Kapital bank. Boboxonov Mansurbek MMT88 Bank tarixi. Kapitalbank" aksiyadorlik tijorat banki O'zbekistondagi birinchi xususiy tijorat banklaridan biridir. 2001-yil aprel oyidan boshlab Bank O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki litsenziyasi asosida muvaffaqiyatli faolyat yurita boshladi. 2004-yilda
“Aviabank" (Toshkent sh.) aksiyadorlik tijorat banki bilan birlashgandan so'ng, Bank aksiyadorlik tijorat banki sifatida qayta ro'yxatdan o'tkazildi. 2008-yil dekabr oyida Bank o'zining to'liq -"Kapitalbank" ochiq aksiyadorlik tijorat banki nomi bilan yangi tahrirdagi Nizomni ro'yxatdan o'tkazdi. Bank Markaziy bankning 2014-yil 29-dekabrdagi 69-sonli bank operatsiyalarini oʻtkazish bo'yicha litsenziyasiga, shuningdek, 2014-yil 29-avgustdagi 64-sonli chet el valyutasida operatsiyalarni amalga oshirish uchun Bosh litsenziyasiga ega.
Tashkil etilganidan beri Bank yuqori sur'atlarda rivojlanib, korporativ mijozlarga xizmat ko'rsatish sohasida ham, chakana savdo segmentida ham yuqori o'sishni namoyish etdi.
Vaqt o'tishi bilan innovatsiyalarning qat'iy ro'yxati bankka yangi texnologiyalar hisobiga mahalliy bozorda yetakchi o'rinni egallashga imkon berdi, bu ko'plab mijozlarga sifatli xizmatlar ko'rsatish, xalqaro miqyosda tan olinishga va mamlakatdagi eng ishonchli va moliyaviy barqaror banklardan biri sifatida obro'-e'tibor qozonishga sabab boʻldi
Bank boshqaruvi Mirzayev Alisher Anvarovich 1969-yilda tug'ilgan. Ma'lumoti oliy, 1993-yilda Toshkent arxitektura-qurilish institutini, 2000- yilda Toshkent moliya institutini "Moliya va kredit" mutaxassisligi bo'yicha tamomlagan. Mehnat faoliyatini 1991-yildan boshlagan. Bank tizimida 1993-yildan ishlashni boshlagan, 2020-yilning yanvar oyidan "Kapitalbank" ATBda ishlamoqda va hozirda "Kapitalbank" ATB Boshqaruvining Raisi hisoblanadi.
Rahmatov Bahodir Sodiqovich 1986-yilda Buxoro viloyatida tug'ilgan. Ma'lumoti oliy, 2007-yilda Toshkent moliya institutini "Bank va kredit" mutaxassisligi bbo'yicha bakalavrlik va 2009-yilda magistraturani tamomlagan. U o'z mehnat faoliyatini 2007-yilda bankchilikdan boshlagan, 2010-yildan beri "Kapitalbank" ATB tizimida ishlaydi, hozirgi kunda u Bank Boshqaruvi Raisining o'rinbosari sifatida ish olib Allayorova Dilrabo Normamatovna 1979-yilda Samarqand viloyatida tug'ilgan. Ma'lumoti oliy, 2001-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini "Biznesni boshqarish" mutaxassisligi bo'yicha tamomlagan va iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega. U o'z mehnat faoliyatini 1997-yilda bank tizimidan boshlagan va 2006-yildan beri "Kapitalbank" ATBda ishlaydi. 2019-yil iyun oyidan boshlab "Kapitalbank" ATBning bosh hisobchisi bolib faoliyat ko'rsatadi.
Rahbariyatning yuqori kasbiy mahorat darajasi, har qanday tijorat loyihasining turg’un rivojlanishini ta’minlovchi, asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Necha yillardan buyon ATB “Kapitalbank” Respublikada yetakchi o’rinlarni egallab turganligi, ko’p hollarda rahbariyat tarkibi va u tomonidan o’tkazilayotgan siyosatga bog’liq. ATB “Kapitalbank” rahbariyatini boshqaruv va moliya sohasida boy ish tajribasiga ega kishilar tashkil etishadi. Ularning ko’pchiligi yurtimizning nufuzli universitetlari va biznes maktablarida tahsil olishgan.
Bank missiyasi Muvaffaqiyatni ijro etish va uni har bir hamkorlarimiz bilan bo’lishish. Biz moliya bozorining eng istiqbolli sohalarining eng daromadli segmentlarida qudratli moliyaviy supermarket yaratishni o’z oldimizga maqsad qilib qo’yganmiz.