Moliyaviy(pul) kapital – ma'lum qiymatga ega bo'lgan pul va qimmatbaho qog'ozlarning yig'indisi. Moliya iqtisodiy kategoriya bo'lib, xo'jalikning barcha sohalarida pul munosabatlarini hosil qilish, ularni taqsimlash va ishlatish jarayonidagi iqtisodiy munosabatlarni ifodalaydi. Mazkur jarayonda iqtisodiy faoliyat ustuvor ahamiyatga ega, ya'ni u pul bo'lishini talab qiladi. Tovarlar va xizmatlar taqsimlanganda so'ng iste'mol qilinadi hamda qiymat shaklida turli xil maqsadlarni mo'ljallangan pul resurslari hosil bo'ladi. Shuningdek bu pul tovarlarga ayirboshlanadi, pirovardida iste'mol qondiriladi. Tovar ishlab chiqarish uchun sarflangan mehnat qurollari qiymatini ifodalovchi qismi amortizatsiya fondiga kirib yig'ilib boradi va moliyaviy resursga aylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |