1) eng kam ish haqi va pensiyalar;
2) bazaviy ijtimoiy to‘lovlar: ishsizlik, bolani parvarishlash, boquvchisini yo‘qotganlik nafaqalari, stipendiyalar va boshqalar.
Iste’mol savatchasiga kiruvchi tovarlar va xizmatlar to‘plami har bir mamlakatda turlicha. Uning tarkibi davlat darajasida belgilanadi va ko‘plab omillar – tabiiy iqlim sharoitlari, mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi, oziq-ovqat tovarlarini ishlab chiqarish xususiyatlari, tovarlar va xizmatlarning haqiqatda iste’mol qilinishi va boshqa omillarga bog‘liq bo‘ladi.
Yashash minimumi juda muhim ko‘rsatkich hisoblanadi. Undan eng kam ish haqi, pensiya va nafaqalarni belgilash, davlat va mahalliy byudjetlarni hisob-kitob qilish hamda ijtimoiy dasturlarni ishlab chiqishda keng foydalaniladi.
O‘zbekiston 2019 yilda global ochlik indeksida 10,7 ball to‘plab, dunyo mamlakatlari o‘rtasida 49-o‘rinni egalladi.
Global ochlik indeksi(GHI) har yili Concern Worldwide va Welthungerhilfe xalqaro nodavlat tashkilotlari tomonidan e’lon qilinadi. Baholashlar turli manbalardan olingan ma’lumotlarga tayangan holda, uch bosqichli jarayonda amalga oshiriladi.
Global ochlik indeksini hisoblashda har bir mamlakat uchun to‘rtta ko‘rsatkichdan foydalaniladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |