Bog'liq Kameral nazorat nima va u kim uchun foydali
Kameral soliq tekshiruvini o‘tkazish tartibi ma'lum bo‘ldi Kameral soliq tekshiruvini o‘tkazish to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanadi
Foto: Shutterstock
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Kameral soliq tekshiruvini o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi hujjat loyihasi e'lon qilindi.
Qayd etilishicha, kameral soliq tekshiruvi – soliq to‘lovchi (soliq agenti) tomonidan taqdim etilgan soliq hisobotlarni va (yoki) soliq to‘lovchining faoliyati to‘g‘risida soliq organda mavjud boshqa ma'lumotlarni o‘rganish va tahlil qilish yo‘li bilan soliq organi tomonidan amalga oshiriladigan tekshiruvdir.
Kameral soliq tekshiruvi soliq to‘lovchining huzuriga bormasdan soliq organi joylashgan yerda amalga oshiriladi.
Kameral soliq tekshiruvining maqsadi soliq to‘lovchiga soliq organlari tomonidan kameral soliq tekshiruvi natijalari bo‘yicha soliq hisobotlarida aniqlangan tafovutlarni mustaqil ravishda bartaraf etish huquqini berishdan iboratdir.
Kameral soliq tekshiruvi soliq organi rahbarining (rahbari o‘rinbosarining) buyrug‘i asosida o‘tkaziladi. Buyruqda soliq to‘lovchining nomi va identifikatsiya raqami, tekshiruvchi shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi, tekshiruvni o‘tkazish muddatlari, tekshirilayotgan davr, tekshirilayotgan soliqlar va yig‘imlarning turlari ko‘rsatiladi. Ko‘rsatib o‘tilgan ma'lumotlar buyruqning ilovasida aks ettirilishi mumkin.
Qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini qoplashga nisbatan kameral soliq tekshiruvi soliq organining buyrug‘isiz, Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Agar soliq (hisobot) davri uchun soliq monitoringi o‘tkazilayotgan bo‘lsa, bunday davr uchun kameral soliq tekshiruvi o‘tkazilmaydi. Mazkur qoida soliq monitoringi muddatidan oldin tugatilganda qo‘llanilmaydi.
Soliq to‘lovchi tomonidan ilgari taqdim etilgan soliq hisobotiga nisbatan budjet tizimiga to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq summasi kamaytirilgan yoki ko‘rilgan zarar summasi ko‘paytirilgan aniqlashtirilgan soliq hisoboti taqdim etilgan hollarda aniqlashtirilgan soliq hisoboti kameral soliq tekshiruvidan o‘tkaziladi. Bunda, aniqlashtirilgan soliq hisoboti taqdim etilgan kundan e'tiboran uch kun ichida kameral soliq tekshiruvi boshlanib, Nizomda o‘rnatilgan tartibda amalga oshiriladi.
Kameral soliq tekshiruvini o‘tkazish muddati mazkur tekshiruvni o‘tkazish to‘g‘risidagi buyruq bilan belgilanadi.