Ikkinchi yondashuv – aholini ro'yxatga olish ma`lumotlari asosida davlat statistika idorasi, masalan «Rosstat» (sobiq Davlat statistika qo'mitasi) tomonidan belgilanadigan va aholi o'rtasida daromadlar va xarajatlar bo'yicha rasmiy statistik ma`lumotdir. 2003 yilda 44,5 mingdan ortiq oilalarning so'nggi yirik tadqiqotlari o'tkazildi (NOBUS «Aholi farovonligi va uning ijtimoiy dasturlarda ishtiroki» mavzusidagi Milliy so'rov natijalari asosida).
Bu kabi statistik so'rovnomalar, «mini-ro'yxatga olish»lar jamoatchilik fikrini o'rganish emas, ular faqat masalaning amaliy tomoni bilan bog'liq, ya`ni, siz qancha daromad olasiz, qancha sarf qilasiz va hokazo.
Nihoyat, uchinchi yondashuv – bu daromad va xarajatlarning jismoniy ko'rsatkichlarini emas, balki moddiy boyliklari, moddiy muammolari va turmush tarzi ko'rsatkichlarini baholovchi ommaviy so'rovlardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |