Kamoliddin behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn instituti san’atshunoslik va muzeyshunoslik


I.2. Zamonaviy O‘zbekiston rangtasvir san’atining o‘ziga xosligi



Download 3,96 Mb.
bet6/12
Sana14.07.2022
Hajmi3,96 Mb.
#797184
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
BMI.Ataxan Allabergenov ijodi

I.2. Zamonaviy O‘zbekiston rangtasvir san’atining o‘ziga xosligi.
Mustaqil O‘zbekiston rivojlangan mamalakatlar qatoridan joy olgan bo‘lib, jamiyatning barcha sohalarida tub o‘zgarishlarga va ko‘plab yutuqlarga erishib kelmoqda. Yangi davrda xalq milliy an’analari va zamonaviy san’at turlarining rivoji muhim ahamiyat kasb etmoqda. So‘ngi yigirma yildan oshiq vaqt davomida hukumatimiz tomonidan san’at taraqqiyoti masalalariga katta e’tibor qaratib kelinmoqda. Mustaqillik yillari san’atning barcha qatlamlarida ko‘zga tashlangan madaniy integratsiya milliy rangtasvir sohasining zamonaviy badiiy jarayonlar bilan birgalikda rivojlanishda muhim imkoniyatlar yartdi.
Bu borada avvalo, 1997 yil 23-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan qabul qilingan “O‘zbekiston Badiiy akademyasini tashkil etish to‘g‘risidagi” farmoni va Respublika Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1997 yil 11-mart kuni qabul qilingan “O‘zbekiston Badiiy akademyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi”47 qarori yurtumizda san’at va madaniyatni rivojlantirshdagi muhim tashabbuslardan biri bo‘ldi.
Yurtimizda tasviriy san’atning rivojida O‘zbekiston Badiiy akademiyasining tashkil etilishi alohida ahamiyat kasb etib, respublika madaniy hayotida muhim voqea bo‘ldi. Uning faoliyati o‘zbek xalqining boy badiiy merosi, uning jahon san’ati tarixidagi o‘rni, taraqqiyot bosqichlari va zamonaviy yo‘nalishlarni chuqur o‘rganish hamda rivojlanish istiqbollarini belgilash, tasviriy va amaliy san’at sohasidagi ijodkorlarni, avvalo yosh iste’dodlarni xalqimizning boy ma’naviy dunyosi, ozod va obod Vatan kelajagi oldidagi ma’suliyati, milliy o‘zlikni anglash g‘oyalarini tarannum etuvchi yorqin asarlar yaratishga yo‘naltirish va bu yo‘ldagi harakatlarni rag‘batlantirish, ijodkorlarni, iqtidorli yoshlarni ijtimoiy iqtisodiy muhofaza etish, xalqaro ijodiy, ilmiy aloqalarni mustahkamlash, O‘zbekistonda va horijda keng ko‘rgazmalar faoliyati orqali o‘zbek milliy san’ati yutuqlarini dunyo jamoatchiligiga tanitish, badiiy ta’lim, ko‘rgazma ishlarini takomillashtirish va badiiy meros hamda zamonaviy san’atni targ‘ib etish va ko‘plab jarayonlarni amalga oshirishni qamrab olgan.
Mustaqillikga erishish yangi san’at o‘sishida “sotseralizm” tushunchasidan halos bo‘lishi, ijod erkinligi, fikir xilma-xilligi, san’atda izlanishlar, turli uslub va yo‘nalishlarning shakllanishiga, madniy, ma’naviy-marifiy, san’atshunoslik va ko‘plab sohalar rivojiga e’tibor qaratildi. Ayniqsa, badiiy ijodning tasviriy san’at sohasiga alohida e’tibor qaratildi. Zamonaviy O‘zbekiston san’ati yangi o‘zgarishlar kontekstida o‘zining badiiy madaniyati rivojida turli yo‘nalish va oqimlarni olib, izchil negizlar qidiruvi va bir qancha oqimlar jarayonini boshdan kechirdi.
1991 yildan buyon O‘zbekiston san’ati murakkab va serqirra rivojlanish yo‘lini bosib o‘tdi. Ko‘hna tarix oldida 20 yildan ortiq vaqt albatta qisqadek tuyulsa-da, jamiyatimizda yuz bergan, tub tarixiy burilishlar avvalambor, mustaqillikning qo‘lga kiritilishi ijtimoiy hayotning barcha qatlamlarida o‘zining ulkan ijobiy ta’sirini o‘tkazdi.
Xususan, mustaqillik sharofati tufayli O‘zbekiston xalqining tarixiy shaxslar siymosi, ulug‘ vakillarining tabbaruk nomlari qayta tiklandi. Rassomlar milliy tarixga murojati, milliy tarix bilan bog‘liq bo‘lgan mavzular kengaydi. Musavvirlar ijodida realstik yo‘nalishda tarixiy shaxslar, Temur va temuriylar davriga atab ko‘plab asarlar hamda, xalq qahramonlar portretlarini yaratish keng tus oldi. Milliy mavzu va tarixga e’tiborning ortishi tarixiy janr rivojiga katta turtki berdi. M.Nabiyev, N.Qo‘ziboyev, Ch.Axmarov, B.Jalolov. J.Umarbekov, S.Abdullayev, E.Masharipov, A.Abdullayev, R.Choriyev, A.Ikromjonov, S.Raxmetov, O.Muinov, Z.Sharipov, A.Aliqulov, T.Kuryazov, Q.Basharov, M.Yo‘ldoshev va boshqa ko‘plab rassomlar asralarida bu yo‘nalish uchun an’anaviy bo‘lgan tarixiy va janrli kartinalar yaratila boshladi. Rassomlar o‘z asarlari orqali tarixga murojat etuvchi, ajdodlarimizning buyuk merosi, bunyodkor xalqi va qahramonliklari bilan dunyo tan olgan sarkardalar, tarixiy shaxslar va allomalar obrazlarini namoyon etdilar.
“Yirik tarixiy voqealar va milliy qahramonlar obrazlarini klassik badiiy maktab an’analari asosida aks ettirish tasviriy san’atda mazkur janirning sifat jihatidan rivojlanishini ta’minladi. O‘zbekiston madaniyatidagi tarixiy janr asarlari tomoshabinga xalq tarixini anglashga yordam beradi va shu bilan uni tarbiyalaydi. O‘zbekiston madaniyatidagi zamonaviy o‘zbek tasviriy san’atidagi tarixiy asarlarning xujjatliligi, faktlarning haqqoniyligi yetakchi xususiyatlar bo‘lib qoldi, bu zamonaviy dunyoning axborotlarga to‘laligi tufayli vujudga keldi. Tarixiy voqealar qamrovining kengligi, tasviriy vositalarning ifodaviyligi tasviriy san’atdagi tarixiy janr asarlarini boshqa turlar orasida yetakchiligini ta’minladi”.48
Zamonaviy rassomlar ijodida O‘rta Osiyo san’ati bezak tamoyillarini qayta anglash tarixiy janrdagi asarlarga o‘ziga xos xususiyatlar olib kirdi, hamda, bugungi kundagi rivojiga turtki bo‘lib kelmoqda.
Manzara janri ham o‘zining yangi qirralarini namoyon eta boshladi. R.Ahmedov, N.Qo‘ziboyev, A.Mirsoatov, R.Choriyev, O.Qozoqov, A.Mo‘minov, manzaralari ijodkor xis tuyg‘ularinining ifodasi bilan yangi davr ruhini namoyon etdi.
“Dastlabki yillardagi rangtasvirda o‘tmishda mavjud bo‘lmagan Sharqqa xos falsafiy dunyoqarash, obrazlilik, ramziylik, janr va stilistik tizimlar namoyon bo‘la bordi. Qator asarlarda islomiy meros madaniyati, ko‘hna devoriy suratlardan tortib, sharq miniatyurasi, islom ma’naviyati va falsafasi, poeziya, afsona va rivotlardan kelib chiqqan individual plastik taomillar dolzarblashdi. Ramziy-metofarik tagmanolarga diqqat qaratish asarlarning syujetli asosini siqib chiqarar ekan, shakl va uslub, rang jilosi, bo‘yoqlar ma’nodorligi rangtasvir semantikasini boyitdi, botiniy va zohiriy munosabatlarni ifoda etdi. Ularda Sharq miniatyurasi, lirikasi va musiqasiga xos ichki va tashqi uyg‘unlik o‘z aksini topdi.
