Kam ichding nima-yu, ko‘p ichding nima, farqsiz, igna ham yo‘g‘on qoziqning uchi ham ko‘zga kirar bo‘lsa baribir ko‘r qiladi



Download 424,5 Kb.
bet18/51
Sana18.02.2022
Hajmi424,5 Kb.
#450567
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   51
Bog'liq
AFARIZLAR


Turk tilidan Kavsar tarjimasi.


Qabrdagilarni pushaymon qilayotgan narsalar ustida tiriklar qirpichoq bo'lmoqdalar.
Imom G'azzoliy









Konfutsiy saboqlari








B EBAHO SAXOVAT
Qadim zamonda sodda, rahmdil bir dehqon bo‘lgan ekan.
Bir kuni u yer haydayotgan chog‘ omochi qandaydir qattiq narsaga tekkanligini sezibdi. Dehqon darhol ketmonini qo‘lga olib yer kavlashga tushibdi, nihoyat bir bo‘lak toshga o‘xshash narsani qazib olibdi. Topildiqni qo‘liga olib quyosh nuri ostida uni tomosha qilarkan, dehqon birdan hayratlanib ketibdi. Chunki ilkidagi oddiy tosh emas, balki bir bo‘lak sayqal berilmagan nefrit toshi ekan.
Dehqon topildiqni hokimga berish lozim deya qarorga keladiyu o‘z viloyatining hokimi Zi Xan janoblarining oldiga tashrif buyuribdi. U nefrit toshini qanday qilib topib olganligini Zi Xan janoblariga aytib beribdi.
"Siz bu viloyatning hokimisiz, iltimos, bu nefrit toshini o‘zingizda saqlab qo‘ying!" debdi hurmat bilan.
Zi Xan qo‘l silkibdi:
"Yo‘q, men qanday qilib bu bebaho toshni o‘zimda saqlab qolaman? Garchand egasi yo‘q buyum bo‘lsa ham, siz o‘zingizda olib qoling!"
"Garchand egasi yo‘q bo‘lsa ham, barchasini menga berib yubormoqdasiz, lekin men ham buni sizga taqdim etishni ma’qul ko‘raman, iltimos, buni albatta o‘zingizda saqlab qoling!" debdi dehqon norizo.
Zi Xan janoblari samimiy kulibdi.
"Bilasizmi, sizningcha bu bir bo‘lak qimmatbaho nefrit toshi hisoblanadi, menimcha esa, sizning bu toshingizni o‘zimda saqlab qolmasamgina haqiqatan ham qimmatbaho hisoblanadi".
Sodda dehqon Zi Xan janoblarining gapini tushunmabdi. Keyinchalik Zi Xan janoblarining harakatlari xalq orasida ovoza bo‘lib, odamlar orasida rivoyatga aylanib ketgan ekan.
Bu voqeaga asoslanib Sun davlatining qariyalari tez-tez yoshlarga pand-nasihat qiladigan bo‘lishibdi.
Konfutsiy esa o‘z shogirdlariga quyidagicha o‘git bergan:
"Zi Xan mutloq qimmatbaho ziynat buyumlarni bilmaydigan nodon bo‘lmagan. Masala shundaki, u o‘zining saxovatini qadrlagan. Har qanday buyum faqatgina uni qadrlagan odamning nazarida bahoga ega, agar oltin tangalar bilan shirinlikni olib yosh bolaga tanlash imkoniyati berilsa, yosh bola albatta shirinlikni olib, oltin tangalardan voz kechadi. Agar nefrit toshi bilan oltin tangalarni olib dehqonga tanlash imkoniyati berilsa, dehqon osonlik bilan oltin tangalarni tanlaydi, xulq-atvori, axloqiy xususiyatlari yuqori bo‘lgan odamdan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak, nefrit toshlar ham, oltin tangalar ham, barcha-barchasi uning oldiga qo‘yilsa, u baribir xulq-atvor, axloqiy fazilatlarni tanlaydi".
UZOQ UMR SIRI
Qadim zamonda Yan imperatori uzoq umr ko‘rish sirini biladigan odam to‘g‘risida eshitib qolibdi. Xizmatkorlarga o‘sha odamni topib kelishni buyuribdi.
Xizmatkori ko‘p qiyinchiliklarni boshidan o‘tkazib o‘sha yashovchan kimsaning manzilini topibdi. Baxtga qarshi bu odam allaqachon o‘lgan ekan.
Yan imperatori qattiq g‘azablanibdi. Bu vazifani bajarishga yuborilgan xizmatkorni chaqirtirib, shunday muhim ishni kechiktirgani uchun uni qatl etishga mahkum etibdi.
Yan imperatorining qoshidagi bir mulozim imperatorga debdi:
"Olampanoh, jahlingiz chiqmasin! O‘lim, bu hamma odamlarning taqdirida bor, o‘sha odam uzoq umr ko‘rish sirini biladigan kishi deb hisoblardik. Lekin hatto o‘zining hayotini ham saqlab qolmabdi-ku? Bu usul isbot qilinmagan, bunday sir qabul qilina olmaydi hamda buning hech qanday achinadigan joyi yo‘q".
"Bu gapda jon bor!" debdi Yan podshohi va o‘sha xizmatkorga belgilangan jazoni rad etibdi.
Bu voqeaga ko‘pgina odamlar turli xil fikrlarni bildirishgan.
Sizi ismli bir odam yoshligidan uzoq umr ko‘rishning sirli usulini o‘rganishni xohlagan ekan. O‘sha xizmatkor izlagan odam hayotdan ko‘z yumganini eshitib rosa afsus chekibdi.
Yana bir Futsi ismli odam Sizining voqeasini eshitib, Sizidan battar nafratlanibdi, norozi bo‘lib debdi:
"Sizi qanday qilib bu haqda orzu qilishi mumkin?! U dastavval odamlardan uzoq umr ko‘rishning sirli usulini o‘rganmoqchi edi, hatto buni o‘rgangan odam ham uzoq umr ko‘rolmabdi-ku? Shunday deb nomlanadigan sirli usulning qanday qimmati bor? O‘rganish kerak bo‘lgan haqiqiy ilm to‘g‘risida hech narsa bilmas ekan, bunday ahmoqlikning oqibati haqiqatan ham achinarli bo‘ladi!"
Konfutsiy bu voqea to‘g‘risida eshitganidan so‘ng o‘z fikrini quyidagicha izohlagan:
"Futsining gaplarida haqiqat bordek, ammo dunyodagi odamlarning orasida ko‘pgina farqli tomonlar bor! Masalan bir turdagi odamlar biror-bir qobiliyatni egallasalar hamki, uni amaliyotda qo‘llay olmaydilar. Boshqa bir turdagi odamlar asl nazariyotni bilmasalar ham uni amaliyotda muvaffaqiyatli qo‘llay oladilar. Shuning uchun o‘sha uzoq umr kechirib, o‘lmaydigan sirli usulni biladigan odamni tanqid qilib bo‘lmaydi. O‘sha odam o‘sha sirni bilsa ham, lekin hech o‘zining tanasida sinab ko‘rmagan bo‘lishi mumkin!"

Download 424,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish