1-savol
lnvestitsiya loyihasi tushunchasi iqtisodiy va amaliyotda keng qo'llaniladi va u ikki xil ma'noda (alqin etiladi: - muayyan (ko'zlangan natijalami hosil qilishni) ta'minlovchi qandaydir faoliyatlar yig'indisini amalga oshirishni nazarda tutuvchi ish, faoliyat, tadbir sifatida tushuniladi. Bunday hollarda «xo'jalik tadbiri», «ish yig’indisi ishlar «loyiha» terminlari ushbu tushunchalarga mazmunan yaqin keladi. Umumiy jihatdan, loyiba (ingl projekt) - bu «biron nima, o'ylanayapti yoki rejalashtirilayapti», degan ma'nolarni anglatadi ; - qandaydir faoliyatlarni amalga uchun zarur huquqiy-boshqaruv va moliyaviy-hisob hujjatlari tizimi yoki bunday faoliyatlar etuvchi hujjatlar to'plami sifatida qaraladi.
Malumli sosiy fondlarni shakllantirishda kapital qo'yilmalar muhim o'rin egallab, bu muhimlik kapital qo'yilmalarning tarkibiy tuzilishidan kelib chiqadi Kapital qo'yilmalarning tarkibiy tuzilishi quyidagilarni qamrab oladi:
kapital qo'yilmalarning texnologik tuzilishi;
kapital qo'yilrualarrung takror ishlab chiqarish tuzilishi;
kapital qo'yilmalarning tarmoq va hududiy tuzilishi.
Kapital qo'yilmalarning texnologik tuzilishi, deganda kapital qo'yilmalarning xarajat turlari bo'yicha qandaydir obyekt qurilishiga ketgan xarajatIar tarkibi va uning jami sueta qiymatidagi ulushi tushuniladi. Ya'ni texnologik tuzilishi jami kapital qo'yilmalarning qancha qismi (ulushi) qurilish-montaj ishlariga, qanchasi mashina va uskunalar sotib olish va ularni montaj qilishga va yana qanchasi loyiha-qidiruv ishlari va boshqa xarajatlarga safarbar etilganligini ko'rsatadi. Kapital qo'yilmalarning texnologik tuzilishi ularning samarali ishlatilishiga katta ta'sir ko'rsatadi. Mohiyat jibatdan, kapital qo'yilmalarning texnologik tuzilishi kelgusida barpo etilayotgan korxona ishlab chiqarish asosiy fondlarining aktiv va passiv elementlariga sarflangan xarajatlar nisbatini anglatadi
2- savol
3-savol
Iqtisodiyotni rivojlantirishda investitsiyalar yetakchi rol o’ynaydi, chunki
investitsiya orqali korxonalarning kapital jamg’arilishiga, natijada
mamlakatning ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirish va iqtisodiy
o’sishga erishiladi. Mamlakatimizda investitsiya jalb qilishga katta e`tibor
qaratilmoqda. Asosiy kapitalga investitsiyalar yillar bo`yicha dinamikasini
kuzatadigan bo`lsak, 2005-yilda – 2,0 trln. so`m yoki 12,0 % o`sishni , 2010-
yilda – 10,8 trln. so`m yoki 9,0 % o`sishni , 2015-yilda – 28,5 trln. so`m yoki
8,1 % o`sishni tashkil etgan bo`lib, 2018-yilda eng yuqori ko`rsatkich 18,1 %
qayd etilganini ta`kidlash lozim.
Investitsiyalar iqtisodiy kategoriya sifatida qator funksiya va vazifalarni
bajaradi-ki, ularsiz har qanday mamlakat iqtisodiyoti bir maromda rivojlana olmaydi. Investitsiyalar makrodarajada quyidagilarni ta’minlaydi:
takror ishlab chiqarishni kengaytirish siyosatini amalga oshirish;
ilmiy-texnika taraqqiyotini jadallashtirish, milliy mahsulotlarning
raqobatbardoshligini ta’minlash, uning sifati va hajminini oshirish;
ijtimoiy sohalarni (sog’liqni saqlash, ta’lim va boshq.) rivojlantirish;
aholi farovonligini ta’minlashda muhim bo’lgan uy-joy qurilishi, ichimlik
suvi, gaz, elektr energiya bilan ta’minlash muammolarini hal etish;
atrof-muhit va ekologiyaning ifloslanishining oldini olish;
umumjamiyat ishlab chiqarishini tarkibiy jihatdan qayta qurish va barcha
iqtisodiyot tarmoqlarini bir maromda rivojlantirish;
iqtisodiyotning real sektori va etakchi tarmoqlarini rivojlantirish;
hududlarning iqtisodiy salohiyatini oshirish va ixtisoslashuvini
mustahkamlash;
investitsiyalar importi va eksporti orqali milliy iqtisodiyotning xalqaro
integratsiyasini kuchaytirish; mamlakatning harbiy sanoat majmuini mustahkamlash;
davlatning mudofaa imkoniyatlarini ta’minlash;
boshqa qator muammolarni hal etish.
Shu bilan bir qatorda, respublikada investitsiyalar bilan bog`liq muammolar
mavjud ularni hal qilish O`zbekistonni yanada rivojlanishida muhim ahamiyatga
ega. Ular: erkin iqtisodiy zonalar direksiyalari faoliyatining yetarlicha samarali
emasligi, shuningdek, transport va muhandislik-kommunikatsiya
infratuzilmasining sust rivojlanganligi, O`zbekistonning investitsiyaviy
jozibadorligini jahon OAVlarida reklamasini kamligi, jalb qilingan
investitsiyalarni hududlar bo`yicha to`g`ri taqsimlash mexanizmining
takomillashmagani, inflatsiya darajasining balandligi, bank kredit foiz
stavkasining baland darajada ekanligi, iqtisodiyot tarmoqlarida yetarlicha
malakali mutaxasislarning yo`qligi va shu kabi muammolarimiz haligacha
saqlanib qolmoqda
sanoat uchun zarur xom ashyo bazasini yaratish;
ishsizlik muammosini yumshatish yoki ma’lum darajada hal etish;
Do'stlaringiz bilan baham: |