Kambag‘allik chegarasi nima?



Download 157 Kb.
bet12/26
Sana14.02.2022
Hajmi157 Kb.
#448742
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26
Bog'liq
Kambag‘allik chegarasi nima

Baxtiyor XO‘JAYoROV,
xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashi deputati, Samarqand davlat universiteti professori.

Har qanday kasallikning yarim davosi bu – albatta, yaxshi niyatdir. Chunki yaxshi niyat, yaxshi kayfiyat insonni xotirjam qiladi, uning xayolini har xil noo‘rin fikrlardan, vahimalardan forig‘ etadi.


Shu jihatdan olganda, koronavirus infeksiyasining vaksinasi bor. Bu – YaXShI NIYaT, ILM-MA’RIFAT, HAMJIHATLIK va HISSIYoTLARGA BERILMASLIK tuyg‘usidan tarkib topgan. Bunday vaksina xalqimizning qonida bor. Zero, xalqimiz azal-azaldan faqat yaxshi niyat qilib yashab keladi. Aynan mana shu yaxshi niyat xalqimizni tarixning murakkab sinovlaridan eson-omon olib chiqqan va bundan keyin ham albatta shunday bo‘ladi.
Bugungi kunda butun dunyoda koronavirus tufayli go‘yoki dunyo to‘xtab qolayotgandek tuyulayotgan bir paytda so‘zimizni bir latifadan boshlasak.
“Yerga o‘zga sayyoraliklar tashrif buyurishibdi. O‘zga sayyoraliklar yerliklarga murojaat qilib, “Biz bir necha ming yorug‘lik yiliga teng bo‘lgan masofani bosib keldik. Tashrifimizdan ko‘zlangan asosiy maqsad, sizlarni butun koinot aqlli mavjudotlar jamiyatiga qo‘shmoqchimiz. Lekin bundan avval sizlarga bir nechta savollar bilan murojaat qilmoqchimiz”, deb, keyin savol berishibdi:
– Nima uchun sayyorangizda kambag‘allar, nochorlar ko‘p?
– Pul yo‘q.
– Nima uchun sizlarda kasalliklar bunchalik keng tarqalgan?
– Pul yo‘q.
– Nima uchun dengizlar qurib, okeanlar ifloslanib, yerlar yaroqsiz bo‘lib ketyapti?
– Pul yo‘q.
– Nima uchun sizlarda savodsizlik darajasi yuqori?
– Pul yo‘q.
O‘zga sayyoraliklar yerliklarga nima savol berishmasin, barcha savollarga yerliklar “Pul yo‘q”, deb javob qaytaraveribdi. Shunda o‘zga sayyoraliklar hayron qolib, “Pul shunchalik qimmatbaho, noyob resursmi? Mana biz juda taraqqiy etganmiz, agar uni biron-bir sayyoradan keltirish mumkin bo‘lsa, aytinglar. Biz yordam beramiz”, deyishsa, yerliklar “Pulni o‘zimiz ishlab chiqaramiz”, deyishibdi. Buni eshitgan o‘zga sayyoraliklar: “Siz yerliklar aqlli mavjudotlar jamiyatiga qo‘shilishingizga hali ancha bor ekan”, deb o‘zga sayyoraga qaytib uchib ketishgan ekan”.
Haqiqatdan ham, hamma muammolarning yechimi puldamikan? Yo‘q, albatta. Balki bu gap kimgadir yoqar, kimgadir yoqmas, lekin barcha muammolarimizning ildizi bu – biz yerliklarning aqlsizligimizdadir.
Ingliz yozuvchisi va shoiri Oskar Uayld “Jamiyatda boylarga qaraganda pul haqida eng ko‘p o‘ylovchi sinf bu – kambag‘allardir. Zero, ularda puldan boshqa o‘ylaydigan narsaning o‘zi yo‘q. Kambag‘allikning muammosi ham aynan shundadir”, deb aytganida naqadar haq edi.
Bugungi kunda jahon iqtisodiyoti turli moliyaviy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy inqirozlarning kuchayishi, mamlakatlar o‘rtasida turli savdo urushlarining avj olishi natijasida dunyo mamlakatlari o‘rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy aloqalarning cheklanishi kabi jarayonlar bilan tavsiflanadi. Buning natijasida esa, dunyoning ko‘pgina milliy iqtisodiyotlarida YaIM o‘sishining sekinlashuvi, real daromadlarning pasayishi, ijtimoiy tabaqalanishning chuqurlashuvi va qashshoqlikning ortishi kuzatilmoqda.
Muxtasar qilib aytganda, kambag‘allik – muayyan maqbul turmush darajasini ta’min eta olmaslikdir. Bir so‘z bilan aytganda, bu – ma’lum bir shaxs yoki oilaning zaruriy ehtiyojlari darajasining ularni qondirish imkoniyatlaridan oshib ketishidir.
Hayot sifati va sharoitlariga e’tibor berish shaxsning (yoki oilaning) ijtimoiy mavqeyi va uning turmush darajasi o‘rtasidagi tafovutni aniqlash imkonini beradi.
Bugungi kunda kambag‘allikning favqulodda ko‘rinishi bo‘lgan qashshoqlik dunyodagi eng katta va aytish mumkinki, og‘riqli muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. Qashshoqlik – bu insonning kuniga 1,90 AQSh dollari yoki undan ham kamroq mablag‘ hisobiga kun kechirishini anglatadi. Shu bilan bir qatorda, qashshoqlik bu – insonning kambag‘allik chegarasidan ham past darajada daromadga ega bo‘lishini va insonning hayotda shunchaki, hech narsasiz yashab yurganini aks ettiradi. Kambag‘allik chegarasi kuniga 1,90 dollar etib belgilangan bo‘lsa-da, har bir mamlakat o‘zining rivojlanish darajasi va imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, kambag‘allik chegarasini belgilaydi. Masalan, Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida agar insonning daromadlari o‘zi istiqomat qilayotgan mamlakatdagi o‘rtacha ish haqining 60%idan kamroq qismini tashkil etsa, u kambag‘al insonlar sirasiga kiritiladi. Dunyoning ko‘pchilik mamlakatlarida kambag‘allik chegarasi deyilganda, yashash minimumidan past darajadagi daromad chegarasi tushuniladi.

Download 157 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish