Karimjon rahimqulov bori nigmonov



Download 25,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/91
Sana06.02.2022
Hajmi25,8 Mb.
#432811
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   91
Bog'liq
sport khakamligi

O‘YIN SISTEMALARI
Musobaqani ikki sistemada: davrali sistema, yutqazgandan ke-
yin o‘yindan chiqib ketiladigan sistemada o‘tkazish mumkin. 
DAVRALI SISTEMA
Musobaqaning davrali sistemasida har bir jamoa, agar musobaqa 
bir davrali o‘tkazilsa, bir-biri bilan bir marta, agar musobaqa ikki 
davrali o‘tkazilsa, ikki marta uchrashishi kerak. O‘yinning bunday 
sistemasi musobaqalashuvchilar kuchlari nisbatini ancha obyektiv 
belgilashga va kuchli jamoani aniqlashga imkon beradi, bunda mu-
sobaqaning umumiy yakunidagi tasodifiylik elementi ma’lum dara
-
jada bartaraf qilinadi. Bu sistemada musobaqani ikki davrali qilib 
o‘tkazish eng to‘g‘ri yo‘l hisoblanadi. 
141
Davrali sistemada barcha musobaqa ishtrokchilarining o‘rinlari 
to‘plangan ochkolar soniga qarab aniqlanadi. O‘tkazilgan barcha 
o‘yinlar natijasida eng ko‘p ochko olgan jamoa (yoki sport jamoa-
si) g‘olib hisoblanadi. Bir yoki bir necha jamoalarda ochkolar teng 
bo‘lib qolganda g‘olibni aniqlash uchun musobaqa tartibida qan-
daydir qo‘shimcha ko‘rsatkichlar yoki tadbirlar (masalan, shu ja-
moalar o‘rtasida qo‘shimcha o‘yin yoki shu jamoalar o‘rtasidagi 
avval o‘ynalgan o‘yin natijalari, kiritilgan yoki o‘tkazib yuborilgan 
to‘plar nisbati) nazarda tutilgan bo‘lishi kerak. 
Davrali sistema bo‘yicha o‘ynash tartibida qur’a tashlash bilan 
musobaqada qatnashuvchi jamoalarning raqamlari aniqlanadi. Ja-
moalarning aniqlangan raqamlari asosida o‘yinlar jadvali tuziladi. 
Musobaqalar bir davrali qilib o‘tkazilganida, o‘yin bir-biri bilan 
bellashuvchi ikki jamoadan daslabkisining maydonida o‘tkaziladi. 
Agar musobaqada ikki davra nazarda tutilgan bo‘lsa, ikkinchi o‘yin 
keyingi jamoa maydonida o‘tkazilishi kerak. 
Davrali sistema bo‘yicha o‘tkaziladigan o‘yinlar taqvimini ikki 
usul bilan tuzish mumkin. 
Birinchi usul 
musobaqada ishtirok yetuvchi jamoalar soniga 
qarab. Bunda jamoalarning umumiy soniga yaqin bo‘lgan toq son 
olinadi va unga muvofiq ravishda vertikal chiziqlar o‘tkaziladi. 
Masalan, 6 ta jamoa bo‘lganida, unga (6 soniga) yaqin bo‘lgan toq 
son 5 bo‘ladi. Demak, 5 ta vertikal chiziq o‘tkazish zarur. Jamoalar 
soni 10 ta bo‘lganida, unga yaqin son 9, demak, 9 ta vertikal chiziq 
o‘tkazilgan bulishi kerak va hokazo. 
Vertikal chiziqlarning ostidan va ustidan, pastdan boshlab chap-
dan o‘nga qaratib jamoalar raqami ketma-ket tartibda birinchidan 
musobaqada qatnashuvchi jamoalarning umumiy soniga eng yaqin 
bo‘lgan toq songacha, orada bir chiziq qoldirib yozib chiqiladi (1- 
jadval).
Bu raqamlar keyingi raqamlarni grafik tarzda yozish uchun dast
-
labki reja hisoblanadi . Birinchi kun o‘yinlar taqvimini tuzish uchun 
birinchi raqamdan boshlab vertikal chiziq atrofida, soat strelkas
iga 


142
teskari ravishda oshib boruvchi tartibda barcha ishtrok etuvchi ja-
moa raqamlari yozib chiqiladi. Qolgan o‘yin kunlarining taqvimini 
tuzish uchun vertikal chiziqlar o‘rtasidagi barcha raqamlar, avval 
ularning ostiga va ustiga qo‘yilgan raqamlarni hisobga olgan holda, 
ilon izi qilib quyib-chiqiladi. Shuni ham aytish kerakki, raqamlar 
birin-ketin vertikal chiziqlarning o‘ng tomondan ortib boruvchi tar-
tibda takror yoziladi. 
Shundan keyin ikkinchi va qolgan taqvim kunlarida bellashuv-
chi jamoalarni aniqlash uchun har bir vertikal chiziqning chap 
tomoniga avvalgi taqvim kunidagi barcha raqamlar o‘zgarishsiz 
o‘tkazilishi kerak. 
1- jadval

Download 25,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish