Masofadan o’qitish tizimida mashg’ulotlarni sistemali tarzda olib borish. Axborot texnologiyalari asosida masofadan o’qitish tizimining samaradorligini oshirish ko’p jihatdan yaratilayotgan va qo’llanilayotgan pedagogik dasturiy vositalar – o’quv dasturlari, elektron qo’llanmalar, avtomatlashtirilgan o’qitish kurslari va hokazolar mazmuniga va sifatiga bog’liq bo’ladi.
Masofadan o’qitish tizimida dasturiy vositalar ma’lum bir Fan sohasini yoki predmetni o’rganish uchun mo’ljallangan bo’lib, o’qitish jarayonida yoki talabalarni mustaqil bilim olishida ko’proq foydalaniladi. Masofadan o’qitish tizimida nazariy, Amaliy va nazorat mashhulotlarini tashkillashtirish o’quv dasturlarining o’rniga qarab foydalanish ham o’quv jarayoni samaradorligini oshirishda muhim omil bo’lib hisoblanadi.
Masofadan o’qitish tizimini amalga oshirish uchun eng samarali vositalardan biri avtomatlashtirilgan o’qitish kurslari mashhulotlarni o’tkazish jarayonini mukammallashtirish Bilan birga talabalarni mustaqil ishlashini takomillashtirishda ko’proq qo’llaniladi.
Masofadan o’qitish tizimi uchun avtomatlashtirilgan o’qitish kurslarini yaratish murakkab jarayon hisoblanadi. Buning uchun shu predmet bo’yicha mukammal bilimga ega bo’lishi Bilan birga ta’lim jarayonida kompyuter va axborot texnologiyalarining psixologik va uslubiy ta’minoti ham talab etiladi.
Axborot texnologiyalari asosida masofadan o’qitish tizimi tradision o’qitish tizimi Bilan uyg’unlashgan holda amalga oshiriladi. Buning uchun masofadan o’qitish tizimida interaktiv Internet texnologiyalar: chat, muammoli munozaralar, telekonferensiyalar, o’qituvchi va talabalarni muloqot qilish uchun e’lonlar oynasi, talabalarni bilimini nazorat qilish va baholash, turli xil trenajyorlar qo’llaniladi.
Masofadan o’qitish tizimida talabalar mustaqil bilim olishlari uchun tarmoqqa joylashtirish elektron darsliklar, gipermatnli qo’llanmalar, multimedia texnologiya CD-ROM disklar va boshqalardan foydalaniladi:
Bundan tashqari talabalar mustaqil bilim olishida, o’tilgan mavzularni takrorlashda, hamda olgan bilimlari asosida nazoratlar topshirishda o’rganuvchi, axborot – ma’lumotli, nazorat qilish dasturlarining qo’llanilishi axborot texnologiyalari asosida masofadan o’qitish samaradorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Shuning uchun anna shu funksiyalarni hammasini o’zida mujassamlashtirilgan elektron darsliklarni yaratish hozirgi kunning eng dolzarb masalalaridan biri bo’lib qolmoqda.
Ta’lim jarayonining samaradorligi axborotlarni talabalarga qanday tarzda, qanday texnologiyalar asosida berilishiga va ularni qanday qabul qilishga bog’liq. Shu nuqtai nazardan kompyuter texnologiyalari: maltimedia texnologiyalari, masofadan o’qitish tizimi, elektron qo’llanmalar, Internet tarmoqlari va hokazolar orqali fanlarni o’rganish jarayonini tashkillashtirish albatta ijobiy natija beradi deb umid qilish mumkin.
Multimedia texnologiyalari o’rganilayotgan jarayon to’hrisidagi har bir axborotni talabalarga harakatli, ovozli, grafikli ko’rinishlarda bayon qilib beradi. Bu esa yangi materialni berish uchun ketadigan vaqtni tejash bilan birga talabalarni yangi axborotni qabul qilish ehtiyojini qondiradi.
Gipermatn prinsipiga asoslangan o’quv matnnining ixtiyoriy qismidan ixtiyoriy qismga o’tish, kerakli bo’limlarni ixtiyoriy tanlash imkoniyatiga ega bo’ladilar. Bu esa o’rganilayotgan mavzuning u yoki bu qismini takroran ko’rib chiqishga imkon yaratadi, ya’ni ularning fikrlash qobiliyatini, lozim bo’lgan hollarda kerakli natijaga kelish bilim va ko’nikmalarini oshiradi.
Fanlarda o’rganishda multimedia texnologiyalarini qo’llash talabalar uchun ham yangi imkoniyatlarni ochish bilan birga, hal qilinishi lozim bo’lgan muammolarni ham keltirib chiqaradi, ya’ni dars jarayoni samaradorligi o’qituvchilarning o’quv jarayoniga shu texnologiyalardan foydalanishga oid bilim va malakalarga ham bog’liq bo’ladi. Chunki har bir o’qituvchi dars o’tish jarayonida nazariy materiallarni talabalarga ko’rgazmali ko’rinishlarda etkazish amaliy mashg’ulotlarni kompyuter sinflarida tashkil qilish uchun axborot va kompyuter texnologiyalari vositalaridan foydalanish ko’nikma va tajribalarga ega bo’lmog’i lozim.
Masofadan o’qitish tizimi, hozirgi kunda, kompyuter texnologiyalari asosida keng qo’llanilayotgan yo’nalishlaridan biri bo’lib qolmoqda:
zamonaviy axborot va kompyuter texnologiyalarining etarli bazasining mavjudligi;
Internet tizimida ishlash imkoniyatining etarligi va uzluksizligi;
v) masofadan o’qitish tizimida bilim olayotgan o’quvchilarning bilim olish va uni o’zlashtirish darajasining yuqoriligi;
g) masofadan o’qitish tizimiga malakali va tajribali mutaxassislarni jalb qilish;
masofadan o’qitish o’quv kurslarining mavjudligi va etarliligi.
masofadan o’qitish tizimida mashg’ulotlarini grafik asosida sistemali tarzda borishi.
Ta’lim jarayonida axborot va kompyuter texnologiyalaridan foydalanish samaradorligi quyidagilardan iborat bo’ladi:
Axborot va kompyuter texnologiyalari talabalarni mustaqil ishlash ko’nikmalarini shakllantiradi. Bu ko’nikma talabalarni shaxsiy kompyuterda alohida ishlash jarayonida hosil bo’ladi.
O’z-o’zini tekshirish bilim va malakalari shakllanadi, ya’ni talabalar maxsus dasturlar asosida o’z bilimlarini nazorat qilish imkoniyating ega yuo’ladi. Ular bir vaqtning o’zida bilim darajasi natijasini ham bilib oladilar.
O’quv jarayonidan faollikni oshiradi, ya’ni oddi y tradision o’qitish firmalariga qaraganda axborot texnologiyalari asosida o’quv jarayonlarida talabalar faolroq bo’ladi.
Ijodiy va ilmiy faoliyatini shakllantiradi va rivojlantiradi.
Real jarayonlar ya’ni modellar bilan ishlash va tasavvur qilish ko’nikmalari shakllanadi.
Ta’lim jarayoni bilan mashg’ul muassasalar bilan elektron pochta orqali muloqotda bo’lish, ya’ni o’quv muassasalari va chet ellar bilan ilmiy va ijodiy aloqalar o’rnatish imkoniyati kengayadi.
Masofadan o’qitish tizimining asosiy texnologiyalarini quyidagi jadval orqali ifodalash mumkin:
Жадвални номерлаш лозим!Жадвалга кичикроқ шрифт ва 1 интервал олиш мумкин
Do'stlaringiz bilan baham: |