Kamola Axtamova 4-kurs 405 - guruh
Mustaqil ish
Til ijtimoiy mohiyatga ega bo`lgan hodisadir. Avvalo, “til”, “ijtimoiy” tushunchai
to`g`risida batafsilroq to`xtalib o`taylik. Til bevosita kuzatishda berilmagan. U jamiyat
a‟zolarining ongida mavjud bo`lib, ularning barchasi uchun tayyor, umumiy, majburiy
bo`lgan, fikrni shakllantirish va uni ifodalashga xizmat qiladigan birliklar va ularning
o`zaro munosabatlari haqidagi tasavvurlar yig`indisidir. Til mohiyat, umumiylik,
zaruriyat va yashirin imkoniyatdir. “Ijtimoiy” so`zi arab tilidan olingan bo`lib, kishilik
jamiyatiga, uning hayoti va qonuniyatlariga oid degan ma‟noni ifodalaydi. Kishilik
jamiyati til bilan chambarchas bog`liq bo`lib, til yordamida kishilar o`zaro fikr almashish
imkoniyatiga ega bo`ladilar. Demak, til kishilik jamiyatining eng muhim aloqa vositasi
bo`lib, jamiyatga xizmat qiladi. Til ko`p qirrali va murakkab hodisa bo`lganligi uchun
ham kishilik jamiyatining tarixiy taraqqiyoti davomida til hamda uning muhim
xususiyatlari haqidagi turli tushuncha, fikr-mulohazalar-u nazariyalar vujudga kelgan.
Jumladan, XIX asrning o`rtalariga kelib tabiiy fanlar sezilarli darajada rivojlandi; Charlz
Darvinning jonivor va o`simliklarning turlari haqidagi ta‟limotining yuzaga kelishi
natijasida ba‟zi tilshunos olimlar tilni tirik organizm deb tushuna boshladilar. Mashhur
nemis olimi Avgust Shleyxer (1821-1868) nomi bilan bog`liq bo`lgan “naturalistik oqim”
vakillari tilni tirik organizm ekanligini isbotlashga uringanlar. A.Shleyxer o`zining
“Darvin nazariyasi va tilshunoslik”(1863 y.) asarida Darvinning ta‟limotini tilga ham
tatbiq etish kerak, deb da‟vo qiladi. A. Shleyxer va uning tarafdori bo`lgan
M.Myullerlarning yozishlaricha, tilning paydo bo`lishi, rivojlanishi va o`lishi tabiat
qonunlariga bo`ysungan holda ro`y beradi, ya‟ni kishi tug`ilganda til ham tug`iladi, kishi
o`lganda til ham o`ladi. A.Shleyxer, M.Myuller kabi olimlar shunday fikr tarafdorlari
bo`lganliklari uchun ham ular “naturalistik oqim” 6 vakillari sirasiga kiritildi.
“Naturalizm ” yunoncha so`z bo`lib, tabiiy degan ma‟noni ifodalaydi. Naturalizm XIX
asrning ikkinchi yarmida nafaqat tilshunoslikda, balki adabiyot va san‟atda ham vujudga
kelgan edi. Naturalizm yuqorida ta‟kidlab o`tilganidek, tabiiy fanlar sohasida erishilgan
katta yutuqlar ta‟sirida maydonga keldi. Naturalizm namoyandalari, birinchi navbatda,
fiziologiyaga tayandilar. Tilshunoslikda paydo bo`lgan “naturalistik oqim”ni tilning
tabiati va mohiyatini faqat tabiat asosida, g`ayri tabiiylikdan xoli holda tushuntiruvchi
Do'stlaringiz bilan baham: |