Kamoliddin Behzod nomidagi MRDI
2-kurs magistratura talabasi
Norqobilov Мurоdjоn Mirzoaliyevich
YЕVRОРА MUZEYSHUNOSLIGIDA QOYATOSH SURATLARINING
TADQIQ ETILISHI VА KONSERVATSIYA JARAYONLARI
Yevropa muzeyshunosligida qoyatosh suratlari topilmalarini tadqiq etish va
konservatsiyalash jarayonlari bugungi kunda yaxshi taraqqiy etgan yo'nalish
hisoblanadi. So'nggi yillarda Yevropada jahon qoyatosh suratlarini muzeylashtirish
ahamiyatiga molik ko'plab tadqiqotlar qilindi va olingan natijalar asosida keng
ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Qoyatosh suratlarini muzeylashtirish, konservatsiya va restavratsiya hamda
muhofaza jarayonlari yuqori darajadagi bilim ча amaliy tajribani talab qiladi.
Qoyatosh suratlarining konservatsiya va restavratsiya jarayonida biror xatoga уо'1
qo'yilishi oqibatida yodgorlik shikastlanishi yoki umuman yo'q bo'lib ketishi xavfi
mavjud. Вu esa mutaxasisning qoyatosh suratlarining tadqiqotida jаrrоh
singarianiqlik ча noziklik bilan yondashuvi kerak deganidir.
Qoyatoshlarga chizilgan yoki o'yib ishlangan suratlarda bo'yoqlarning tashqi
ta'sirlar oqibatida uchib-ungib ketishi, tasvirlarning toshlardan juda hаm zaif ajralib
ko'rinishi ча muayyan yorug'lik orqaligina ko'rish mumkin bo'lgan holatlari tez-lez
uchraydi.
Tasvirlarni keng ommaga namoyish etish uchun nima qilish lozim degan
savolga birinchilardan bo'lib Alt ча Boxuslendagi (Shvetsiya) qoyatosh suratlari
muzeyini yaratishda mutaxassislar j avob topishga urinishdi.
1980 yillarda Alt va Boxuslen petrogliflarning bir qismi mахsus bo'yoq bilan
qoplandi. Qoyatosh suratlarini yuzadan ajratib aks ettirish bo'yicha bu amaliyot
uzoq yillar katta bahslarga sabab bo'ldi.
Bu yerda bir qator aйalliklar ko'zga tashlanadi. Birinchidan, eng yaxshi
ayalligi bo'yoqlari o'chib ketgan suratlarning yangidan bo'yash amaliyoti
bajarilgandan so'ng tasvirlar paydo bo'lib, ularni keng ommaga namoyish qilish
imkonini beradi.
Skandinaviya petrogliflari ko'pincha tabiiy yorug'lik ta'sirida ayniqsa,
mutaxassis bo'lmagan kishilar uchun ko'rinmaydi. Bo'yalgan petrogliflarni esa
kunning istalgan vaqtida ko'rish mumkin. Tasvirlar nafaqat quyosh chiqishi yoki
botishi oldidan, shiningdek, quyosh nurlarining mа'lum Ьir burchaklari ostida
nisbatan aniq bo'rtma tasvirlarga aylanadi.
Ikkinchi afza||igt, оmmаgа namoyish etilgan bo'yalgan реtrоgliflаr ustiga
odamlarda o'zboshimchalik bilan turli rasmlar chizib tashlash, Ьо'r yoki bo'yoqlar
bilan chizish, undan ham yomonrog'i qirib yoki o'yib chizgilar chizish
xohishitug'ilmaydi deb hisoblash mumkin.
Antropogen omillar ta'sirida "qurbon bo'lgan" qoyatosh suratlaridan bir
namuna bir nесhа skandinaviyalik olimlarning diqqat markazida bo'ldi. Tadqiqot
natijasida esa bo'yash orqali yodgorliklarning katta qismini dastlabgi yaratilgan
holatda saqlab qolish va ularni sayyohlardan "yashirish", natijada, ulаrпi ko'proq
himoya qilish imkonini berdi.
Uchinchi afzalligi shundan iboratki, petrogliflardagi o'chib ketgan bo'yoqlami
himoya qilishda yordam beradi hamda bu yodgorliklarning ahamiyati va qiymatini
ko'rsatadi.
Bir qancha olimlar Ьu amaliyot o'tkazilishi оdаmlаr o'zboshimchalik bilan
boshqa petrogliflarni Ьо'уау boshlashlariga yordam berishi, agarda аrхеоlоglаr
rahbariyat ruxsati bilan bu bilan shug'ullansada va keyinchalik bu boshqa
odamlarning toshlami o'zboshimchalik bilan bо'уаb ketishiga asos bo'lishi xavfi
haqida gapirishadi
1
.
Skandinaviya petrogliflari lishaynik va zamburug'lardan tozalanib, bo'yoq
bilan qoplanishi dastlab birinchi va ikkinchi jahon urushi oralig'idagi vaqtga to'gri
keladi. Bugunga kelib ushbu yodgorliklar tuzatib bo'lmas darajada zarar|angan.
Buni esa qoyatosh suratlarini saqlash uchun yetarlicha shart-sharoit bo'lmaganligi
bilan izohlash mumkin.
So'nggi vaqtlarda norveg аrхеоlоglаri yangi ochilgan petrogliflarni bo'yashni
ta'qiqlashni ma'qullashmoqda. Ilgari bo'yoq bilan qoplangan suratlardagi tasvirlarni
tomoshabin va sayyohlarga aniqroq ko'rsatish uchun faqatgina retushlashga ruхsаt
berishmoqda.
Shved arxeologlari bugungi kunda qoyatosh suratlarini saqlab qolishga katta
e'tibor qaratishgan va bu borada ko'plab samarali ishlar amalga oshirishmoqda.
Tanum petrogliflarini o'rganish borasidagi ishlar deyarli ikki asrdan buyon
davom etmoqda. So'nggi yillarda qoyatosh suratlarini hujjatlashtirish uchun
interpretatsiya jarayonlari ko'lami kengaydi ча konservatsiya masalalariga hаm
katta e'tibor qaratilmoqda.
Qoyatosh suratlarini interpretatsiya jarayoni qiziqarli hamda murakkab
jarayon bo'lib, suratlami sharhlash jarayonida o'ta aniqlik talab etiladi. Aks holda,
bu tomoshabin uchun surat haqidagi notog'ri ma'lumotni yetkazishi mumkin.
Таnum petrogliflari muzeylashtirilganligi, YLINESKOning nufuzli muzeylar
ro'yxatiga kiritilganligi, shved hukumati tomonidan g'amxo'rlik qilinishi va yaxshi
muhofaza qilinishiga qaramay mutaxassislar Tanum qoyatosh suratlarini хачf
ostida deya ta'kidlashmoqda
2
.
Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, Ьu yerdagi petrogliflarning deyarli yarmi
tabiat hodisalari ча inson omili ta'sirida zarar ko'rgan.
______________________________________________________
1
Дэвлет М.А "Проблемы изученияI наскальных изображений в СССР, - М.: ИААН, 1990. -241 стр.
2
Наскальное искусство в современном обществе. К 290-летию научного открытияI Томской писаницы.
Материалы международной научной конференции. Том 1. - Кемерово: Кузбассвузиздат,2011. - 196 стр
1990 yillardagi tadqiqotlar natijasiga kо'rа bu yerdagi petrogliflarning to'rtdan
uсh qismi atrof muhitning ifloslanishi natijasida bizgacha bir necha ачlоdlаr
almashinuvidan awal yo'q bo'lib ketgan
Таnum petrogliflari muz kabi sayqallanib ketgan granit qoyalarda joylashgan.
Bu granit qoyalar hаr qanday ob-havoga bardosh Ьеrа oladi.
Qoyatosh|ar yuza|ari kimyoviy o'zgarishlar natijasida lishayniklar vа yo'sinlar
(mохlаr) bilan qoplanish hollari ko'p kuzatiladi. Kunduz kuni quyosh harorati
granit yuzasining qizdirishi, kechki paytga borib sovishi, havo haroratining
sutkalik o'zgarib turishi petrogliflar chizilgan qoyatoshlaming yemirilishiga asosiy
sabablardan qilib ko'rsatiladi.
Ayniqsa kuzgi va bahorgi sutkalik almashinib turuvchi muzlash va qizib
ketish jarayoni bunga katta ta'sir ko'rsatadi. Buning natijasida granit qoyatoshlar
yuzasida tez-tez qatlam-qatlam bo'lib ko'chib yemirilib tushish hodisasi yuz beradi.
Shu sababli, bu уеrlаrdа qishki vaqtlarda suratlar solingan qoyatoshlar maxsus
issiqlik va sovuqdan himoya qiluvchi ча namlikdan saqlovchi maxsus materiallar
bilan zich qilib qoplash ishlari amalga oshiriladi. Реrrоgliflаr panelining katta
qismi bunday yomon sharoitda ekanligi ulаrпi doimo ustini qoplab turishni talab
etadi.
Shuningdek, petrogliflarning holatining yomonlashuviga ularning avtomobil
yo'llariga yoki qishloq xoJaligi ishlari olib boriladigan dalalarga yaqin bo'lishi ham
ta'sir etadi. Sababi, avtomobillardan ajralib chiquvchi zara/rt gaz|ar ча qishloq
xojaligida qo'llaniluvchi turli xil kimyoviy vositalar petrogliflar ayniqsa, bo'yoqda
ishlangan suratlarning zararlanishiga sаbаb bо' ladi.
2006 yilda arxeolog olimlar va havaskorlar guruhi turli tоmопlаmа - qoyatosh
gravirovkalarini ча shu hududda joylashgan mahalliy aholini o'rganish bo'yicha
tadqiqot ishlarini olib borishdi. Tadqiqotlar natijasida esa qoyatosh suratlariga
bitta turistik yo'nalish bo'yicha boriluvchi ochiq osmon ostida katta muzey yaratish
g'oyasi tug'ildi.
2007 yilda Vitlike muzeyi xodimlari nazoratt ostida Tanum petrogliflari
uchun taxtasupalar yasash, so'qmoqlarga belgilar qo'yish va ularni buta ча
toshlardan tozalash ishlari boshlab yuborildi. Turizm infrastrukturasini yaratish
jarayoni boshlandi.
Rossiyaning Kareliya petrogliflari tabiat injiqliklariga bardosh berib bir necha
yuz yillar davomida saqlanib kelmoqda. Lekin, qoyatoshlar yuzasining chidamli
bo'lishiga qаrаmау tabiiy omillar natijasida ayrim gravirovkalarga zarar yetgan. Bu
ayrim hollarda kuchli shamol bo'lishi, to'lqinlar yopirilishi va qishda balandligi 5-6
metrga yetuvchi muzlar uyumining hosil bo'lishi bilan bog'liq.
Daryolar bo'yida joylashgan pastroqdagi petroglif konturlarini suvning kuchli
ishqalanishi silliqlab yuborgan bo'lsa, yuqoriroqda joylashganlarini esa lishayniklar
qoplab olgan.
Lekin, qoyatosh suratlariga doir eng asosiy xavf tabiiy emas balki antropogen
omillarda namoyon bo'ladi. Sayyohlar ча mahalliy aholining tushunmaslik yoki
atayin harakati natijasida qoyatosh suratlariga zarar yetkazish hollari ko'p uchraydi.
Qadimiy qoyatosh suratlari mashhurlik cho'qqisiga chiqayotgan bir sharoitda
tabiiy omillardan tashqari inson omili ham ularning zararlanishiga katta ta'sir
ko'rsatmoqda. Tabiat hodisalari, tasodifiy zararlanishdan tashqari vandalism
harakatlari natijasida ko'plab qoyatosh suratlari zarurIangan yoki yo'q bo'lib
ketgan.
Shuningdek, tosh polotnolarni hisobga olish va suratlardan nusxa olish
jarayonida hаm ba'zi suratlar zarar ko'radi.
Yuqorida keltirib o'tganimizdek, Yevropadagi ayrim g'оr suratlari
yokipetrogliflarning ayrimlari kashf etilganligidan ko'p vaqt o'tmasidanoq talofotga
uchragan.
Ochiq osmon ostidagi qoyatosh suratlari esa bundanda jiddiy xavf-xatarda
qolgan. Tabiiy hodisalar уеr qimirlashi, tosh ko'chishi, yomg'ir, shamol,
haroratning doimo o'zgaruvchanligi natijasida qayrim qoyatosh suratlari tiklab
bо'lmas darajadagi talofatlarga uchraydi.
Bundan tashqari qoyatosh suratlari yuzasini o't o'lanlar qoplashi, lishayniklar,
zamburug'lar va turli mikroorganizmlarning ta'siri ham undan kam emas.
О'rmоn yong'inlari ham qoyatosh suratlarining yo'q bo'lib ketishida katta xavf
tug'diradi. Yong'inlar natijasida toshlar yuzasining qattiq qizishi oqibatida
qoyatoshlar yuzasida yoriqlar hosil bo'ladi yoki qat-qat bo'lib ko'chib tushishi
natijasida qoyatosh suratlari talofot ko'radi. Bundan tashqari, yong'in natijada kul
va daraxt ko'miridan ajralib chiqqan organik moddalar suratlar uchun jiddiy xafdir.
Mutaxassislarning aniqlashicha shu tarzda qoyatosh suratlari zarar ko'raversa
yuz yildan so'ng уеr yuzida biror Ьir qadimiy qoyatosh surati qolmaydi.
Misol tariqasida oladigan bo'lsak, Ural qoyatosh suratlari Neyva daryosi
qirg'og'ida turistik baza, yozgt оrоmgоhlаr ча dam olish uylari yaqinida
joylashgan. Qadimiy qoyatosh suratlari esa kelib-ketuvchi kishilar tomonidan
chizib tashlangan yozuvlar ostida qoplanib, yo'q bo'lib ketgan. Ularning
ayrimlarigina esa baxtli tasodif tufayli zamonaviy bo'yoqlar ostida omon qolgan.
Bugungi kunda qoyatosh suratlarini muhofaza qilish vа ulаrпi zararlli
ta'sirlardan asrash borasida qoyatosh suratlari sohasidagi tadqiqotchi olimlarning
hamba'zi ish uslublarini o'zgartirishga tog'ri keladi.
Olimlar qoyatosh suratlarini tadqiq etishda suratlar atrofini bо'r bilan
aylantirib chizib chiqish usulini rad etishmoqda. Bu amaliyot XIX asrda vujudga
kelgan edi ча olimlar bu usuldan bo'yoqli suratlar va shtrixlangan petrogliflardan
nusxa ko'chirishda foydalanishgan. Bunday usuldan аrхеоlоg olim A.P.Okladnikov
hаm Sibirda fototasvirga olishda qoyatosh suratlaridagi tasvirlarni kuchytirish
maqsadida foydalangan.
Tadqiqotchi ko'rish qiyin bo'lgan хirа tasvirlami aniqlashtirish"maqsadida
ulаrпi bo'r bilan atrofini berkitib chiqqan. Bo'r bilan ishlaganda toshlar
yuzasiningifloslanishi va toshning mayda yoriqlariga kirib qolishi, ishdan so'ng
bo'rni tozalash jarayoni esa tosh yuzasida yo'qotishlarsiz kechmaydi. Во'r
qoldiqlari esa qadimiy rasmlar vа petrogliflarda keyinchalik keraksiz xulosalarga
sabab bo'lishi ham mumkin.
Ural qoyatosh suratlarini tadqiq etishda tadqiqotchilar ko'pincha suratlarni
yumshoq qalam bilan aylantirib chizib chiqish usulidan foydalanishdi.
V.N.Chernetsov bu metodni o'chirg'ich bilan o'chirish, suv bilan oson yuvib
tashlash mumkin bo'lganligi uсhuп ham foydalanish uchun qulay deb hisoblaydi.
1970-80 yillarga kelib olimlar Ural tog'larini tadqiq etishda ushbu usuldan
ham keng foydalanishdi. Lekin, bu usulning hаm salbiy tomonlari bo'lib,
tadqiqotlar tugaganidan so'ng qoyatoshlardagi qalam bilan bo'yalgan bo'yoq
qoldiqlari dengiz va turg'un suvlar yordamida yuvib tashlanishi natijasida toshlar
yuzasiga ko'p sonly o'simlik hujayralari, bakteriyalar, o'simlik sporalari yopishishi
va toshlar yuzasining namlanishi oqibatda zamburug'lar, turli mikroorganizmlar,
lishayniklarning ko'payib ketish holatlari uchraydi. Buning oqibatida esa toshlar
yuzasidagi qadimiy suratlarning biologik ifloslanishi, ularning zararlanishiga sabab
bo'ladi. Bundan tashqari, namlikning ortishi va tosh yuzasining muzlashi sababli
tosh yuzasidan suratlarning ko'chib tushish holatlari bo'lishi mumkin.
Bugungi kunda hattoki, distillangan suч ham toshlar yuzasidagi tuzlami eritib,
toshga singdirib yuborishi natijada tosh yuzasida oq kristalsimonlarning paydo
bo'lishiga, natijada suratlarga zarar yetishiga sabab bo'lishi isbotlab berildi. Bundan
tashqari namlik surat ranglaridagi bo'yoq pigmentlarining o'zgarishiga sabab
bo'lishi mumkin.
Qadimiy qoyatosh suratlarini tadqiq etishda qadimiy suratlardan nusxa
olishning kalkalash usuli hаm keng tarqalgan. Bu usuldan skandinaviya
tadqiqotchilari keng foydalanishadi. Bunda granit plita yuzasiga 90-110 g/m2 va
l00x70 sm li qo'g'oz varag'i zich qilib qoplanadi, yengil hatrakat bilan rasmdan
bostirib andaza olinadi. Murakkab detallardan nusxa ko'chirish uchun nisbatan
yupqaroq qog' ozdan foydalaniladi.
Bugungi kunda Tanum muzeyi shved mutaxassislari petrogliflardan nusxa
olishda tabiiy bo'yoq vositasidan foydalanish tajribasini qo'llashmoqda. Bunda uch
turdagi polisaxarid, Ьо'r ча kvarts asosga ega bo'yoq turlaridan foydalanilmoqda.
Birinchi bo'yoq polisaxarid suspenziyasi (СбНlOО5) vа suv asosga ega.
Bunday bo'yoq modda tabiiy asosdan tashkil topgan, suчdа erimaydi, surat
yetarlicha o'rganib bo'lingandan so'ng bo'yoq oson tozalanadi.
Ikkinchi turdagi bo'yoq Ьо'r asosli suspenziyadan yaratilgan bo'lib,
mutaxasislaming ta'kidlashicha bu tosh yuzasidagi kislotani me'yorlashtiradi,
mikroflora uchun ijobiy ta'sir ko'rsatib, zamburug' ча lishayniklarning ko'payishiga
qarshilik qiladi.
Uchinchi turdagi bo'yoq modda kvarts suspenziyali (SiO2) asosda ega bo'lib,
kvarts granit tarkibidagi modda hisoblanib, tosh yuzasiga xavfli ta'sir
ko'rsatmaydi.
Ushbu uch bo'yoq modda bilan qoyatosh suratlari bo'yalganda ulаrпi suratga
olish yaxshi samara beradi va ular tosh yuzasida hech qanday iz qoldirmaydi. Bu
bо'уоqlаr cho'tka yordamida oson tozalanishi yoki yomg'ir suvlari ostida yuvilib
ketishi mumkin.
3
Qoyatosh suratlarini o'rganishda "tog'ridan -tog'ri" kalkalash uslubini- Anri
Breyl Fransiyadagi g'or suratlarini tadqiq etish davomida qo'lladi. Bunda
tadqiqotchi suratlardagi figuralarni ustiga qo'l bilan уuрqа qog'ozni bosib, qalam
yoki bo'r bilan chizib, to'ldirib tushirib olgan.
Bugungi kunga kelib qoyatosh suratlarini tadqiq etishda ulami fotosuratga
olib tadqiq etish anchayin ommalashgan. Bunday ish usuli dastlab 2001yilda
Finlandiyada "Rock Саrе" loyiha doirasida boshlandi. Yil davomida
Finlandiyaning 110 ta mashhur qoyatosh suratlaridan 69 tasi fototasvirga olindi.
Fotosuratchi Ismo Luukkonen ushbu ishga jalb etildi. Ismo Lukkonen
qoyatosh suratlari yodgorliklarini fortosuratga muxrlashda quyidagi ketma-ketlik
bo'yicha ish olib bordi:
1. Dastlab qoyatosh suratlari chizilgan toshni yaxlit suratga oldi. Bunda
toshning formasi va suratlarning umumiy ko'rinishi aks etdi.
2. Surat joylashgan qoya atrofini рапоrаmа tarzda suratga oldi.
3. Вir biriga qarama-qarshi holatda turgan suratlarni tasvirga oldi. Bu esa ko'p
hollarda maxsus uskunalarni ча паrчопlаrпi talab etadi.
4. Tosh yuzasini suratga olishda kamerani o'rnatish maqsadida 1,5 mеtr
uzunlikdagi taxtachalardan foydalanildi. Bu jarayon qoya ча obyektiv orasida
ma'lum masofa saqlanishini talab etadi. Taxtachalar oxiriga kadrning pastki
qismini aks ettirish uchun svetometrik shkala mustahkamlandi.
5. Har bir fotosuratga tosh yuzasidagi 1х0.7 metr maydon muhrlandi. Bunday
qilinishiga sabab, oldingi va keyingi fotokadrlarni osonlik bilan tushirish vа ish
so'nggigacha uzoq vaqt qiyinchilik tug'dirmaslik edi.
Qoyatosh suratlarini fotosuratga tushirishning foydali tomonlari shundaki,
uning yordamida toshlardagi yoriqlar va qadimiy suratlaming o'zgarganligi,
shikastlanganligi haqida aniq ma'lumot olish mumkina.
4
Shuningdek, fotografiya yordamida toshlar yuzasini qoplagan lishayniklarni
hаm o'rganish mumkin. Bugungi kunda Xelsinki Univesiteti lixenologlar
(1ishayniklar bo'yicha mutaxassislar) toshlarni lishayniklardan tozalash ishlari
bilan shug'ullanishmoqda.
___________________________________
3,4
Дубровский Д.К., Грачѐв В.Ю.Уральские писаницы в мировом наскальном искусстве. -
Екатеринбург: ООО
<Грачѐв и партнѐры>, 2010. - 190 Стр., 201 Стр
Katta bargli Раrmеliа va Umbilikaria kabi lishayniklarni tosh yuzasidagi
suratlarga zarat yetkazmasdan tozalash mumkin. Lishayniklarning bir qismini
qisqich (pintset) yordamida olib tashlash, boshqalarini esa dastlab yuzani biroz
namlab kichik kurakcha bilan olib tashlash mumkin. Bulardan tashqari qobiqli
lishayniklar turi ham bo'lib, mutaxassislar fikriga ko'ra uni olib tashlash tosh
yuzasi ча suratga zarar yetkazmay qolmaydi.
Qoyatosh suratlarini himoya qilish ishlari аrхеоlоglаr ча mutaxassislar
nazorati ostida davomiylikni talab etadi. Agarda suratlar doimo tashqi ta'sirlardan
himoya qilib turilmasa, uzoq muddat davomida qarovsiz qoldirilsa Ьu suratlarning
holatiga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin
Bugungi kunda qoyatosh suratlarini konservatsiya ча retavratsiya qilish va
ulаrпi muzeylashtirish yuqori darajadagi malaka ча izlanishlarni talab qiladi.
Qoyatosh suratlari ustida tadqiqot olib borish va yangilik kiritish jarayonida
chuqur tadqiqotlar ча tahlillar qilmay xulosa qilish oqibatida qadimiy qoyatosh
san'ati yodgorliklariga zarar yetishi, ko'pgina hollarda ulаrпi yo'qolib ketish хачfi
ostida qoldirishi mumkin.
Xulosa o'rnida shuni ay.tish mumkinki, jahon qoyatosh suratlarini tadqiq
qilish, muzeylashtirish ча muhоfаzа qilish ishlari bugungi kunda jadallik bilan
rivojlanmoqda. Yevropa qoyatosh yodgorliklarining konservatsiya va restavratsiy
Magistrant M.Norqobilov
Ilmiy rаhЬаr K.Nishonova
Do'stlaringiz bilan baham: |