@ImtihonJavoblari2021Uz
kanali mahsuloti
10
migratsiyalar turli joylarda yashayotgan oila a’zolarining o‘zaro birlashuvi
borasida amalga oshadi. Etnik va diniy migratsiyalar deganda, ma’lum millat yoki
din vakillarining boshqa davlat yoki hududga ko‘chishi tushuniladi. Siyosiy
migratsiyalar urush yoki siyosiy inqiloblar natijasida ro‘y beradi. Ekologik
migrantlar tabiiy muhitning buzilishi tufayli yashash hududini tark etadilar.
Bundan tashqari, aholi migratsiyalari ixtiyoriy va majburiy, tashkillashtirilgan va
tashkillashtirilmagan kabi turlarga ham bo‘linadi.
2. «Nurash» va «Qo‘riqxona» atamalarining mazmun-mohiyatini tushuntiring.
Nurash deb, haroratning o‘zgarishi, kimyoviy jarayonlar, atmosfera, suv va
organizmlar ta’sirida tog‘ jinslarining yemirilishiga aytiladi. Nurash uch turga
ajratiladi: fi zik, kimyoviy va organik nurash.
Fizik nurash, asosan, harorat va namlikning o‘zgarishi natijasida sodir bo‘ladi.
Kunduzi havo haroratining ko‘tarilib ketishi natijasida tog‘ jinslarida darzlar
hosil bo‘lib, ular bo‘laklarga bo‘linib ketadi. Ammo tog‘ jinslarining kimyoviy
tarkibi o‘zgarmaydi. Fizik nurash cho‘llarda va qoyali tog‘larda keng tarqalgan.
Kimyoviy nurash deb, havo, suv ta’sirida tog‘ jinslarining yemirilishi va
kimyoviy o‘zgarishiga aytiladi. Kimyoviy nurash ta’sirida barqaror minerallar
hosil bo‘ladi.
Organik nurash deb, tog‘ jinslarining organizmlar (o‘simlik, hayvo- not dunyosi,
mikroorganizmlar) ta’sirida yemirilishiga aytiladi.
Qo‘riqxona – har qanday
xo‘jalik faoliyati taqiqlangan, tabiat kom- ponentlari va landshaftlar qonun
asosida qat’iy muhofazaga olingan joy. Qo‘riqxona tabiatni muhofaza qilishning
eng samarali shakllaridan biri. Alohida muhofaza etiladigan hududlar orasida
qo‘riqxonalar muhim rol o‘ynaydi. Ularning asosiy vazifasi – tabiati
o‘zgarmagan yoki kam o‘zgargan hududlarni, qimmatli landshaftlarini jamiyat
manfaatlari uchun saqlashdan iborat. Qo‘riqxona hududidan xo‘jalikda
foydalanish, hatto, pichan tayyorlash, ov qilish, baliq tutish, qo‘ziqorin terish
umuman ta’qiqlanadi. Ularning atrofi kam foydalaniladigan, muhofaza
qilinadigan zona bo‘lishi kerak. Hududidagi mavjud tabiiy sharoit o‘z holicha
saqlanadi. Qo‘riqxona hududi turli hayvon va o‘simlik turlarini, ovlanadigan
hayvonlarning miqdori va genetik fondini saqlash uchun ajratiladi. Ular inson
tomonidan o‘zlashtirilayotgan va o‘zgargan qo‘shni hududlar uchun namuna
bo‘lib xizmat qiladi. Bunday namunalar inson xo‘jalik faoliyatining biz uchun
qulay yoki noqulay ekanligini taqqoslashga, tabiatdan amaliy foydalanishda u
yoki bu usul ning qanchalik maqsadga muvofi qligini nazorat qilishga imkon
beradi. U tabiat kom- ponentlari o‘rtasidagi uzviy aloqadorlikni o‘rganib, tabiiy
boyliklardan unumli foydalanish yo‘llarini ishlab chiqish uchun zarur.
Qo‘riqxonalar ilmiy muassasalar hisoblanadi. Respublikamizda 8 ta qo‘riqxona
faoliyat ko‘rsatmoqda.
3. Dunyoning siyosiy xaritasidan Vest-Indiyani ko‘rsating. Vest-Indiyadagi
davlatlardan hududining kattaligi bo’yicha eng yirigi qaysi? Ushbu davlat
poytaxtining geografik koordinatalarini aniqlang.
Do'stlaringiz bilan baham: