Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot
|
2018 y.
|
2019 y.
|
O`zgarish koeffitsienti, %
|
Sug`urta xizmatlaridan tushgan yalpi tushum
|
5922996
|
5618484
|
94,9
|
Umumiy xarajatlar
|
4501913
|
5351746
|
118,9
|
Moliyaviy faoliyatdan daromadlar
|
12614730
|
10052277
|
79,7
|
Moliyaviy faoliyatdan xarajatlar
|
5853680
|
2687542
|
45,9
|
Soliq to`langunga qadar sof foyda
|
8216111
|
7666723
|
93,3
|
Foyda solig`i
|
123074
|
621301
|
504,8
|
Boshqa turdagi soliqlar
|
296979
|
-
|
-
|
Sof foyda
|
7796057
|
7045421
|
90,4
|
Yuqoridagi jadvaldan foydalanib aytishimiz mumkinki, 2019-yil natijalari 2018-yoga nisbatan qoniqarli emas. Yalpi tushum deyarli 5%ga kamayganini hisobga olib, shuningdek umumiy xarajatlar o`tgan yilga qaraganda sal kam 19% ga oshanini, buning ustifa foyda solig`i 5 barobar oshib ketgani sof foydani 9,6% ga kamayishiga o`z ta’sirini ko`rsatgan. Moliyaviy faoliyatdagi xarajatlar deyarli 55%ga kamayganiga qaramasdan, moliyaviy hisobot natijalari yaxshi, deb aytish mushkul.
5-jadval
“INGO-UZBEKISTAN" sug`urta kompaniyasining 2018-2019-yillardagi buxgalteriya balansi5
Balans
|
2018 y.
|
2019 y.
|
O`zgarish koeffitsienti, %
|
Aktivlar:
|
46084439
|
59030224
|
128,1
|
Uzoq muddatli aktivlar
|
10876651
|
12040154
|
110,7
|
Asosiy vositalar
|
620492
|
733995
|
118,3
|
Qimmatli qog`ozlar
|
10203111
|
11153111
|
109,3
|
Kapital qo`yilmalar
|
53047
|
53047
|
100,0
|
Joriy aktivlar
|
35207787
|
46990070
|
133,5
|
Tovar-moddiy zaxiralar
|
37648
|
37648
|
100,0
|
Debitorlar qarzlari
|
3184179
|
3638852
|
114,3
|
Pul mablag`lari
|
429691
|
493673
|
114,9
|
Majburiyatlar:
|
3451538
|
4022460
|
116,5
|
Joriy majburiyatlar
|
3451538
|
4022460
|
116,5
|
Sug`urta operatsiyalari bo`yicha majburiyatlar
|
3025736
|
3688850
|
121,9
|
Xususiy kapital
|
29681785
|
39136967
|
131,9
|
Ustav kapitali
|
16937700
|
30000321
|
177,1
|
Taqsimlanmagan foyda
|
7801498
|
7551746
|
96,8
|
Sug`urta rezervlari
|
12951116
|
15870797
|
122,5
|
“INGO-UZBEKISTAN" sug`urta kompaniyasining buxgalteriya balansidagi o`zgarishlar uning aktivlari, majburiyatlari hamda xususiy kapitali mos ravishda 28,1%, 16,5% va 31,9% ga oshgani ko`rsatilgan. Joriy aktivlar aktivlarning asosiy qismini tashkil qilib, 2018-yilda bu ko`rsatkich 76,4%, keying yil esa 79,6% ekanligi aniqlandi. Majburiyatlar qismida esa uzoq muddatli majburiyatlar mavjud bo`lmaganligi tufayli jadvalga kiritilmadi.
Shuningdek, kompaniyaning ustav kapitali 2019-yilda o`tgan yilga nisbatan 77,1%ga oshganini ko`rishimiz mumkin.
Kompaniyamizning faoliyati sug`urta sohasida bo`lganligi sababli buxgalteriya balansining passiv qismida sug`urta rezerzlariga ega, va yuqoridagi jadvalda bu ko`rsatkich 2018-yilga nisbatan 22,5%ga o`sganiga guvoh bo`lamiz.
Hozirgi kunda moliyaviy vositachilarning moliya tizimida tutgan o’rni
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning asosiy maqsadi iqtisodiy taraqqiy etish va iqtisodiyotni yanada gullab-yashnashini ta’minlash bo`lib, bu orqali aholi turmush tarzini yanada yaxshilash, ular uchun zaruriy shart-sharoitlarn yaratishdan iborat. Iqtisodiy rivojlanishga ko`plab omillar ta`sir qilinishini inobatga olib, moliyaviy vositachilarning iqtisodiyotga, moliya tizimiga ta’sirini ko`rib chiqish maqsadga muvofiq.
Moliyaviy vositachilar moliya tizimida juda katta ahmiyatga ega. Ularning asosiy vazifasi iqtisodiyotda bo`sh turgan kapitalni investitsiyalarga yo`naltirishga ko`maklashish hisoblanadi, ya’ni ortiqcha bo`sh mablag`ga ega shaxslardan moliyaviy resurslarga muhtojlik sezayotgan shaxslarga yetib borishi uchun xizmat qiladi. Aynan moliyaviy tizim ham shu kabi moliyaviy xizmatlarni taqdim etuvchi institutlarni o`z ichiga oladi.
Moliyaviy vositachilarga banklar, sug`urta kompaniyalari, kredit tashkilotlari, pensiya fondlari kabi tashkilotlarni misol qilib keltirishimiz mumkin. Bular ichidan barchaga tanish bo`lgan banklar haqida to`xtalib o`tsak, albatta, bank deganda naqd va naqdsiz pullar operatsiyalarini amalga oshiruvchi, jismoniy va yuridik shaxslarga kredit beruvchi muassasa ko`z oldimizga keladi. Lekin, banklar ana shu kredit mablag`larini qaysi manbalardan moliyalashtirishi to`g`risida hamma ham o`ylab ko`rmagan bo`lsa kerak. Banklar omonatlarga pul mablag`larini jalb qilish, foiz evaziga depozitlar qabul qilish va shu kabi yo`llar orqali bu vazifani amalga oshiradi. Masalan, vaqtincha bo`sh pul mablag`lariga ega subyekt keyinchalik foiz ko`rinishidagi daromadga ega bo`lish maqsadida bankka depozit shaklida saqlashga beradi. Bu davrda bank bu mablag`ni kredit ko`rinishida boshqa moliyaviy resurslari defitsit bo`lgan subyektga o`zining tamoyillari va shartlari asosida muddatli qarzga beradi. Bu orqali moliyaviy vositachi sifatida pul aylanishini hamda moliyaviy oqimni vujudga keltiradi. Bu esa, o`z navbatida yalpi ichki mahsulotni shakllanishiga, uni taqsimlanishiga hamda yuqori ko`rsatkichga ega bo`lishiga ta`sir qiladi. Bundan tashqari, yuqoridagi operatsiyalarni bajarish jarayonida bitimlar tuzish, fondni shakllantirish, uni taqsimlash kabi holatlar yuz beradi. Bu moliya tizimida banklar, umuman, moliyaviy vositachilar asosiy ishtirokchi sifatida qatnashishini yaqqol namoyon qiladi. Quyidagi rasmda moliyaviy vositachilarning moliya tizimida boshqa ishtirokchilar bilan o`zaro aloqasi ko`rsatilgan:
Bozorlar
Moliyaviy vositachilar
Moliyaviy resurslari defitsit bo`lgan iqtisodiy subyektlar
Moliyaviy resurslari defitsit bo`lgan iqtisodiy subyektlar
1-rasm. Moliyaviy oqimlar6
Xulosa o`rnida ta’kidlash lozimki, moliyaviy vositachilar o`z vazifasini amalga oshirish jarayonida moliyaviy oqimni vujudga keltiradi, bu esa moliya tizimiga bo`lgan ta’sirini ko`rsatadi. Chunki moliya tizimini moliyaviy oqimlarsiz tasavvur qilib bo`lmaydi. Umuman olganda, moliyaviy vositachilar mamlakat iqtisodiyoti gullab-yashnashi uchun zarur vositachilar hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |