Karbon kislotalar



Download 99,57 Kb.
bet1/3
Sana27.06.2022
Hajmi99,57 Kb.
#707981
  1   2   3
Bog'liq
Boltaboyev Sirojiddin kislotalar


Karbon kislotalar

Molekulasida karboksil gruppa – COOH bo`lgan moddalar karbon kislotalar deb ataladi. Karbon kislotalar karboksil gruppalarning soniga ko`ra bir asosli, ikki asosli va ko`p asosli bo`ladi.

Nomenklatura va izomeriyasi. To`yingan bir asosli karbon kislotalar yog` kislotalar deb ham ataladi, chunki bu kislotalarning birinchi vakili yog`lardan olingan.
To`yingan bir asosli yog` kislotalarni nomlashda, ko`pincha ularning trivial nomlaridan foydalaniladi. Bu nom kislota qanday xomashyodan olinganligin ko`rsatadi, masalan, ularning birinchi vakili H-COOH chumoli kislota deb ataladi, chunki dasilab chumolidan ajratib olingan. Xuddi shunga o`xshash, valerian kislota – valeriana o`simligining ildizidan olingan.
Sistemtik nomenklaturaga ko`ra kislotalarning nomi tegishli uglevodorod nomiga kislota so`zini qo`shish bilan hosil qilinadi:
To`yingan karbon kislotalarda aldegidlardagi singari izomeriyaning ikki turi: uglerod skeletining va karboksil gruppaning zanjirda turlicha joylanishidan kelib chiqadigan izomeriyasi mavjud.
Oksikarbon kislotalar
Molekulasida gidroksil (-OH) hamda karboksl (-COOH) gruppalar bo`lgan organik birikmalar oksikarbon kislotalar deyiladi.
Nomenklaturasi va izomeriyasi. Oksikarbon kislotalarning ko`pchiligi asosan trivial nom bilan ataladi, ya`ni kislotalarning nomi shu k-t birinchi marta qanday xomashyodan olinganligini (yoki qanday birikmalar tarkibida uchrashishini) ko`rsatadi. Masalan, sut kislota CH3-CH(OH)-COOH birinchi marta sutdan, olma kislota HOOC-CH2-CN(OH)-COOH olmadan olingan. Jeneva nomenklaturasiga ko`ra oksikislotalarni nomlashda asosiy zanjirdagi uglerod atomlari sonini ifodalovchi uglevodorod nomiga oksigruppani ko`rsatuvchi «ol» qo`shimchasi qo`shilib, tegishli raqam bilan belgilanadi:



Oksikarbon kislotalarda izomeriya kislotalar izomeriyasining molekulasining tarmoqlangan yoki tarmoqlanmaganligiga hamda gidroksil gruppaning karboksil gruppaga nisbatan qanday joylashganligiga (ya`ni a, b, g) bog`liq. Masalan, oksipropion kislotaning ikki xil izomeri mavjud.
Oksimoy kislotaning uchta izomeriyasi mavjud (a, b va g oksimoy kislota):
Ko`pgina oksikarbon kislotalarning molekulasida assimetrik uglerod atomlari bo`lganligi sababli ularda stereoizomer turlardan biri bo`lgan optik izomeriya ham mavjud. Bunday izomekriya haqida keyinroq batafsil to`xtalib o`tishimiz zarur.
Olinish usullari. Oksikislotalar tabiatda ko`p tarqalgan bo`lib, (masalan, olma,limon kislotalar) ular asosan o`simliklar tarkibida uchraydi. Oksikarbon kislotalarining molekulasida ham gidroksil gruppa ham karboksil gruppa bo`lganligi uchun ular spirtlarga karboksil gruppa yoki kislotalarga gidroksil gruppa kiritish orqali sintez qilinadi.
1. Oksikarbon kisslotalar, 1,2 glikollar yoki ularning kamida bitta ikkita birlamchi spirt gruppasi (-CH2OH) bo`lgan hosilalari oksidlash yo`li bilan hosil qilinadi:



a-galoid kislotalarning gidrolizlanishi natijasida oksikislotalarga aylanadi.
Fizik va kimyoviy xossalari. Oksikarbon kislotalarning dastlabki vakillari suvda yaxshi eruvchan qovushoq suyuqlik kristall moddalardir. Oksikarbon kislotalar o`ziga mos keladigan to`yingan yog` kislotalarga nisbatan kuchli kislotalardir. Oksikislotalar bifunkcional moddalar molekulasida hamda gidroksil ham karboksil gruppasi bo`lganligi sababli spirtlarga va kislotalarga xos barcha reakciyalarga kirishadi.
Barcha oksikarbon kislotalar spirtlar bilan reakciyaga kirishib murakkab efirlar hosil qiladi.
Oksikarbon kislotalar spirtlar kabi xlor angidridlar yoki kislota angidridlari ta`sirida ham quyidagicha murakkab efirlar hosil qilad.
Oksikarbon kislotalarning o`ziga xos reakciyalardan (xususiyatlaridan) biri shuki, ular bir xil sharoitda qizdirilganda molekulasidan osonlik bilan bir molekula suv ajralib chiqib har xil moddalar hosil bo`ladi.
Ciklik murakkab efirlar laktidlar deyiladi. Ular gidrolizlanganda yana a-oksikislotalar hosil bo`ladi. b-oksikarbon kislotalar qizdirilganda bir molekula suv ajralib chiqib to`yinmagan karbon kislotalar hosil bo`ladi.
g va d-oksikarbon kislotalar erkin holda beqaror bo`lib, faqat tuz holdagina ma`lumdir. g-oksikarbon kislotalar osonlik bilan qizdirilmasa ham sekin-asta o`zidan suv ajratib 5 yoki 6 a`zoli birikmalar laktonlarni hosil qiladi.
Shunday qilib, hosil bo`lgan moddalarning xiliga qarab a-, b- yo g-oksikarbon kislotalarni ajratish mumkin.
Oksikislotalarning suvli eritmasi to`yingan kislotalarga nisbatan kuchli kislota xususiyatiga ega. Chunki oksikislotalardagi gidroksid gruppa karboksil gruppaning dissocilanishini kuchaytiradi. Masalan, oksisirka kislotaning dissocilanish konstantasi (K=1,48.10-4) sirka kislotaning dissosilanish konstantasi (Kq1,76.10-5) dan katta.

Download 99,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish