2-MAVZU. O‘RTA ASRLARDA YEVROPA VA ARAB TILSHUNOSLIGI.
Kamolova Dilbaroy
Group : 1822
1. Mustahkamlash uchun savollar:
1. O’rta asrlar tilshunosligi haqida nimalarni bilasiz?
2. O’rta asrlarda Yevropada tilshunoslik qanday rivoj topgan?
3. O’rta asrlarda arab tilshunosligi haqida gapirib bering?
4. XVII-XVIII asrlarda tilshunoslik tarixida qanday o’zgarishlar yuz bergan?
5. O’rta asrlar qaysi davrlarni o’z ichiga oladi?
6. O’rta asrlarda Yevropa tilshunosligida kimlar yetakchilik qilgan?
7. O’rta asrlarda arab tilshunosligida kimlar yetakchilik qilgan?
8. So‘zlarning bir ma’noli va ko‘p ma’noli bo‘lishini kimlar aytishgan?
Javoblar:
1. O`rta asrlar V asrdan (476- yildan) boshlab, XV asrgacha (1492- yilgacha) bo`lgan davrlarni o`z ichiga oladi. Ushbu davr deyarli barcha fanlar taraqqiyotida, shu jumladan, Yevropa tilshunosligida ham turg`unlik davri deb e`tirof qilinadi. Aniqrog`i, ayni davr tilshunoslik taraqqiyotida na faktik materiallar to`plashda, na mukammal nazariyalar, g`oyalar yaratishda - tilshunoslik fanining ilgarilashida muhim ahamiyatga ega bo`ldi
2. G`arbiy Yevropada mazkur davrdagi tarixiy sharoit, katolik cherkovining reaktsion tazyiqi ilm - fanning o`sishiga, rivojiga jiddiy to`sqinlik qildi. Shunga qaramasdan, o`rta asrlarda shu davrgacha yozuviga ega bo`lmagan bir qator xalqlarda, masalan, got, arman, irland, qadimgi ingliz, slavyan va boshqalarda yozuv - yozuv sistemasi paydo bo`ldi.
3. VII-VIII asrlarda Araviya hududida va arablar tomonidan bosib olingan qator mamlakatlarda - Old Osiyo, Shimoliy Amerika hamda Pireney yarim orolida - jahon miqyosidagi mamlakat - Arab xalifaligi tashkil topdi.
Arab xalifaligi islom diniga asoslangan ko‘pmillatli davlat bґlib, xalifatda ish yuritish vositasi va fan tili arab tili hisoblangan.
4. XVII-XVIII asrlar davomida “ratsional” va “universal” grammatikalarning bir necha variantlari yaratilgan bo‘lib, ular falsafiy, mantiqiy grammatika deb ham yuritilgan. Ularning fikricha, gap mantig‘ida universal grammatikaning falsafiy asosi bo‘lgan ratsionalizm mavjud (ratsionalizm – aql).
5. O`rta asrlar V asrdan (476- yildan) boshlab, XV asrgacha (1492- yilgacha) bo`lgan davrlarni o`z ichiga oladi.
6. Ruhoniy Anselm, Rosselin, Pyer Abelyar.
7.Kelib chiqishiga ko‘ra fors basralik Amir bin Usmon Sibavayxiy (733 yilda vafot etgan) o‘zining salmoqli «Al - kitob» asarini yaratdi. Muallif ushbu asarda o‘zigacha bo‘lgan barcha tadqiqotchilarning ta’limotlarini, fikrlarini, qarashlarini umumlashtiradi. U arab tili grammatikasining tugal va mukammal ko‘rinishini taqdim etadi. Ushbu asar har ikkala: Basra va Kufa maktabi vakillari tomonidan bir xilda yuqori baholangan va qadrlangan.
Kelib chiqishiga ko‘ra yunon Abu-Abayda (770-837) noyob so‘z va ibora, ifodalarning keng qamrovli lug‘atini tuzadi.
Bog‘dodlik hind Sag‘ani (1181-1252) 20 tomlik lug‘at yaratadi va uni «To‘lqinlar toshqini» deb nomlaydi.
Misrlik ibn Mansur (1232-1311) katta hajmdagi salmoqli lug‘at tuzib, uni «Arab tili» deb ataydi.
Sherozlik fors Feruzobodi (1329-1414) 60 tomlik lug‘at tuzgan va uni «Qomus» (Okean) deb nomlagan. Bundan keyin yaratilgan ko‘plab lug‘atlar ham «Qomus» nomi bilan ataladigan bo‘lgan.
8. Arablar
2. Venn diagrammasi.
Mavzudan olgan bilimlaringizni mustahkamlash maqsadida “O’rta asrlarda O’rta Osiyo, Yevropa va arab tilshunosligi” haqidagi fikrlardan foydalanib quyidagi venn diagrammasini to’ldiring.
Yevropa tilshunosligi
Arab tilshunosligi o‘z taraqqiyoti davrida hind va yunon tilshunosligi yutuqlariga, ґz ananalariga tanqidiy va ijobiy yondashgan. Arablar o‘z tillarining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ulardan foydalanganlar.
Evropada o`rta asrlarning oxirroqlarida – XI-XII asrlarda falsafiy-lisoniy bahs-munozara avj olib ketdi. Bu munozara realizm va nominalizm tahlimotlari nomini oldi.
Arab tilshunosligi
Do'stlaringiz bilan baham: |