Kam qavatli turar-joy binolari



Download 1,87 Mb.
bet1/3
Sana01.06.2022
Hajmi1,87 Mb.
#626981
  1   2   3
Bog'liq
1-m

Kam qavatli turar-joy binolari


Ko‘p xonadonli uylardan farqli ravishda, kam qavatli qo‘rg‘oncha turidagi hovlili uylar yuqori gigiyenik sifatlarga ega, bular yashash talablariga to‘liqroq javob beradi. Xonadonlar katta yorug‘lik frontiga ega bo‘lib – barcha tomondan yoki ikki xonadonli uylarda uch tomondan yoritilgani sababli, uylar yaxshi insolyatsiyaga ega va barcha xonalar yaxshi shamollatiladi. Ularni qurish osonroq, chunki ko‘p hollarda uylar chegaralangan yo‘nalishga ega bo‘lishi mumkin. Yer uchastkasida binoning alohida joylashuvi yashash sharoitini yaxshilaydi. Xonadonlar shovqinli yo‘llar va qo‘shni maydonlardan uzoqroq joylashtirilgan bo‘ladi. Ikki xonadonli uylarda xonadonlarning qo‘shnichiligiga noqulaylik tug‘dirmaydi. Kirish eshiklari, ayvonchalar va terassalar uyning turli tomonidan joylashtirilgan bo‘lib, bir-biri bilan kesishmaydi. Xonadonlarning alohidaligi ular orasida qurilgan xo‘jalik qurilmalari yoki ajratuvchi devorlarni qurishga imkon beradi.
Qo‘rg‘oncha turidagi hovlili uylar o‘zining yer maydoniga ko‘ra ikki xil bo‘ladi, shahar va qishloq uylari. Shahar va qishloq hovlili uylari asosan 1yoki 2 qavatli qilib quriladi. Ular yer maydonining katta –kichikligiga qarab, yerdan foydalanish harakteriga ko‘ra va arxitekturaviy-tarhiy yechimi bo‘yicha farqlanadi. Shahardagi hovlili uylarning maydoni katta bo‘lmaydi (200-600 m.kv.), bu yerda aholini yashashdan maqsad yoz kunlari ochiq muhit –hovlidan foydalanishdir. Lekin qishloq uylarida aholi o‘zining shaxsiy tomorqasiga ega bo‘lib, u erda ishlaydi. Qishloq hovlili uylarining maydoni 0,15 gacha bo‘lishi mumkin.
Hovlili uyning uchta asosiy turi mavjud: alohida binoli uylar – turar-uy va hovlidagi xo‘jalik qurilmalari bilan; xo‘jalik xonalari uy ichiga yoki uyga ulab qurilgan hovlili uylar va ichki turar-uy hovlisi atrofida turar-uy va xo‘jalik xonalari kompleksi ega, rivojlangan tuzilishga ega hovlili uylar (1-rasm).
Qo‘rg‘oncha turidagi hovlili uyni tashkil qilish uy rejasiga ya’ni, birinchi navbatda, undagi turar-uy va xo‘jalik hududlarining o‘zaro joylashuviga ta’sir ko‘rsatadi.


1-rasm. Qo‘rg‘oncha turidagi hovlili uyning joylashuvi:
1-yashash xonalari; 2-xo‘jalik xonalari.
Xo‘jalik hududida xo‘jalik qurilmalari yoki shaxsiy xo‘jalik yuritish uchun zarur bo‘lgan xonalar joylashadi. Hudud (zona)larga bo‘lishning uchta prinstipial sxemasini ko‘rsatish mumkin: xonadonning xo‘jalik hududi uyning orqa tomonida joylashadi; agar shaxsiy xo‘jalik minimal o‘lchamda yoki umuman mavjud bo‘lmasa, xo‘jalik hududi yon tomonda yoki ko‘cha tomonda joylashishi mumkin (2-rasm). Uyning yashash qismi esa, yashash xonalarining ko‘chaga nisbatan yo‘nalishiga ko‘ra, yorug‘lik tomonlariga ko‘ra, asosiy kirish eshigining joylashuvi va xonadonning xo‘jalik xonalari holatiga ko‘ra, joylashtiriladi.
Bir xonadonli o‘ylar hajmiy-rejaviy harakteristika bo‘yicha bir va ikki qavatli uylarga bo‘linadi. Uyning ikki turi xam, hovliga chiqarilgan xo‘jalik qurilmali ham va shaxsiy xo‘jalik xonalari uy hajmi bilan bir bo‘lgan ko‘rinishda bo‘lishi mumkin.



2-rasm. Bir xonadonli uyning hududiy sxemasi:
1-xo‘jalik hududi; 2-yashash hududi; 3-uyga kirish joyi; 4-hovliga chiqish joyi.


Bir qavatli (sathli) uylar. Bu turdagi uylar xonadonlari ikki, uch, to‘rt va besh xonali bo‘lishi mumkin. Ko‘p sonli xonalarga ega turar uylarni esa, yaxshisi ikki qavatli Turar-joy xonadonlarida joylashtirish maqsadga muvofiqdir (3-rasm).
Qishloq aholisi 1qavatli uylarni qurishga moyilroq bo‘ladi, chunki ular yer bilan uzviy bog‘langan bo‘ladilar. Bundan tashqari bir qavatli uylarning tarhi oilaning o‘sishiga mos bo‘lib, ko‘pincha uylarni qurishga qulaydir. Uy maydonini kengaytirish uchun sharoit bo‘lsa ham, bu jamoa xo‘jaligi uchun noqulaydir, chunki o‘zlashtirilgan yerni boshqa yerga almashtirishda muammolar tug‘ilishi mumkin.



3-rasm. Qo‘rg‘oncha turidagi hovlili uy.
Bir qavatli bir xonadonli uylarning hajmiy-tarhiy yechimlarining keng tarqalgan usullaridan biri uyga kirish qismi binoning tarz qismida joylashgan bo‘lib, ho‘jalik xonalari binoning ichkarisida ya’ni orqa tarafida joylashadi. Bunday joylashish usulida uchta yashash xonasidan ikkita yashash xonasi doimo ko‘chaga qaragan bo‘ladi. Sanitar tugunlar qoidaga ko‘ra tashqi devorlarda joylashib, bunda xonadon ichi kommunikatsiyalari minimal bo‘ladi (4-rasm).




Download 1,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish