@ImtihonJavoblari2021Uz
kanali mahsuloti
37
28-BILET
1. Lotin Amerika davlatlarining tabiiy sharoiti va resurslari, xalqaro ixtisoslashuvi.
Dunyoning yirik siyosiy-geografi k mintaqalaridan biri – Lotin Amerikasi
– Yerning G‘arbiy yarimsharida joylashgan bo‘lib, Amerika qit’asidagi
AQSH, Kanada davlatlari va Grenlandiya orolidan tashqari barcha
mamlakatlarni o‘z ichiga oladi. Aholisining aksariyat qismi qadimgi lotin
tili negizida vujudga kelgan ispan va portugal tillarida so‘zlashayotganligi
bois bu mintaqa Lotin Amerikasi deb ataladi.
Lotin Amerikasining siyosiy xaritasida hozirgi kunda 33 ta mustaqil davlat
hamda qator mustamlakalar mavjud. Uning hududida bir necha kichikroq
mintaqalar ham ajratiladi. Jumladan, Shimoliy Amerika materigining
AQSHdan janubdagi qismi va Karib dengizidagi orol larda joylashgan
davlatlar O‘rta Amerika (Mezoamerika) mintaqasini tashkil etadi. Bu
regiondagi davlatlar orasida hududi, aholisi va iqtisodiy salohiyati bilan
Meksika alohida ajralib turadi. O‘rta Amerika ning Meksikadan boshqa
davlatlari Karib dengizi akvatoriyasi, uning tabiiy resurslari va transport
yo‘llari bilan tarixan chambarchas bog‘liqligi sababli, Karib havzasi davlatlari
deb ham yuritiladi. Materikda,
Meksikadan janubi-sharqqa tomon joylashgan 7 ta davlat (Beliz, Gvatemala,
Salvador, Gonduras, Nikaragua, Kosta-Rika, Panama) Markaziy Amerika
deb nomlanadi. Karib dengizidagi 13 ta orol mamlakatlar, o‘z navbatida,
Vest-Indiya umumiy nomi ostida birlashtiriladi. Janubiy Amerika
materigida esa 12 ta mustaqil davlat va 1 ta mustamlaka (Fransiya
Gvianasi) joylashgan. Janubiy Amerikada Lotin Amerikasidagi okeanga
chiqish imkoniyati bo‘lmagan 2 ta davlat joylashgan bo‘lib, bular
Boliviya va Paragvaydir.
Hududi kattaligi jihatidan Braziliya (jahon mamlakatlari orasida 5-
o‘rin), Argentina (8-o‘rin), Meksika, Peru, Venesuela va Kolumbiya
ajralib turadi. Vest-Indiyada “mitti” davlatlar safi ga mansub bir necha
davlatlar joylashgan. Lotin Amerikasidagi aksariyat davlatlarida
prezidentlik respublikasi boshqaruv shakli joriy etilgan. Vest-Indiyadagi
ayrim kichik davlatlar hamda Markaziy Amerikada joylashgan Beliz
Britaniya Hamdo‘stligi tarkibidagi konstitutsiyaviy monarxiyalar bo‘lib,
rasman ularning davlat rahbari Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta
II hisoblanadi. Braziliya, Argentina, Meksika, Venesuela singari yirik
davlatlar hamda Karib dengizidagi 2 ta kichik oroldan iborat Sent-Kits
va Nevis mamlakati federativ davlat tuzilishiga ega. Mintaqaning
qolgan mamlakatlari unitar tuzilishga ega.
2.
«Yonbag‘ir ekspozitsiyasi» va «Abraziya» atamalarining mazmun-mohiyatini
tushuntiring.
Yonbag‘ir ekspozitsiyasi – tog‘ va tepalik yonbag‘irlarining ufq to-
monlariga, quyosh nurlari tushadigan tomonga nisbatan joylashuvi. Ma-