Mazkur izlanishlar 1990 yillardan boshlab rassomlar ijodida o‘zining xarakterli sifatlarini ko‘rsata boshlagan edi. O‘zbekiston rangtasvirida ramziy va metaforik tendensiyalar dastlabki davrda F.Ahmadaliyev, R.Akramov, X.Ziyoxonov, L.Ibragimov, A.Isayev, M.Isanov, T.Karimov, A.Nur, G‘.Qodirov, J.Usmonov, J.Umarbekov, Sh.Abdullayeva, keyinroq esa F.Ahmadaliyev, B.Ismoilov, Q.Boboyev, G‘.Ibragimov va boshqalar ijodida o‘zini namoyon etdi. Ular rangning kuchli ramziy yetakchiligida Sharq falsafasi va poetikasi g‘oyalariga tayanib, plastik obrazlarning yangi dunyosini yaratganligi bilan ajralib turdi. Borliq muallifning kundalik hayot tashvishlaridan yiroq, go‘zallik va falsafiy tafakkurning sirli dunyosidan yashiringan, poetik inon-ixtiyoriy va hissiyotidagi shaxsiy talqinida, yashirin orzular hamda kechinmalari bilan o‘z aksini topdi”.49
Ijod erkinligi san’atda ko‘plab izlanishlar, turli uslub va yo‘nalishlarning shakllanishga olib keldi. Rassomlar ijodida uslubiy rang-baranglik shakllandi va ijodida o‘zini erkin namoyon eta boshladi. Realistik san’at( hayot shakllari asosiga qurilgan san’t) va avangard, modernizm singari oqim va yo‘nalishlar rassomlar ijodida o‘ziga xos talqinda kuzatila boshladi. Ular yaratgan asarlari orqali shaxs ichki kechinmalari, o‘y hayollari, ong ostidagi murakkab tuyg‘ularini madaniy shakl va ramzlarda namoyon eta boshladilar. Ifoda vositalari, obrazli plastik yechim masalalri muhimligi ortdi. Yevropa klassik san’at an’analari bilan bir qatorda, milliy san’at an’analari namoyon bo‘ldi.
O‘zbakiston zamonaviy tasviriy san’atida yana bir tendensiya – ijtimoiy muammolarni rassomlar tomonidan falsafiy talqin qilishga intilishni kuzatish mumkin. Rassomlar tomonidan yaratilgan asarlarda hayotiy muammolarga qaratilgan badiiy-falsafiy qarashlar yetakchilik qildi. Ijtimoiy mavzu poetik-majoziy shaklda talqin etildi. Zamonaviy rangtasvir san’atida shakllangan mazkur tendensiyani ko‘plab rassomlar ijodida kuzatish mumkin bo‘ldi.
“Rassom Z.Sharipova majoziy rangtasvir va ijtimoiy anti-utopiya an’analirini davom ettirar ekan, reallikka baho berishda u ham afsonalashtiruvchi modellarga murojat etadi. (“Yerga kelgan farishtalar”, 2007). Rassom extrosga to‘la va so‘fiyona asosga ega, begonalashish va fojeaviylik ifodalagan obrazlardan iborat asarlarida shaxs dunyoqarashini ijtimoiy-ruhiy talqin etish kuzatiladi. T.Ahmedov kartinalarida yorqin ranglar vositasida yashirin kinoyaga to‘la g‘amginlikka zidlik seziladi. Ranglarning ataylab keskin va mazoklarning qo‘yilishi shaxsning ruhiy va ma’naviy begonalashganligini ta’kidlaydi (“Manmanlik yarmarkasi”, “Bosh sovrinni hayajon bilan kutish”). S.Jabborov kartinalarida allaqanday majburiylik, begonalashish, chetlashish seziladi. Rassom kartinalarda ayollar obrazini kattalashtirib tasvirlaydi (“Notanish ayol”, “Kutish”). B.Ismoilovning personajlarida armon, hayotdan charchash, nigohlarning bir-biriga qaramasligi va yuzaki, kartinada xech qanday narsaga ishora etmasdan, shunchaki yorishib ketadi (“Unutish bog‘i”, “Olma ushlagan qiz”, “Anor sharbati”).
Umuman, keyingi o‘n yillardagi O‘zbekiston milliy rangtasvir stratigrafiyasi uning rivoji va uslublarida sezilarli yangilanish bo‘lganidan dalolat beradi. 1980 yillarda rangtasvirda birinchi yangilanish to‘lqini vujudga keladi. 1990 yillar boshida esa o‘zbek rangtasvirida ikkinchi to‘lqin paydo bo‘ladi. 2000 yillarda rassomlarning ijtimoiy va shaxsiy muammolarini falsafiy talqin etishga urunganligi kuzatiladi. Bu esa o‘zbek rangtasvirida plastik va ma’naviy yangilanishning yana bir yangi tamoyilining paydo bo‘lishiga olib keladi. O‘zbek rangtasvirida dunyo jamiyatidagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq intellektual va ijtimoiy-ruhiy kontekst ahamiyati kuchaydi. 2000 yillar badiiy amaliyoti badiiy talqin shaklidan qat’iy nazar, unda noandozaviy ijodiy g‘oyalar mavjudligi va ular o‘z dolzarbligini yo‘qotmasligidan guvoxlik beradi. Shu bois O‘zbekiston tasviriy san’ati morfologiyasida o‘zining yetakchi o‘rnini saqlab qoldi”.50
Rangtasvir uslub va kompozitsiya yechimining turli-tumanligi bilan ajralib turadi. Bu esa rassomlarga ijodiy erkinlik va badiiy tasvirni rivojlantirishda shakl vositalarini mustaqil tanlash imkonyatini yaratadi. Rangtasvirning yangilanish jarayoni millatning estetik ideallarini mukammal, shu bilan birga chuqur ifodalashga asos bo‘luvchi ildizlarga, an’anaviy qadiryatlarning estetik pirnsiplari tomon yo‘naltirildi. Zamonaviy rangtasvirchilar ijodida obrizlilik, ramziylik, janrlilik, plastik tizimlar o‘zgardi. Bu esa rangtasvirda yangi talqin, yangi mazmun kasb etdi.
“O‘zbekiston tasviriy san’atida o‘tgan asr boshlaridagi san’atga qiziqish, bugungi kun va tarxiy davr dunyoqarashlariga mos, ya’ni har bir davr ijodkori o‘z dunyoqarashi va davridan kelib chiqib, asosan shakliy, uslubiy va semantik o‘xshashliklarda bajarmoqdalar. Mazkur davr san’ati falsafasiga nazar, ustalar san’atiga bo‘lgan qiziqish, bugungi avlod ijodida tarixiy san’atning hamohangligini namoyon etadi. Tarixiy-siyosiy o‘zgarishlar, milliy o‘z-o‘zini anglash jarayonida badiiy merosga intilish maqsadida ijodkorlar tasviriy san’atning avangard tendensiyalariga, Sharq estetikasig murojat etib, hissiyotlarning talqini va Sharq ohanglarini falsafiy qatlamlarda o‘rganib, ifoda etib kelmoqdalar”.51
Syujetli kompozitsiya, manzara, portret janrlarida yaratilgan asarlar kasbiy maxoratning ortib borayotganini va ifoda vositalarining yangi estetik idrok etilishi va tariflanishi yutug‘larining asosi namoyon bo‘lishidan dalolat berdi. Rassomlarning yutuqlari shundaki ular birinchidan erkin ijod yo‘liga o‘tganliklari bo‘lsa ikkinchidan milliy badiiy an’analarni davom etirish, milliylik va umuminsoniy qadriyatlarning uyg‘unligi, asarlarda yangi, zamonaviy, ilg‘or tasviriy texnologiyalarni qo‘llab kelayotganliklaridadir. Bu esa ijodkorlarning an’anaviy qonun-qoidalar doirasidan chiqishga, dunyqarashlarining kengayishiga sabab bo‘ldi. Aynan, bir vaqtning o‘zida, milliy ongning o‘sishi va an’anaviy madanyatning talqini shu bilan birga modrenistik tendensiyalar, yangicha plastik shakllar ifodasi talqini namoyon bo‘ldi.
Ta’kidlash joizki O‘zbekiston zamonaviy san’ati – sharq miniatyurasi talqinidan to modernistik jarayongacha bo‘lgan ma’lum stilistik jarayonlarni boshidan kechirdi. Badiiy – ijodiy fikirlashni ifodalashga intilish zamonaviy badiiy jarayonlarning xususiyatlardan biri sanladi. Tendensiyalar, yetakchi g‘oyalardan tashqari, o‘z davrining madaniyati ta’siri ostida rivojlanishi muhim omillardan biri hisoblanadi.
“Dastgohli rangtasvir zanjirlar silsilasida tasviriy san’atda yetakchi orinni yo‘qotmadi. 1990 – 2000-yillarda yangi ijodkorlar almashinuvi vujudga keldi. N.Qo‘ziboyev, R.Ahmedov, T.Ogonesov, M.Saidov, L.Abdullayev, N.S.Shin, R.Choriyev, B.Boboyev singari keksa avlodga mansub milliy san’at namoyondalari, realistik rangtasvir tarafdorlari hayotdan ko‘z yumushdi. Ular realistik yo‘nalish qoliplariga qaramasdan, XX asr O‘zbekiston san’ati manzarasini har jihatdan belgilab beruvchi yorqin asarlar yaratishgan edi. Biroq, relistik yo‘nalishning eng yaxshi an’analari xech qachon rad etilmadi. Aksincha u yangicha talqin qilindi. 1990 yillarda bu yo‘nalish mavqeini yo‘qotgan bo‘lsa, 2000 yillarda o‘zining “ikkinchi fasli”ni qo‘lga kiritdi. Rassomlarning mahorat bilan chizilgan tabiat manzaralari, psixologik portretlari, ekspressiv jang manzaralari tarixiy syujetlari har doimgidek tomoshabinlar va mutaxassislar e’tiborini jalb etdi. Bu uslubiy oqimda ham o‘ziga xos rang-baranglikni kuzatish mumkin. X.Mirzaahmedov, Y.Tursunnazarov, M.Nuriddinov, D.Mursalimov, A.Alikulov, M.Mirsoatov, V.Yenin singari izchil realist rassomlar o‘z asarlarida akademik rangtasvirning asosiy qonuniyatlariga amal qildilar.
Zamonaviy dunyo san’atiga uyg‘unlashishga chaqirib, shaxsiy talqin tilini topishga intilgan rangtasvirchilar ijodi tomoshabinlar va san’atshunoslarda juda katta qiziqishni uyg‘otdi. Ularning asarlarida asosiy urg‘u Sharq poetikasi an’analari unsurlarini va o‘zbek xalqi madaniy merosini izlashga qaratilgan. Bu yangi to‘lqinning ijodi san’atning akademik pradigmasi inkor etgan estetik mavhum shakllarga bog‘langan. B.Jalolov, J.Umarbekov, A.Nur, A.Mirzayev, U.Boltaboyev, L.Ibragimov, F.Ahmadaliyev, J.Usmonov, X.Ziyohonov, Sh.Hakimov, T.Karimov, B.Muhammedov singari usta rangtasvirchilar ijodi uchun plastik majoziylik va lirik-xayoliy ohang, ijtimoiy voqealikka nisbatan ehtiros bilan munosabatda bo‘lish xosdir. 2000 yillar boshida bu yo‘nalishda ijod qilgan rassomlar o‘ziga xos ijodiy g‘oyalar tashnaligni his etdilar va avval topilgan asl syujet va uslubiy izlanishlarni yana takrorlay boshladilar. Shu tufayli ular obrazlar va syujetlarda allegorik tasvirni kuchaytirishga harakat qildilar. Yangi plastik asosga ega mifologik (afsonaviy) va foliklor obrazlar, syujetlar, ramzlar va belgilarning qo‘shilib ketishi mazkur guruh rassomlarining xozirgi bosqichidagi ijodi uchun xos xususiyatdir”.52
O‘zbekiston rassomlarining jahon san’ati an’nalariga qiziqishlari ortdi bu esa ularning ijodlarida ko‘zga tashlana boshladi. Aynan ko‘rgazma va festivallarda zamonaviy san’atning yangicha tendensiyalardan konseptual san’atning barcha ko‘rinishlari – installyatsiya, videoart, fotokollaj, performans singari aktual san’at talqinida yaratilgan ijodiy ishlar namoyish etila bordi. Konseptual san’at O‘zbekiston rangtasvirida o‘ziga xos tarixiy-madaniy mantiq asosida shakllandi. Zamonaviy san’atning mazkur turi san’at vakillarining ijodiy izlanishlarda jamiyatda yuz berayotgan voqea va hodisalarga ijodkorlarning erkin munosabatlari, hissiy kechinmalari, yangicha fikirlash, falsafiy qarashlari orqali talqin topdi.
“2000 yillar boshida O‘zbekiston san’atida milliy an’nalar va g‘arbiy contemporary art an’analarini uyg‘unlashtirishgan avvalgilardan boshqacharoq moslik prinsplari aniqlandi. Bu tendensiyaning turli variantlari V.Axunov, J.Usmonov, A.Nikolayev, Y.Usenov, S.Tichin, B.Ismoilov kabilarning loyihalari misolida tahlil qilindi. Masalan, videoart uchun islom tajribasi, sharq san’atida voqealikni belgilarga aylantirishi bilan bog‘liq mediativlik g‘oyasi manba bo‘lib qoldi. O‘zbekistonning dolzarb san’atida g‘arb-sharq an’analarini o‘ziga xos uyqashuvi uning zamonaviy mosligi yangi prinsiplarni shakllantirdi”.53
Shu o‘rinda azaliy qadryatlar, falsafiy qarashlar ifodasi, mazvu va obrazlarning yangicha ifoda turlari aks etilishida modrenistik san’at shaklining milliy badiiy san’atda Sharq va G‘arb uyg‘unligining talqini o‘z aksini topdi. Bu tendensiyalar milliy-mafkuraviy, etnomadaniy g‘oyalar bilan bog‘liq tarzda kechishi an’anaviy qadiryatlarga qaytadan qo‘l urushni taqazzo etdi. Badiiy merosimizni qayta mushohada etish bilan bir qatorda jahon madaniyatining so‘ngi yutuqlarini o‘zlashtirgan holda ijodiy izlanishlarida buning natijasini namoyon etib kelmoqdalar. Ular uchun tasviriy san’at borliqning haqiqiy go‘zalligi, an’nalardan ilhomlanish, mavzularni bir muncha estetiklashtirish ahamiyatlidir. Ijodkorlarning asarlarida dunyo yangicha falsafiy va badiiy idrok etishga xoslik sezilib turadi.
“Tasviriy san’at sohasida zamonaviy badiiy jarayonlar rivojining talqinida 2008 yil noyabrda O‘zbekiston Tasviriy san’at galeriyasida tashkil etilgan “Oyjamol; O‘zbekiston zamonaviy san’atida yangi tamoyillar” ko‘rgazmasi tashkil etilgan bo‘lib, “O‘zbekiston Madaniyati va san’ati Formi” jamg‘armasi va Shveysaryaning hamkorlik bo‘yicha buyrosi loyiha tashkilotchilari bo‘lishdi, loyihaga Akbar Hakimov rahbarlik qildi. “Oyjamol” ko‘rgazmasida ayollar obrazining talqini bosh mavzu sifatida tanlandi. O‘zbekiston zamonaviy san’atining rangtasvir, installyatsiya, fotoart singari an’anaviy va dolzarb san’at shakllarida mazkur mavzuning yoritilishi, turli uslubiy yo‘nalishlar vakillarini bir mavzuga yo‘naltirish, ularning ijodiy salohiyatiga baho berish, zamonaviy bosqichda milliy san’at rivoji tamoyillarini ochib berishga va aniqlashga imkon yaratdi. Mavzuning dolzarbligini hisobga olgan holda muallif, ko‘rgazma ishtirokchilariga quyidagi jihatlarga e’tibor qaratish zarur deb ko‘rsatdi:

  1. Zamonaviy davr ayollari- ijtimoiy portretlar

  2. Sharq ayoli: ilohiylashtirish qadrsizlanishgacha

  3. Ayol yolg‘izligining falsafiy asoslari

  4. Erkak va ayol: mavzusining lirik va ishqiy jihatlari

  5. Sharq falsafasida muhabbatning so‘fiyona va oddiy hayotiy talqini.

Mazkur ko‘rgazmada O‘zbekiston rassomlaridan T.Axmedov, Z.Sharipova, B.Ismoilov, S.Jabborov, D.Roziqov o‘z ijodiy asarlari bilan ishtirok etishdi. Bundan tashqari ko‘rgazma xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgani bois Gollandiya (Ronald Klyayer), Buyuk Britaniya (Mark Barri Leyn, Favziya Leyn), rassomlari vakillari ham ishtirok etshgan. Loyiha ishtirokchilarning mavzu tanlashlari kuratorlarning shaxsiy tajribalari, hamda, zamoniy san’atning – rangtasvir, videoart, installyatsiya, fotoart turlari asosida talqin etildi. Ekspozitsiya O‘zbekiston Tasviriy san’at galereyasining birinchi qavatidagi ikkita zalida namoyishga qo‘yildi”. 54
O‘zbekiston rassomlari jahon san’ati an’analarini tobora faolroq qo‘llay boshladilar. Ko‘rgazmalarda – installyatsiya, videoart, fotokollaj, performans kabi original plastik yechimi bilan farq qiluvchi aktual san’at shakllarida yaratilgan ishlar namoyish etila boshladi.
Ta’kidlab o‘tish joizki, zamonaviy san’atni rivojlantirish borasidagi islohatlar qatorida, mamlakatimiz madaniy hayotida biennale, fotobiennale singari yangi festival haftaliklarini o‘tkazish yo‘lga qo‘yilgan. O‘zbekiston Badiiy akademyasi rahnomoligi ostida mazkur festival haftaligi 2 yilda 1 marotaba o‘tkaziladigan bo‘lib, Toshkent xalqaro zamonaviy san’at biennalesi mustaqillik davri o‘zbek tasviriy san’ati erishayotgan yutuqlarni jahon san’atshunoslari, musavvirlari va muxlislarga havola qilish, ularni mamlakatimizda olib borilayotgan ijodiy jarayonlar bilan yaqindan tanishtirish, ijodkorlarning o‘zaro fikir almashishiga xizmat qilish, yosh san’at vakillarining ijodiy ishlarini namoyon etish va rag‘batlantirish kabi bir qator ilg‘or ishlarni amalga oshirishda xizmat qilmoqda. Toshkent Xalqaro zamonaviy san’at biennalesi rassomlarning yuksak badiiy potensiali va jahon badiiy jarayonining muhim tarkibiy qismiga aylangan O‘zbekistonning o‘ziga xos milliy san’atini namoyish etib kelmoqda.
Toshkent xalqaro fotobiennalesi tashkil etilishi, yurtimizda fotografiya san’atining jadal rivojlanayotganligidan darak bo‘lib, osoyishta va farovon hayotimiz, taraqqiyotimiz odimlari, milliy qadiryatlarimiz, jannatmakon o‘lka go‘zalligi va mehnatkash xalq hayoti va jozibasini namoyish etadi. Endilikda san’atning mazkur turi ham alohida ahamiyatga ega bo‘lib, zamonaviy san’atning rivojida muhim ahamiyat kasb etgan. Foto san’at O‘zbekiston badiiy madaniyatida muhim o‘rin egallagan. Rassomlar ijodiy uyushmasi tasarrufidagi fotorassomlar seksiyasi hamda O‘zbekiston Badiiy akademyasi tasarrufidagi Toshkent Fotolar uyi misolida ko‘rish mumkin. Mazkur ko‘rgazma zallarda doimo zamonaviy o‘zbek hamda chet ellik fotorassomlarning ko‘rgazmalari namoyish etib kelinmoqda. Bu jarayonlar albatta yurtimizda zamonaviy san’atni yuksaltirishda olib borilayotgan ilg‘or jarayonlardan biri hisoblanadi.
Shu o‘rinda, “2009 yil 15-22 oktyabr kunlari Toshkent V Xalqaro zamonaviy san’at biennalesini ta’kidlab o‘tish joiz. Mazkur ko‘rgazma marosimida 2 mingdan ortiq tomoshabin qatnashgan bo‘lib, dunyoning ko‘p mamlakatlaridan tashrif buyrgan 90 dan ortiq rassomlar hamda O‘zbekistonda ijod etayotgan 100 dan ortiq rassomlarning videoart, performans, installyatsiya va rangtasvir, haykaltaroshlik, grafika, fotografiya singari zamonaviy san’atning turlaridagi ijodiy ishlari bilan qatnashganlar.
Biennale – 2009 O‘zbekiston nafaqat madaniy merosi, balki zamonaviy san’ati bilan ham jahon e’tiborini tortayotganini ko‘rsatdi. Biennale ishi doirasida xorijiy rassomlar, san’atshunoslar o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, hamkorlikdagi bo‘lajak loyihalarni muhokama qilishdi. Jumladan, 2010 yilda Toshkentda rassomlarning xalqaro formuni o‘tkazish mo‘ljalandi. Kelgusi yil boshida O‘zbekiston, JAR, Fransiya, Ispaniya, Gollandiya, Rossiya va Germaniya sn’atshunoslari va rassomlari tomonidan uning konsepsiyasi shakllantirildi. Shunday qilib, V Toshkent Xalqaro biennalesi jahon zamonaviy san’atidagi yangi tamoyillarni namoyish etib, O‘zbekiston va boshqa mamlakatlar rassomlarining samarali hamkorligi uchun keng imkoniyatlar ochdi”.55
2018 yilning 4-8 oktyabr kunlari O‘zbekistonda “San’at va texnologiyalar. Tasdiq va inkor” mavzusiga bag‘ishlangan VIII Toshkent xalqaro zamonaviy san’at biennalesi tashkil etilgan bo‘lib, biennaleda Toshkent va Buxorodagi namoyish maydonlarida Rossiya, AQSh va Yevropa, Lotin Amerikasi, Janubiy, Sharqiy va Markzaiy Osiyo mamlakatlaridan yuzdan ziyod rassomlarning rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik, foto va videoart, installyatsiya hamda perfomans ishlari havola etilgan. Mazkur biennalini yoritishda A.Hakimovning “Palmira uzra musaffo osmon”56 nomli maqolasida ushbu xalqaro forum muammolarini talqini, xalqaro zamonaviy biennalisini tashkil etishdagi jarayonlar va bu jarayonlar doirasining yanada kengayib borayotganligi, anjumanlar o‘tkazilish zallari va ko‘rgazma zallarning soni ortgani hamda yaratilayogan sharoitlar , ko‘rgazma ishtirokchilari, namoyishga qo‘yilgan ijodiy ishlar, bir qator tashkillashtirilgan loyihalar, san’at haftaligi doirasida kechgan jarayonlar hamda, taqdirlash marosimi borasida ma’lumotlar berilgan. Chet ellik qatnashchilar tomonidan taqdim etilgan ijodiy ishlar, jumladan, Bonum Factum galereyasida namoyish etilgan virtual loyihalar xususida alohida to‘xtalgan bo‘lib, reallikni aks ettiruvchi yangi texnalogik yondashuvlarning o‘ziga xos jihatlari namoyon bo‘lgan. Bir qator ijodkorlar nomlari; fransiyalik media-rassom Moris Benayun, rossiyalik media-rassom Nikita Shoxov, shveytsaryalik media-rassom Bit Kuert va ular tomonidan amalga oshirilgan ijodiy ishlar yoritilgan. Biennaleda zamonaviy o‘zbek rangtasviri Yoshlar ijod saroyidagi ekspozitsiyada A.Isayevning “Qalb shiddati”, T.Fadeyevning “Afsungarlar.So‘ngi tuhfalar”, M.Esonovning “Sug‘diyona” nomli ishlarida yangi noan’anaviy plastikaning aksi va bir qator O‘zbekistonda ijod etib kelayotgan rassomlarning loyihalari borasidagi yutuq va kamchiliklari borasida so‘z borgan. Mazkur maqolada “islom san’ati” degan tushunchani zamonaviy islom sivilizatsiyasining ijobiy estetikasini biennaleda namoyishga qo‘yilgan ishlarning mualliflari, musulmon Sharqning badiiy an’analarini talqin etganlari, jumladan, Toshkentlik rassom O.Sharipovning xattotlik ishlarida namoyon etilganligi, Tojikistonlik rassomlar All ava Aleksey Rumyansevlarning “Plamira uzra musaffo osmon” nomli turkum ishlarida o‘z aksini topganligi haqida so‘z borgan.
San’atning darajasi uning umuminsoniy muammolarini zamonaviy estetik talablarga xos tarzda qanday talqin etganligiga qarab belgilanadi. O‘zbek rangtasvir san’atida milliy an’ana interpretsiyasining muammolarini hal etishda o‘z hissasini qo‘shayotgan rassomlar faoliyati beqiyosdir. Hozirgi zamon san’ati rivojiga, rassomning ijodiy izlanishi yangi mazmunli g‘oya, insonlarning ma’naviy-ma’rifiy talablarini qondirish bilan bog‘liq hisoblanib, kartina kompozitsiyasi yechimi, murakkab ruhiy holatini topish, ijdokorlardan kundalik hayotdagi go‘zallikni aks ettirish muammolarini, zamondoshlarining ichki his-tuyg‘ularini sezishini talab etadi. Ular zimmasida badiiy obrazlarni yaratish vositalarini boyitish, taraqqiy etgan ilg‘or yutuqlar orqali imkoniyatlar ko‘lamini kengaytirishi mavjud.
San’at qaysi ko‘rinishda bo‘lmasin kishilar his-tuyg‘usiga, ruhiyatiga ta’sir etuvchi asosiy vostilardan biri hisoblanadi. Har bir ijodkorning o‘z ijod olami, o‘z izlanishlari va hissiy kechinmalari mavjud. San’at o‘ziga xos turlarga va janrlarga ega bo‘lib, ularning tomoshabinga ta’sir etish jarayonlari turlichadir.


Download 3,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish