1. KOLLOIDLARNING KOLLOIDLAR TA‘SIRIDAN
KOAGULYATSIYALANISHI.
Kolloidlarning kolloidlar bilan koagulyatsiyalanishi (o’zaro koagulyatsiya) ularning zaryadiga va kontsentratsiyasiga bog’liq bo’ladi. Masalan, AgI ning musbat va manfiy zollari o’rtasida (ular ekvivalent miqdorda olinganda) bo’ladigan o’zaro koagulyatsiyani quyidagi sxema bilan ko’rsatish mumkin:
[nAgI] · xI- + [nAgI] · xAg+ → (2n + x) AgI
Agar musbat zaryadli zoldan ortiq miqdorda qo’shilgan bo’lsa zol batamom koagulyatsiyalanmaydi:
[mAgI] · xAg+ + [nAgI] · yI- → (m+n) + y) · AgI · (x-y) Ag+ natijada zol musbat zaryadli bo’ladi.
Ichiladigan suvni tozalash uchun kolloidlarning o’zaro koagulyatsiyalanish hodisasidan foydalaniladi. Suvdagi organik moddalar manfiy zaryadli bo’ladi. Suvga xlor qo’shilib, bakteriyalar o’ldirilgandan keyin, suvga oz miqdorda alyuminiy sulfat qo’shiladi. Bu tuz gidrolizlanadi. Hosil bo’lgan gidroksidning musbat zaryadli kolloid suvdagi organik moddalarning manfiy zaryadli kolloidlarini koagulyatsiyalaydi. Natijada hosil bo’lgan koagulyatlar cho’kadi, suv esa tiniydi.
2. KOLLOIDLARNING ISITISH TA‘SIRIDAN
KOAGULYATSIYALANISHI.
Kolloid eritmalar isitilsa, ba‘zan tez koagulyatsiyalanadi; ba‘zan isitish kam ta‘sir etadi. Umuman, kolloidlar qaynatilganda zolning zaryadi kamayadi, eritmada zarracha va ionlar o’rtasidagi muvozanat buziladi: eritma qizdirilganda kolloid zarrachalar ionlarni yomon adsorbilaydi; natijada ularning zaryadi kamayadi va bunday zarrachalar bir-biri bilan uchrashib, koagulyatsiyalanadi.
3. KOLLOID SISTEMALARNING STRUKTURA HOSIL QILISHI.
Kolloidlarning mitsellalari ikki xil shaklda: 1) simmetrik mitsellalar (masalan, sharsimon mitsellalar) va 2) asimmetrii mitsellalar (masalan, tekis plastinkasimon, chuziq tayoqchasimon va hokazo shakllardagi mitsellalar) bo’ladi. Mitsellaning shakli mitsella yadrosining kristallik tuzilishiga bog’liq chunki yadro tarkibiga kiruvchi atom yoki molekulalar ma‘lum tipdagi kristallik panjaraga ega.
Asimmetrik zarrachalardan iborat kolloid sistemalar alohida xu-susiyatga ega: bu sistemalar ichida tursimon strukturalar hosil bo’ladi.
Asimmetrik zarrachalar shu bilan farq qiladiki, ularni qurshab olgan solvat qobiq ya‘ni erituvchi molekulalaridan iborat qobiq bir tekis taqsimlangan bo’lmaydi: zarrachaning bir qismi ko’proq bir qismi esa kamroq solvatlangan bo’ladi. Zarrachalar o’zaro to’qnashganda ular uzlarinint kamroq solvatlangan qismlari bilan bir-birini tortadi. Ana shuvday tortishuv natnjasida xuddi ko’pikka o’xshash tursimon strukturalar hosil bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |