Karima Qosimova, Safo Matchonov, Xolida G’ulomova, Sharofat Yo’ldosheva, Sharofjon Sariev



Download 2,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/146
Sana04.03.2022
Hajmi2,09 Mb.
#482639
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   146
Bog'liq
Она тили укитиш мет лотинда

7. Nutq to‟g‟ri bo‟lsin.
Maktab uchun nutqning adabiy til me’yorlariga mos va 
to’g’ri bo’lishi alohida ahamiyatga ega. Yozma nutq grammatika, imlo va 
punktuatsiya jihatidan, og’zaki nutq esa orfoepik jihatdan to’g’ri tuzilishi talab 
etiladi. Nutqning to’g’ri bo’lishi uchun so’z tanlash va nutq logikasi katta ahamiyatga 
ega. 
Yuqorida sanab o’tilgan talablar o’zaro bir-biri bilan uzviy bog’liq bo’lib, 
maktab ishlari tizimida kompleks ravishda amalga oshiriladi. 
 


176 
Nutq − o’quvchilar tafakkurini o’stirishdagi
muhim vosita 
Nutq fikrni bayon etish vositasi bo’libgina kolmay, uni shakllantirish quroli 
hamdir. Fikr nutqning psixologik asosi vazifasini bajaradi, uni o’stirish sharti esa 
fikrni boyitish hisoblanadi. Aqliy faoliyat tizimini egallash asosidagina nutqni 
muvaffaqiyatli o’stirish mumkin. SHuning uchun o’quvchilar nutqini o’stirishda 
materialni tayyorlash, takomillashtirish, mavzuga tegishlisini tanlash, joylashtirish va 
mantiqiy fikrlashga yo’naltiradigan ish turlariga katta ahamiyat beriladi. 
Tafakkur til materiali yordamida nutqiy shakllantirilsa va bayon etilsagina, 
muvaffaqiyatli o’sadi. Tushuncha so’zlar yoki so’z birikmalari bilan ifodalanadi, 
shunday ekan, u til vositasi bo’lgan so’zda muhim aloqa materialiga aylanadi. Kishi 
tushuncha ifodalaydigan so’z (so’z birikmasi)ni bilsagina, shu tushunchaga 
asoslangan holda, tashqi nutqda fikrlash imkoniga ega bo’ladi. 
Nutqda fikr shakllantiriladi, shu bilan birga, fikr nutqni yaratadi. «Nutq tafakkur 
bilan chambarchas bog’langandir. Nutq bo’lmasa, tafakkur ham bo’lmaydi, til 
materiali bo’lmasa, fikrni ifodalab berib bo’lmaydi»
13

Fikrni nutqiy shakllantirish uning aniq, tushunarli, sof, izchil, mantiqiy 
bo’lishini ta’minlaydi. Tilni egallash shu tilning fonetikasini, lug’at tarkibini, 
grammatik qurilishini bilib olish, fikrni takomillashtirish uchun, tafakkurni o’stirish 
uchun shart-sharoit hozirlaydi. Bilimlar, dalillar, har xil axborotlar tafakkurning ham, 
nutqning ham materialidir. Nutq tafakkur jarayonini o’rganishning muhim vositasi 
bo’lib xizmat qiladi. Nutqdan o’quvchi fikriy rivojining asosiy o’lchovlaridan biri 
sifatida foydalaniladi. O’quvchining barcha o’quv predmetlaridan materialni 
o’zlashtirishi va umumiy aqliy rivojlanish haqida fikr yuritganda, u yoki bu mavzuni 
o’quvchi o’z nutqida (yozgan inshosida, axborotida, qayta hikoyalashda, savollarga 
bergan javobida) qanday bayon eta olishiga qaraladi. 
13
И в а н о в П. И. Умумий психология. –Т.: «Ўқитувчи», 1967. 306 - бет 


177 
SHunday qilib, nutqni tafakkurdan ajratib bo’lmaydi, nutq tafakkur asosida 
rivojlanadi; fikr nutq yordamida pishib yetiladi, yuzaga chiqadi. Ikkinchi tomondan, 
nutqning o’sishi fikrni shakllantirishga yordam beradi, takomillashtiradi. 

Download 2,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish