Loyihalar. Davlat ta’lim yoki ilmiy-tadqiqot dasturi doirasida kеng qamrovlik loyihani amalga oshirish uchun mo’ljallangan masofali o’qitish modеlidan iborat. Ushbu modеlda asosiy ahamiyat o’quv matеriallarini ishlab chiquvchi asosiy mutaхassis хodimlar, masofali kurslarni olib boruvchi o’qituvchilar va olimlar yig’iladigan ilmiy – uslubiy markazga qaratiladi.
Markazda ishlab chiqiladigan masofali kurslar u yoki bu davlat (хudud) ning katta auditoriyasiga uzatiladi. Bunday o’qitish vaqtinchali hisoblanib, loyihada mo’ljallangan ishlar bajarilgandan yoki tugagandan so’ng tugatiladi. Bu modеlga misol sifatida Afrika va Lotin Amеrikasining rivojlanayotgan davlatlarida turli хalqaro tashkilotlar o’tkazgan qishloq хo’jaligi, agrotехnikaning yangi uslublari, ekologiya bo’yicha va sh.k. masofali o’qitish kurslari olish mumkin.
Masofadan o’qitish jarayoni sifatini boshqarish axborot tizimi
Zamonaviy axborot texnologiyalari asosida ta’lim jarayonini tashkillashtirish o’quv jarayoni mazmuniga, sifatiga va samaradorligiga ma’lum bir darajada ta’sirni ko’rsatadi.
Ta’lim jarayoniga axborot texnologiyalar: multimedia texnologiyalari, masofadan o’qitish tizimi, elektron qo’llanmalar va boshqalarning joriy etilishi, barcha kishilarni bilim olish istagini ma’lum bir miqdorda qondirishda mug’im rol o’ynaydi.
Hozirgi kunda axborot texnologiyalari asosida masofadan o’qitish tizimiga bo’lgan qiziqish ortib bormoqda.
Axborot texnologiyalari asosida masofadan o’qitish tizimini amalga oshirish uchun quyidagi asosiy masallarni hal qilish kerak bo’ladi:
Ta’lim jarayonini axborotlashtirish konsepsiyasini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq qilish;
Uslubiy va pedagogik ta’minotini yaratish;
Masofadan o’qitish tizimini amalga oshirish uchun lozim bo’lgan kompyuter va dasturiy vositalar Bilan ta’minlash.
Xalqaro kompyuter tarmoqlari, shu jumladan Internet texnologiyalarining uzluksiz rivojlanishi natijasida masofadan o’qitish tizimida qo’llab qulayliklarni hosil bo’lishiga zamin yaratilmoqda. Bu qulayliklar quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin:
Masofadan o’qitish tizimi zamonaviy kompyuter Bilan jihozlangan sinflarda, hamma uchun qulay vaqtda va sharoitda olib boriladi.
O’qitish tizimi darajasi, muddati va imkoniyatlari ta’lim oluvchilarning har biri uchun alohida qilib belgilanadi.
Ta’lim oluvchilar uchun territoriya va vaqt chegaralanmagan.
Masofadan o’qitish tizimi uchun kerakli o’quv materiallar qabul qilish, Internet tarmoqlaridan asosan sinxron (on-line) va sinxron (off-line) ko’rinishlarida amalga oshiriladi. Lekin hozirgi kunda masofadan o’qitish tizimida ma’lumotlarni olishning boshqa ko’rinishlari ham paydo bo’lmoqda. Bunga axborot va kompyuter texnologiyalarining texnik va dasturiy jihatdan rivojjlanayotganligi, hamda Internet tarmog’iga ulanishning arzonligi va undan foydalanishning oddiyligi asosiy sabab bo’lmoqda.
Axborot va kompyuter texnologiyalari asosida masofadan o’qitish tizimi samaradorligini oshirish quyidagi shart-sharoitlarga va omillarga bog’loq bo’ladi:
Zamonaviy axborot va kompyuter texnologiyalari bazasini mavjudligi va
etarliligi;
Internet tarmog’ida ishlashning uzluksizligi;
v) Masaofadan bilim olayotgan o’quvchilarning bilim olish ishtiyoqining va o’zlashtirish darajasining yuqoriligi;
g) Masofadan o’qitish tizimiga bilimli, malakali va tajribali o’qituvchilarning jalb etilishi;
Masofadan o’qitish tizimining kerakli va sifatli o’quv materiallari, elektron darsliklar va o’quva kurslari Bilan ta’minlanganligi va ularning etarliligi;
Do'stlaringiz bilan baham: |