O‘yin taktikasi.
Voleybolda taktika himoya taktikasiga va hu-
jum taktikasiga bo‘linadi. Taktik harakatlanishni tashkil qilish
prinsipi bo‘yicha u yakka, guruhli va jamoaga oid harakatlanishdan
tashkil topgan.
Har bir o‘yinchi o‘yin jarayonida u egallagan barcha texnik
zaxirasidan foydalanadi. Biroq voleybol texnika va taktikasi rivoj-
lanish tahlili shuni ko‘rsatadiki, taktik harakatni tashkil qilishda
o‘yinchilarning o‘ziga xos xususiyatlaridan, ularning qobiliyatidan
himoya va hujumda ma’lum vazifalarni bajarishidan foydalanadi-
gan jamoalar katta muvaffaqiyatga erishadi. Shunday qilib, yuqori
malakali jamoalarda, ikkinchi to‘pni uzatishni (bog‘lovchi) baja-
ruvchi o‘yinchilarni, asosiy hujumchilarni va yordamchi hujum-
chilarni shartli ravishda ajrata boshladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |