsatkichlar va sof ko’rsatkichlar o’zaro bir- biriga bog’liqdir. Sof ko’rsatkichlar yalpi ko’rsatkichlar orqali hisoblanadi. Sof ko’rsatkichlar yalpi ko’rsatkichlardan asosiy fondlar iste’moli bilan farq qiladi. Yalpi ko’rsatkich va asosiy fondlar iste’moli ayirmasi sof ko’rsatkichni baholaydi.
5. YaIM deflyatori bu – pirovard foydalanish uchun ishlab chiqarilgan mahsulot va xizmatlar bahosining joriy davrda bazis davrga nisbatan o’rtacha o’zgarishini aniqlovchi ko’rsatkich. Ma’lumki, baho statistikasida Laspeyras, Paashe, Fisher indekslari keng foydalaniladigan indekslardan hisoblanadi. YaIM hajmini o’zgarmas baholarda qayta baholash uchun mazkur indekslarning qaysi biridan foydalanish maqsadga muvofiq, degan savol tug’iladi. Laspeyras indeksining qiymati, odatda, Paashe indeksi qiymatidan katta bo’ladi. Indekslar o’rtasidagi bu farq Gershenkron effekti deb nom olgan. Mazkur kamchilikni bartaraf etish maqsadida Lasperas va Paashe indekslarining geometrik o’rtachasi asosida hisoblangan Fisher indeksidan foydalanish tavsiya etiladi, bu indeks indekslar aksiomatik nazariyasining talablariga to’liq mos keladi. MHT- 1993da baho va fizik hajm indekslarini aniqlashda Fisher indeksidan foydalanish tavsiya etiladi, biroq Laspeyras yoki Paashe indekslarining qo’llanilishi inkor etilmaydi. Baho o’zgarishini aniqlashda mazkur ikki indeksdan foydalanish ikki yo’nalishdan kelib chiqadi: tahliliy va texnik. Tahliily yo’nalishda indekslardan foydalanish baholar dinamikasini aniqlash maqsadidan kelib chiqadi. Bunda bazis davr hajmi bilan tortilgan Laspeyras indeksidan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Texnik yo’nalishda indekslardan foydalanish ko’rsatkichlarni o’zgarmas baholarda baholash maqsadidan kelib chiqadi. Bunda joriy davr hajm ko’rsatkichi bilan tortilgan Paashe indeksidan foydalaniladi, chunki mazkur indeksning fizik hajm indeksiga ko’paytmasi qiymat indeksiga teng bo’ladi:
Shuning uchun YaIM deflyatorini aniqlashda Paashe baho indeksidan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |