Bank Kengashining bankni boshqarish vazifasini yanada samaraliroq amalga oshirish maqsadlari hamda bank faoliyatini nazorat qilish majburiyatlarini bajarish uchun bank Kengashi huzurida uning vakolatlariga kiruvchi eng muhim masalalarni ko‘rib chiqadigan va tavsiyalarni ishlab chiqadigan qo‘mitalar faoliyat ko‘rsatadi.
Auditorlik qo‘mitasi.
Auditorlik qo‘mitasining vazifalari ichki audit Departamentining har bir o‘tkazilgan ichki audit bo‘yicha taqdim etadigan hisobotlarini o‘rganish. Ichki audit bo‘yicha har choraklik hisobotlarni o‘rganish va ularni bank Kengashiga taqdim etish, tashqi auditorlar uchun texnik vazifalarni ishlab chiqishda bank Kengashiga ko‘maklashishdan iborat.
Xodimlarni baholash, rivojlantirish va mukofotlar qo'mitasi.
Bank xodimlarini boshqarish va rivojlantirish sohasidagi asosiy qoidalarni amalga oshirish;
qo'yilgan vazifalarni samarali bajarish uchun bank va uning tarkibiy bo'linmalarining sanoqli xodimlarini monitoring qilish va optimallashtirish;
korporativ qadriyatlarni rivojlantirish va bankning korporativ madaniyatini joriy etish;
bankning barcha xodimlariga individual ustamalar va boshqa turdagi rag'batlantirish to'lovlarini belgilash to'g'risida qaror qabul qilish (zarur bo'lganda);
bank va uning tarkibiy bo'linmalari xodimlariga ish haqi va boshqa to'lov turlari bo'yicha ustamalar shkalasini belgilash;
bank xodimlarini o'qitish (qatnab o'qish va kechki o'qish) uchun to'lash to'g'risida qarorlar qabul qilish;
kollegial qarorga muhtoj bo'lgan xodimlar bilan ishlash masalalarini ko'rib chiqish.
Bankdagi manfaatlar to'qnashuvlarini hal qilish bo'yicha komissiya
Aktsiyadorlar, mijozlar, boshqaruv organlari a'zolari va bank xodimlarining manfaatlar to'qnashuvi to'g'risidagi og'zaki va yozma bayonotlari va da'volarini hisobga olgan holda nizolar yuzaga kelishiga yo'l qo'ymaslik, shuningdek, yuzaga kelgan yoki yuzaga keladigan nizoni bartaraf etadigan qonuniy va asosli bo'lgan, yechimni qidirish.
Bankning korporativ kreditlash bo'yicha kredit qo'mitasi.
. Bankning korporativ kreditlash bo'yicha kredit qo'mitasining vazifalari quyidagilardan iborat : yangi ssudalar berish yoki mavjud ssudalar shartlarini o'zgartirish tartib- taomillarini ko'rib chiqish va tasdiqlash;
bankning kredit strategiyasi va siyosatini shakllantirish;
kreditlash jarayonining tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash;
kredit portfelini tahlil qilish va kreditlash bilan bog'liq boshqa muhim xavflarni tahlil qilish.
muddati o'tgan bank kreditlari holatini tahlil qilish;
bankning muammoli aktivlari bilan ishlash bo'yicha qaror qabul qilish.
Bank chakana kreditlashi bo'yicha kredit qo'mitasi.
Qo'mitaning asosiy maqsadi Bankning Kredit siyosatini amalga oshirish va Bankning Kredit siyosatiga, bankning mahalliy hujjatlariga va O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq munosib tavakkalchilik darajasi bilan chakana kreditlash bo'yicha Bankning kredit operatsiyalari portfelini shakllantirishdan iborat.
Qo'mitaning asosiy vazifalari va funktsiyalari quyidagilardan iborat:
jismoniy shaxslarni chakana kreditlash masalalarini ko'rib chiqish;
kredit operatsiyalari bo'yicha chakana kredit portfelining holatini ichki nazorat qilish jarayonlari va usullarini ishlab chiqish;
yangi qarz (ssuda)lar berish tartibini ko'rib chiqish va tasdiqlash yoki mavjud qarz(ssuda)larning shartlarini o'zgartirish;
chakana yo'nalishda kredit strategiyasi va bank siyosatini shakllantirish;
chakana kreditlash jarayonining tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash;
kredit portfeli va chakana kreditlash bilan bog'liq boshqa muhim tavakkalchiliklarni tahlil qilish:
jismoniy shaxslarga berilgan muddati o'tgan bank kreditlari holatining tahlili;
jismoniy shaxslar tomonidan joylashtirilgan bankning muammoli aktivlari bilan ishlash bo'yicha qaror qabul qilish.
Moliya qo‘mitasi.
Moliya qo‘mitasining funksiyalari quyidagilar hisoblanadi: Bankning adekvat to‘lovga layoqatliligida likvidlilik va daromadlilikning optimal nisbatini ta’minlash.
Qo‘mitaning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
bankning biznes-rejasi va siyosatini ishlab chiqishda ishtirok etish;
bankda likvidliligi bilan birgalikda olib boriladigan avtiv operatsiyalarning daromadliligini nazorat va tahlil qilinishi, hamda passiv operatsiyalarning xarajatdorligini ta’minlovchi, bank aktivlari va passivlari tuzilmasini optimallashtirish bo‘yicha uslublar, sxemalar va mexanizmlarni ishlab chiqish va joriy etish;
tahliliy ishlarni aktiv-passiv operatsiyalarni boshqarishga nisbatan zamonaviy boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun adekvat ma’hlumotlar olinishini ta’minlaydigan darajada tashkil etish, muvofiqlashtirish va olib borish;
bankning bank xizmatlari bozorida va moliya bozoridagi jozibadorligini ta’minlash uchun innovatsion loyihalarni tashkil etish va muvofiqlashtirish.
Xodimlarni baholash rivojlantirish va mukofotlash qo'mitasi
Boshqarma qoshidagi HR - qo'mitasining asosiy maqsadi - Bankning kadrlar siyosatini amalga oshirish.
Boshqarma qoshidagi HR - qo'mitasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
bank xodimlarini boshqarish va rivojlantirish sohasidagi asosiy nizomlarni amalga oshirish;
oldinga qo'yilgan vazifalarni samarali bajarish uchun bank va uning tarkibiy bo'linmalari xodimlari son tarkibini monitoring qilish va optimallashtirish;
o'z vakolati doirasida bank va uning tarkibiy bo'linmalari xodimlariga ish haqi va boshqa to'lov turlari uchun ustamalarni belgilash / ushlab qolish / kamaytirish / oshirish;
bank va uning tarkibiy bo'linmalari xodimlarining korporativ qadriyatlarga, ijro va mehnat intizomiga rioya etishlarini nazorat qilish;
kollegial qarorga muhtoj bo'lgan xodimlar bilan ishlash masalalarini ko'rib chiqish.
Boshqarma qoshidagi HR- qo'mitasining vakolatiga quyidagi boshqaruv va boshqa xodimlar uchun baholash, mukofotlash, jazolash va rivojlanish dasturlari kiradi, Bank Kuzatuv kengashi tarkibidagi HR- qo'mitasi vakolatiga kiradigan xodimlar bundan mustasno:
Bosh ofis, Markaziy operatsion bo'lim (keyingi o'rinlarda MOB), Bank xizmatlari markazi xodimlari;
Bank Bosh ofisining nomenklaturasiga kiritilgan bank filiallari xodimlari.
bank filiallari (boshqarmalari, bo'limlari) tarkibiy bo'linmalari rahbarlari.
Yuqoridagi xodimlarning noto'g'ri xatti-harakatlari uchun moddiy javobgarlikka tortish va intizomiy jarima choralar va ta'sir choralarini (ogohlantirish, ustamalarni ushlab qolish / kamaytirish, mukofotlarni ushlab qolish kamaytirish) Bankning amaldagi mahalliy hujjatlari va amaldagi qonunchilikka muvofiq HR- qo'mitasining qarori asosida amalga oshiriladi.
Banking qo'mita va komissiyalari