Kam qavatli turar-joy binolari



Download 1,87 Mb.
bet2/3
Sana01.06.2022
Hajmi1,87 Mb.
#626981
1   2   3
Bog'liq
1-m

4-rasm. Uch xonali bir qavatli uyning hajmiy-tarhiy tuzilmasi:
1-umumiy xona; 2-yotoqxonalar; 3-xo‘jalik hududi; 4- sanitar tugunlari.


Ikki qavatli uylar. Umumiy maydoni 90m2 dan ko‘p bo‘lgan bir xonadonli uylarni ikki qavatli qilib loyihalash maqsadga muvofiqdir. Bunday uylar kottej tipli uylar deb nomlanadi. Birinchi qavatda odatda tamburli kirish yo‘lagi, umumiy xona, yotoqxonalardan biri, oshxona, xo‘jalik xonalari joylashadi.
Ikkinchi qavatda odatda yotoqxonalar joylashadi. Yotoqxonalar soniga qarab, ikkinchi qavat qisman yoki to‘liq band qilingan bo‘lishi mumkin. Ikki qavatli(sathli) uylarning bir necha turlari mavjud: mansardli uy, ya’ni 2-qavati to‘liq emas, pol sathi qo‘zg‘aluvchi uy, bunda uyning bir qismi bir qavatli bo‘ladi (4.7, 6-rasmlar).




5-rasm. Turar uylarning ikki sathli (qavatli) qilib yechish usuli:
a- mansardli uy; b-xonadonning bir qismi ikkinchi qavatda joylashgan (chordoqsiz yoki chordog‘ bilan); c-xonadonning xamma qismi ikki qavatda joylashgan (chordoqsiz yoki chordog‘i bilan); d-qiyalikda joylashgan uy; e-mansardli uyning qirqim qismidan fragment.



6-rasm. Har xil sathli besh xonali turar-joy xonadoni.
Mansardli uyda yuqori qavat xonalari chordoq chegarasida joylashadi. Tom nishabi 45º dan kam bo‘lmasligi kerak. Tom nishabining burchagi bundan kam bo‘lsa, mansardli qavatni o‘rnatish mumkin emas. Chordoqdan to‘liq foydalanish uchun, yuqori qavat xonalari shifti kesilgan burchakli bo‘ladi. Kesilgan qismlar devorlari balandligi 1,6 m dan kam bo‘lmasligi kerak.
Murakkab shaklli tomni o‘rnatishda, nishablar kesikli bo‘lganda, cherdak fazosidan to‘liq foydalaniladi – shiftlar gorizontal bo‘lib, devorlar bir balandlikka ega bo‘ladi (7-rasm).

7-rasm. Mansard tipidagi to‘rt xonali Turar-joy uyi garaji bilan.
Arxitektor I.N.Shishkov.

Ikkinchi qavati to‘liq bo‘lmagan uy tomi bir nishabli va ikki nishabli bo‘lishi mumkin. Aralash tomli uyning birinchi qavatida ko‘pincha umumiy xona joylashtirilib, u juda baland shiftli bo‘ladi. 2 qavatli uylarda hovli bilan to‘g‘ridan- to‘g‘ri bog‘lanish ularni ikki yarusga joylashtirish hisobiga erishiladi. Ikki qavatli uylar bir qavatli uylardan afzalligi bilan farq qiladi, chunki ular yer sathini, tom


sathini, poydevor va stokol hamda uy hajmining ikki marta qisqarishiga olib keladi va shu bilan ularning narxi arzonroq bo‘lishiga sabab bo‘ladi (8-rasm).




8-rasm. Besh xonali ikkinchi qavati to‘liq bo‘lmagan ikki qavatli uy.
2-qavat tarhi (chapdan), 1-qavat tarhi (o‘ngdan).

2 qavatli Turar-joy uylari tomorqali uylardan tubdan farq qilmaydi, farqi shundaki, bu uylarda faqat 2 qarama - qarshi tomonga yorug‘lik (tomorqali uylarda esa 3-4 tomoni ochiq yorug‘likni xohlagan tomondan) berish mumkin. Xonadonga kirish asosan ko‘cha tomondan tashkil etilgan bo‘lib, yo‘lak bilan umumiy xona va oshxonadan hovliga chiqishga qulay sharoit yaratilgan bo‘lishi kerak. Yozgi xona


/ayvon/ asosan hovli tomonga joylashgan bo‘lib, umumiy xona va oshxona bilan chambarchas bog‘langan bo‘lishi shart.
Bu uylar ko‘cha tomondan "qizil chiziqdan" 6 metr masofa tashlab quriladi. Uy oldiga panjarali gulxona, kirish va chiqish uchun darvoza yoki eshik o‘rnatiladi. Tomorqaning orqa tomoni esa tor xo‘jalik ko‘chasiga qaratilgan bo‘lib, uning xo‘jalik xonalari shu tomonda joylashtirilgan bo‘ladi.
Uy atrofiga gulzorlar, hovuzlar, yozgi oshxona, soyabonlar va daraxtlar o‘tkaziladi. Undan qolgan yer sathi sabzavotlar va mevali daraxtlar, uzumzorlar uchun ishlatiladi. Garaj uchun ham qulay joy tanlash zarur. U uy ichida ham bo‘lishi mumkin. Uylarni qulay joylashtirish uchun ularni birlashtirish, ya’ni bitta tom tagida joylashtirish mumkin.
Kam qavatli uylarni har tomondan yorug‘likka ega bo‘lishi (oriyentatsiyasi) ko‘p qavatli binolarga qaraganda uncha katta ahamiyatga ega emas, chunki past qavatli binoni daraxt va butalar bilan o‘rab ularni quyoshdan saqlash mumkin. Shuning uchun binoni g‘arbga qarab qurish mumkin. Bunday uylarda faqat yotoqxonalarni shimol tomonga qaratishdan saqlanish lozim, u yerda yaxshi sanitar- gigiyena sharoitini yaratish lozim. Vannaxona va hojatxonalarni tabiiy yoritish tavsiya etiladi, chunki bunday binolarda bunga imkoniyat bor (9-rasm). Kir yuvish asosan vannaxonada bajariladi. Vannaxonaning 2-qavatda joylashishi noqulaylik tug‘diradi. Shuning uchun eng qulayi oshxona yoniga maxsus kir yuvadigan xonaga kir yuvish mashinasi, suv ketadigan joy, dazmollash va kiyimlarni taxlaydigan joy, quritish shkafini joylashtirishdir.
Ikki xonadonli (juft) uy bir umumiy devorga ega bo‘lgan ikkita bir xonadonli xonadonlar birlashuvidir. Bunda ikki xonadonli uy tashqi devorlari perimetri har bir xonadon uchun kichik bo‘ladi, bu tashqi devorlar uchun materiallarni va isitish uchun harajatlarni kamaytirib, iqtisodga olib keladi. Bundan tashqari, ikki xonadonli uylarni qurish yer maydoni kengligini kamaytirishga imkon beradi, bu o‘z navbatida, ko‘chalar va barcha kommunikatsiyalarning umumiy uzunligini qisqartiradi. Natijada, bir xonadonga to‘g‘ri keluvchi, ko‘chalar va muhandislik kommunikatsiyalari, xuddi shunday maydonli bir xonadonli uylar qurilishi bilan taqqoslaganda, taxminan 25-30% ga qisqartiradi.




Download 1,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish