“Kapitalbank” ATB hisobvaraq ochish jarayoni sizga noqulaylik tug’dirmasligi uchun barcha choralarni ko’rib qo’ygan.Kompaniyangihisobvarag’ini o’zbek so’mida ham,chet el valyutasida ham ochishingiz, hisob qog’ozi texnalogiyasi bo’yicha ham, “Bank-mijozi” tizimi yordamida ham yuritishingiz mumkin.Mijozlarga qulaylik yaratish uchun Bank mutaxassislari barcha zaruriy hujjatlarni o’zlari to’ldiradilar va ulardan nusxa oladilar.
Bank tomonidan taklif etilgan hisobvaraq xizmatlari turlari:
-milliy va xorijiy valyutadagi bank hisobvaraqlarini ochish va xizmat ko’rsatish
-naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish
-xalqaro to’lovlarni amalga oshirish
-hujjatli (dokumentli) operatsiyalarni amalga oshirish
-konversion operatsiyalar
-bank hisobvarag’I bo’yicha tezkor ma’lumotlarni olish.
Hisob-kitob-kassa xizmati ko’rsatish
Hisob-kitob operatsiyalari
“Kapitalbank” ATB yuridik mijozlar va xususiy tadbirkorlarga milliy va chet el valyutasida hisob-kitob operatsiyalarini amalga oshirish, shuningdek barcha turdagi hisob-kitob kassa operatsiyalarini bajarish imkonini beradi:
yuridik shaxslar – O‘zbekiston Respublikasi rezidentlariga milliy va chet el valyutasida hisobvaraqlar ochish va ularga xizmat ko‘rsatish;
o‘zbek so‘mi va chet el valyutasida naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish;
“Internet Bank” va "Mobile24" masofadan bank xizmati ko‘rsatish tizimidan foydalangan holda hisobvaraqlar bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirish;
kassa xizmati;
naqd pul mablag‘larini inkassa qilish;
naqd pulsiz chet el valyutani konvertatsiya qilish (sotib olish/sotish);
individual xizmat ko‘rsatish va maslahat berish.
Savdo ekvayringi
Savdo-xizmat korxonalariga (SXK)
Bank plastik kartochkalari orqali to’lovni amalga oshirish tizimini rivojlantirish borasidagi hukumat qarorlariga binoan, chakana savdo qiluvchi, xizmat ko’rsatuvchi barcha ob’ektlar, hamda umumiy ovqatlanish punktlari bank plastik kartochkalari orqali to’lovlarni qabul qilish uchun mo’ljallangan to’lov terminallari bilan jihozlangan bo’lishi lozim
Agar siz yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi xususiy tadbirkor bo’lsangiz va tovarlar, xizmatlar yoki ishlarning savdosini amalga oshirsangiz, unda ATB “Kapitalbank” sizga to’lov terminalini vaqtinchalik foydalanishga berish xizmatini taqdim etadi. Ushbu terminallar sizga UZCARD banklararo to’lov tizimi ishtirokchilari bo’lgan barcha banklar tomonidan emissiya qilingan plastik kartochkalari orqali, sotilgan tovarlar va ko’rsatilgan xizmatlar uchun to’lov qabul qilish imkonini yaratadi